Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hay'at yig‘ilishi o‘tkazildi
07.07.2022 | scis.uz

Davlat qo‘mitasining 2022 yilning I-yarim yilligi davomida olib borilgan nazorat-profilaktika ishlari yakunlari, 2022 yilning II-yarim yilligiga belgilangan ustuvor vazifalari hamda hisobot davrida nazorat osti korxonalarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar yuzasidan davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Gulyamov Hay'at majlisi ishtirokchilariga axborot berdi.

Hisobot davrida davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda 1692 ta davlat nazorati, 4305 ta nazorat-profilaktika ishlari o‘tkazilib, 27010 marta sanoat, radiasiya xavfsizligi talablari va yer osti boyliklaridan foydalanish va qoida buzilishlar aniqlangani, 22ta korxonada ishlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgani ma'lum qilindi.

1521 ta muhandis-texnik va rahbar xodimlarga 1 mlrd. 186.6 mln. so‘m miqdorda jarima qo‘llandi.

Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 42 ta baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘yilib, bulardan 13 tasi o‘lim bilan tugagan. Taqqoslash uchun o‘tgan 2021 yilningshu davrida davrida umumiy  44 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, shulardan 10 tasi o‘lim bilan qayd etilgan.

Shu jumladan, davlat qo‘mitasida yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash  holati bo‘yicha ham ma'lumot berildi.

Yig‘ilishda nazorat ostidagi korxonalarda o‘tkazilgan nazorat-profilaktika ishlari davomida texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastr pasportlarini shakllantirish bo‘yicha hamda Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini hisobga olish va davlat reestriga kiritilishi bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari bajarilishi yuzasidan barcha hududiy boshqarmalar boshliqlarining hisoboti tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga huquqiy targ‘ibot ishlari tahlili,  yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot taqdim etildi.

Hay'at yakunida kun tartibidagi masalalar muhokamasidan kelib chiqib, qaror qabul qilindi. Unda asosiy e'tibor ijro intizomini mustahkamlash, “mahallabay” tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, davlat qo‘mitasi tizimida axborot-kommunikasiya  texnologiyalarini rivojlantirish kabi masalalarga qaratildi.