O‘zbekiston delegatsiyasi MAGATE seminarida ishtirok etadi
08.01.2019 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, delegatsiya Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan MAGATE seminar-treningi, shuningdek, MAGATE bilan hamkorlikni yanada kengaytirish rejalarini muhokama qilish maqsadida Venaga yuborilgan.

Shu oy oxirida Venada bo‘ladigan delegatsiya tarkibidan Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yo‘ldoshev, “O‘zatom” yetakchi mutaxassisi O.Saidov, Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchi Sh.Asadov joy olgan.

O‘zbekiston Respublikasi

Sanoat xavfsizligi

davlat qo‘mitasi

axborot xizmati