Kon qutqaruvchilarning ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda
07.09.2022 | scis.uz

Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Janubiy kon boshqarmasi tasarrufidagi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi rahbarligida tezkor shaxsiy tarkibning taktik texnik tayyorgarlik bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida mahorat mashqlari o‘tkazildi.

Bo‘linmaga “trevoga” o‘quv signali berish orqali tezkor shaxsiy tarkibning kon qutqaruv ishlarini olib borishi, tezkor avtomashinaning jangovar shayligi, maxsus kon qutqaruv asbob-uskunalaridan foydalangan holda avariya oqibatida jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni betalofat evakuasiya qilishga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Kon  qutqaruv mashqlari jangovar mashinalar va maxsus kon qutqaruv asbob-uskunalarini qo‘llagan holda avariyaviy vaziyatga yaqinlashtirib bajarildi.