Belaruslik hamkasblar bilan videomuloqot o‘tkazildi
23.09.2022 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillar uchun sanoat, yadro va radiasiyaviy xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi hamkorlik Bitimini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasiga muvofiq ushbu sohalarda tartibga solish hujjatlarini ishlab chiqish, hisobga olish va nazorat qilish,kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan tajriba oshirish maqsadida ikki tomonlama uchrashuvlar, seminarlar, stajirovkalar o‘tkazib kelinmoqda.

Kuni kecha rejalashtirilgan tadbirlardan biri – Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi  va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari ishtirokida "Gaz taqsimlash tizimlari, gazdan foydalanish va magistral gaz quvurlarida sanoat xavfsizligi holatini nazorat qilish" mavzusida videomuloqot o‘tkazildi.

Unda har ikki mamlakatda gaz taqsimlash tizimlari sohasida sanoat xavfsizligini nazorat qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.