Radiasiyaviy ifloslanishni monitoring qilish salohiyati kuchaytirilmoqda
26.09.2022 | scis.uz

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) tomonidan Vengriya Respublikasining Pech shahrida “Ifloslangan maydonlarni tavsiflash bo‘yicha joyga chiqqan holda monitoring o‘tkazish” mavzusida mintaqaviy o‘quv kursi o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarga atrof-muhitni radiasiyaviy ifloslanishini monitoring qilish dasturini tayyorlash va unda harakat qilish sohasidagi milliy mexanizmlar va vazifalar haqida ma'lumot berish, shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribalari bilan tanishish maqsadida tashkil qilindi.

Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gresiya, Vengriya, Qirg‘iziston, Chernogoriya, Makedoniya, Pol'sha, Portugaliya, Moldova, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan ishtirok etgan radiasiyaviy xavfsizlik yo‘nalishi mutaxassislari  atrof-muhitni radiasiyaviy ifloslanishi monitoringi tizimini tashkil etish va unda harakat qilish sohasidagi milliy mexanizmlar to‘g‘risida foydali  ma'lumotlar oldilar, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribalari bilan tanishdilar.

Seminar davomida shunindek amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.