Yadroviy xavfsizlikni ta'minlash sohasi mutaxassislarining bilimlari oshirilmoqda
22.09.2022 | scis.uz

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan radiasiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta'minlovchi tashkilotlarda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularga javob berish mexanizmlari va imkoniyatlarini yaratish masalalari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tish imkonini yaratish maqsadida doimiy ravishda o‘quv kurslari tashkil etib boriladi. Bu o‘quv kurslarida sohaning taniqli xalqaro ekspertlari jamoasi tinglovchilarni yadroviy energetika dasturini joriy etayotgan yoki kengaytirayotgan a'zo davlatlar ishtirokchilarini atom elektr stansiyasidagi og‘ir sharoitlar tufayli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish yoki kuchaytirishga o‘rgatishdan iborat.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati Kolledj-steyshn shahrida navbatdagi ana shunday o‘quv kursi tashkil etildi.

 Unda Argentina, Armaniston, Bolgariya, Braziliya, Gana, Iordaniya, Litva, Nigeriya, Peru, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya va O‘zbekistondan 16 nafar mutaxassis ishtirok etdi.

 Xususan, Qo‘mitaning Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti bosh mutaxassisi Otabek Eshmuradov xorijiy hamkasblari qatorida yadroviy energetika dasturini joriy etayotgan yoki kengaytirayotgan a'zo davlatlar ishtirokchilarini atom elektr stansyasidagi og‘ir sharoitlar tufayli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va harakat qilish bo‘yicha yangi bilimlar olib, ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

O‘quv jarayoni mobaynida ma'ruzalardan olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida mavzular yuzasidan xorijiy tajriba tanishtirildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida barcha qatnashchilar bilimlarini sinab ko‘rdilar, guruh taqdimotlari o‘tkazildi va imtihon natijalari asosida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.