Jismoniy yadroviy xavfsizlik yo‘nalishida xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
19.10.2022 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida qo‘mita raisining o‘rinbosari – Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i Ibrohim Tashkentbaev boshchiligida qo‘mita vakillarining AQSh Energetika vazirligining Xalqaro jismoniy yadroviy xavfsizlik idorasi (INS) vakillari Metyu Moliterno va Greg Uayt bilan  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida jismoniy yadroviy xavfsizlik sohasida kelgusidagi hamkorlik, jumladan, Departament mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish, ushbu sohadagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, ham tashriflar shaklida, ham onlayn shaklda tadbirlar tashkil qilish va bir qator boshqa masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Xalqaro jismoniy yadroviy xavfsizlik idorasi vakillari tomonidan kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Tomonlar jismoniy yadroviy xavfsizlik sohasida o‘zlarida mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlar, tashkilotlari faoliyatiga oid taqdimotlar bilan almashdilar.

 Uchrashuv yakunida muhokama qilingan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi amaliy qadamlar to‘g‘risida kelishib olindi.