Murojaat.gov.uz platformasi ishga tushirildi
14.09.2022 | scis.uz

Prezident Xalq qabulxonalari, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo‘yicha Murojaatlar bilan ishlashning yagona onlayn platformasi – murojaat.gov.uz portali yaratilib, 1 sentyabr' kuni test rejimida ishga tushirildi. Asosiy maqsad – vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar va hokimliklarga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta'sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta'minlash, mahalla institutini jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirishdan iborat.

Endilikda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga ushbu platforma orqali murojaat qilish mumkin