Prezidentning «Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida 1 oktyabrdan boshlab Prezident hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan turli vaqtda tashkil etilgan idoralararo kollegial organlarni (jami – 81 ta) tugatish va ularning vakolatlarini tegishli muassasalarga o‘tkazish nazarda tutilgan. Yana 25 ta shunday organlarning ishi optimallashtiriladi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyunda 9 ta faoliyat turi bo‘yicha litsenziyalash funksiyalari transfer qilingan edi. O‘shanda regulyatorlik vakolatlaridan mahrum bo‘lgan ayrim hukumat komissiyalari ham ko‘rib chiqilayotgan farmon doirasida tugatilayotgan organlar ro‘yxatiga kiritildi.
Aniqrog‘i, quyidagilar haqida so‘z bormoqda:
Biroq 1 oktyabrdan tugatilayotgan organlar (komissiyalar, qo‘mitalar, kengashlar, ishchi guruhlari va h.k.) orasida faoliyat yuritayotgan litsenziyalovchi organlar ham bor. Ularning vakolatlari ham ko‘rsatilgan sanadan boshlab boshqa davlat organlariga o‘tkaziladi. Shu tariqa, litsenziyalovchi organlar yana o‘zgarishi kutilmoqda.
Hujjatda idoralararo kollegial organ tushunchasi, uni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibi, idoralararo hamkorlik prinsiplari ham keltirilgan hamda boshqa tashkiliy masalalar tartibga solingan.
Hujjat 29.08.2018 yildan kuchga kirdi.