Sanoat xavfsizligi bo‘yicha davlatlararo kengashning XX yig‘ilishi o‘tkazilmoqda
21.10.2022 | scis.uz

Videoanjuman shaklida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Kengashga a'zo davlatlar – Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda O‘zbekistonning  sanoat xavfsizligi sohasidagi nazorat qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish  kun tartibidan Sanoat xavfsizligi bo‘yicha davlatlararo kengashning 2021-2022 yillardagi faoliyati yakunlari, Kengashga a'zo davlatlarning xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida sanoat xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlar, sohadagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda yosh mutaxassislarni tayyorlash, keyingi rejalar muhokamasi, kengash doirasida ikki tomonlama hamkorlik kabi masalalar o‘rin olgan.

 Aytish joizki, Sanoat xavfsizligi bo‘yicha davlatlararo kengash 2001 yil 28 sentyabrdagi Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida sanoat xavfsizligini ta'mnlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning tomonlari sanoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi milliy siyosatlarini amalga oshirishda to‘liq mustaqil bo‘lib, sanoat xavfsizligi sohasining kelishilgan qo‘shma talablarini ishlab chiqadilar va hamkorlik qiladilar. Kengash faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tomonlar bir yilda bir marta uchrashib hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar. Ushbu uchrashuv chog‘ida Kengashning keyingi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olish ko‘zda tutilgan.