Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo‘linmalarida huquqiy - targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
05.07.2022 | scis.uz

Hozirda Mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqelik – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga zamon talablaridan, fuqarolarimiz istak va xohishlaridan kelib chiqib, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali uni yanada takomillashtirishga qaratilgan islohotlar yuz bermoqda.
Ushbu islohotlarning ahamiyatini tushuntirish maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida keng huquqiy-targ‘ibot olib borilmoqda.
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo‘linmalarida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlarda ham Konstitusiyaning har qanday mustaqil mamlakat belgisi sifatida Vatanimiz mustaqilligi, halqimizning tinch va osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari xamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashdagi o‘rni ta'kidlanmoqda.