Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Bosh konferensiyasi doirasida XAEA Bosh direktori o‘rinbosari, agentlikning yadro xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Lidi Yevrar bilan radiasiyaviy xavfsizlik, yadro inshootlarining xavfsizligi va yadro xavfsizligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xususan, yadro xavfsizligini kompleks qo‘llab-quvvatlash rejasini amalga oshirish, O‘zbekiston hududidagi sobiq uran chiqindilarini o‘rganish, joriy yilning noyabr' oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan XAEAning O‘zbekistonga missiyasi bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida bosh direktor o‘rinbosari Lidi Yevrar XAEA yadro xavfsizligi boshqarmasi atom energiyasi dasturini ishlab chiqishda O‘zbekistonlik mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek yadro va radiasiyaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalarini hal qilishda doimiy hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.