Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasida 2022 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda OKMK rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mas'ullar, shuningdek, sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari, xususan qo‘mita raisi Baxtiyor Gulyamov ishtirok etdilar.
Tadbirda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, kombinat faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar, sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilish sohasida ishlab chiqarish nazorati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda baxtsiz hodisalar yuzasidan ma'lumotlar berildi hamda ushbu ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilish kombinatda 2022 yil 4-choragi uchun belgilangan vazifalar muhokamasi bilan yakunlandi, xususan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi talablarini bajarish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.