Respublikadagi qozonxonalar kuz-qish mavsumiga tayyormi - qo‘mitada o‘tkazilgan yig‘ilish shu mavzuga bag‘ishlandi
09.09.2022 | scis.uz

Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida sanoat sohasi ob'ektlarining xavfsiz faoliyat yuritishi yuzasidan joylarda tegishli  choralar ko‘rilmoqda.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilish xususan qozonxonalarning 2022-2023 yillar qish mavsumiga tayyorligini ko‘zdan kechirish, ularni joriy va mukammal ta'mirlash ishlarining bajarilishi holati muhokamasiga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda respublika issiqlik manbai ob'ektlari tasarrufidagi 206 ta qozonxonada o‘rnatilgan 995 ta qozon ko‘rikdan o‘tkazilib 187 ta texnik kamchilik aniqlanshani, respublika ijtimoiy soha muassasalaridagi 58 ta qozonxonada o‘rnatilgan 290 ta qozon ko‘rikdan o‘tkazilib 800 dan ortiq texnik kamchilik aniqlangani ma'lum qilindi.

ZOOM platformasi orqali ishtirok etgan hududiy boshqarmalar mas'ullariga qo‘mita raisi Baxtiyor Gulyamov hamda Bug‘ qozonlari, ko‘tarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi rahbariyatining joriy yilning 1 oktyabriga qadar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunlanishini qat'iy nazoratga olish yuzasidan ko‘rsatmalari berildi.