Xitoyda ilmiy seminar
29.04.2019 | scis.uz

Joriy yilning 22-26 aprel kunlari Pekin va Fuchjou (Xitoy) shaharlarida Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi va Xitoy Milliy Yadroviy Korporatsiyasi (XMYaK) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Xitoy tajribasi bo‘yicha atom energiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi, xavfsizligi, samaradorligini oshirish va atom stansiyalarini hayotga tayyorlash” bo‘yicha bo‘lgan ilmiy seminarda Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti Yadro va radiatsiya xavfsizligini nazorat qilishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Tulyaganov Sanjar Saidakbarovich hamda Yadro qurilmalari xavfsizligini baholash boshqarmasi boshlig‘i Fayzullaev Baxodir Sayfulla o‘g‘li qatnashdilar.

Tadbirda qatnashishdan ko‘zlangan maqsad — yadro energetikasi sohasidagi rahbarlar va qaror qabul qiluvchi xodimlarning boshqaruv va texnik ko‘nikmalarini oshirish, milliy atom energiyasi dasturlarini joriy etish yoki kengaytirishga yanada samarali hissa qo‘shishdan iboratdir.

Seminar qatnashchilari o‘z tajribalarini oshirishlari bilan birga, milliy atom energiyasi dasturlarini hayotga tadbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirib, bu boradagi bilim saviyalarini ham yanada oshirdilar.