Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari tasdiqlandi
03.06.2022 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 16 martdagi 22/mth-02-son qarori bilan Attraksionlardan  foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari tasdiqlandi.

Adliya vazirligi tomonidan 18 aprel' sanasi bilan ro‘yxatga olingan mazkur hujjat attraksionlar uchun texnik talablarni qo‘llash va amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda ushbu talablar bilan bog‘liq loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, saqlash, foydalanish, tashish va utilizasiya jarayonlari tartibini belgilaydi.

Qoidalar quyidagi attraksionlar:

  1. a) mexanizasiyalashgan ilgarilanma harakatli (shu jumladan suvdan foydalaniladigan) attraksionlar;
  2. b) mexanizasiyalashgan aylanma harakatli attraksionlar;
  3. v) mexanizasiyalashgan murakkab harakatli attraksionlar;
  4. g) avtodromlar, yo‘llar va kartinglar;
  5. d) dam berib shishirilgan (batutlar) attraksionlar;
  6. ye) yo‘lovchilarga I, II va III darajali (darajalar Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi) biomexanik ta'sir ko‘rsatuvchi attraksionlar;
  7. yo) biomexanik xavfliligi IV darajali va kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatmali mexanizasiyalashgan attraksionlar.
  8. Mazkur Qoidalar quyidagi attraksionlarga tatbiq etilmaydi:
  9. a) tashrif buyuruvchilarga minimal (IV daraja) biomexanik ta'sir ko‘rsatadigan kuchlanishi 36 V va undan past bo‘lgan elektr uzatmali mexanizasiyalashgan attraksionlar;
  10. b) attraksionlar bilan konstruktiv ravishda bog‘liq bo‘lmagan qurilish ob'ektlari, doimiy minbarlar, obodonlashtirish ob'ektlari va muhandislik kommunikasiyalari, shuningdek tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatmasdan ko‘rgazmalarda namoyish etiladigan attraksionlar;
  11. v) hayvonot bog‘lari, kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, sport inshooatlari, o‘yin avtomatlari, bolalar maydonchalari, okeanariumlar, osma yo‘llar, funikulyar va transport ko‘targichlar, sport trenajerlari va uskunalar, velosipedlar, akkumulyatorli bolalar avtomobillari, harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan uskunalar, skeybordlar, qayiqlar va motorli qayiqlar, skuterlar, del'taplanlar va boshqa uchish moslamalari (havo sharlari), avto, moto, avia va boshqa transport vositalari hamda bouling uchun uskunalarga tatbiq etiladi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasiga joylashtirildi.

 

 

https://lex.uz/docs/5969171