Ekspertlar malakasini oshirish sanoat xavfsizligi ta'minlanishining muhim bo‘g‘inlaridan biri
02.11.2022 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari rahbarlari va xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 550-son qarori mazmun mohiyati hamda sanoat xavfsizligi ekspertiza tizimidagi mavjud muammolar va takliflar yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminarda qo‘mita raisi Baxtiyor Gulyamov, mas'ul xodimlar ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestasiyadan o‘tkazish va ularga ekspert guvohnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida ma'muriy reglament” talablari xususida tushuntirishlar berdilar. Tadbir qatnashchilari sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestasiyadan o‘tkazish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari, bunda birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib oldilar.