Respublika qozonxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati tahlil qilindi
04.11.2022 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 sentyabrdagi ”Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Gulyamov boshchiligida respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalaridagi qozonxona xo‘jaligini texnikdan ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda, xususan,  hozirgi kunga qadar respublika bo‘yicha ta'mirlash ishlari rejalashtirilgandan: 2 ta markaziy qozonda, 2 ta lokal qozonxonada, 28 ta qozonda mukammal ta'mirlash ishlari, 39 ta markaziy va 38 ta lokal qozonxonada, 762 ta qozonxonada joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani ma'lum qilindi.

Qaror ijrosi yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.