MAGATE yadro energetikasini rivojlantirishda O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor
22.05.2019 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (MAGATE) texnik hamkorlik departamenti Yevropa bo‘limi direktori Ana Raffo-Kayado xonim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokarada qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi B.Gulyamov ushbu tashrif o‘zaro hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Tomonlar MAGATE bilan texnikaviy hamkorlik doirasidagi milliy dasturlar ijrosining borishi va atom energetikasi sohasidagi aloqalarni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi.

Anna Raffo-Kayado samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, MAGATE yadro energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashda O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor qayd etdi.

Tashrif doirasida MAGATE delegatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, “O‘zatom“ agentligi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar va Buxoro viloyati filiallari hamda Samarqand davlat universitetida uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan