Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazdi
12.06.2019 | scis.uz

2019 yil 10 – 12 iyun kunlari Toshkent vrachlar malakasini oshirish Instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi 968 - sonli qarori bilan tasdiqlangan «2018 – 2021 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hujjatlarni bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakat rejasi»ni amalga oshirish maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazdi.

Tadbirni bosh radiolog, professor Zaredinov Damir Arifovich ochib berdi.

Tadbirda 30 dan ortiq mutaxassislar ya’ni, FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Ekologiya davlat qo‘mitasi, Qurolli kuchlar Akademiyasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi bosh tibbiyot Boshqarmasining sanitariya-epidemiologiyasi nazorat boshqarmasi, «Uzgidromet»,ToshPTI va Toshkent vrachlar malakasini oshirish Institutining mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbirda kimyoviy xavfsizlik, biologik xavf va yadroviy kriminalogiya bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir so‘nggida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.