Korrupsiya-rivojlanishimizga to‘siq
15.11.2022 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi e'lon qilindi. Qo‘mitaning komplaens nazorat bo‘limi tashabbusi bilan ushbu oylik doirasida «Korrupsiya-rivojlanishimizga to‘siq» mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda davlat qo‘mitasida  korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, qo‘mita raisi hamda komplaens nazorat tuzilmasi tomonidan xodimlarga korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi., joriy holat muhokama qilindi. Mavzu doirasida mas'ul xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlili yakuniga ko‘ra vazifalar belgilandi.