Sanoat xavfsizligining ta'minlanishi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olishning muhim omili
05.09.2022 | scis.uz

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi rahbariyati avgust oyining so‘nggi kunlarida  Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning Zarmitan konida o‘tkazilgan “NKMK AJ tarkibiy bo‘linmalarida joriy yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini ta'minlash holati va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to‘g‘risida”gi yig‘ilishda ishtirok etdi. Yig‘ilish qatnashchilariga sanoat xavfsizligini ta'minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olishda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, shuningdek,  Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan baxtsiz hodisalarning oldini olishda sanoat xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilish yuzasidan inspeksiya yozma ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishda Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ bosh muhandisi mas'uliyati  ta'kidlab o‘tildi.