Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Sanoat va tog‘-kon nazorati sohasida ishlarni xavfsiz olib borish ustidan davlat nazorati xizmati o‘rtasida tuzilgan Memorandum ijrosini ta'minlash uchun har ikki mamlakatning sanoat xavfsizligi uchun vakolatli tashkilotlari rahbarlari tomonidan Chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.
Ushbu rejada joriy yilning IV choragi uchun belgilangan tegishli vazifaning ijrosini ta'minlash maqsadida, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining delegasiyasi Tojikiston Respublikasiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Sanoat va tog‘-kon nazorati sohasida ishlarni xavfsiz olib borish ustidan davlat nazorati xizmatining sanoat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishildi, Tojikistonlik hamkasblar bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi.