Yevropa Ittifoqining “65 Loyihasi” bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi
14.10.2019 | scis.uz

Toshkentdagi «Lotte Siti Palas» mehmonxonasida 2019 yil 9-11 oktabr kunlari Yevropa Ittifoqining “65 Loyihasi” tomonidan tashkil etilgan "Xavfsizlikni oshirish va qaltisliklarni kamaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish" mavzusidagi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir, Markaziy Osiyodagi beshta sherik-mamlakatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston, Pokiston, O‘zbekiston o‘rtasidagi uzoq muddatli muloqotlarga ko‘mak berish uchun, shuningdek, loyiha doirasida va uning tashqarsida amalga oshiriladigan umumiy strategiyalarni belgilab olish uchun aniq imkoniyatni taqdim etdi.

Ishonchli hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan ijobiy va faol yondashuvni namoyish etgan holda, 60 ga yaqin ishtirokchilar qatoridan Yevropa Ittifoqi delegatlari, milliy koordinatorlar va mahalliy ekspertlar seminarga kelib qo‘shilishdi.

Mintaqaviy kotibiyat, Yevropa Ittifoqi va “65 Loyihasi” vakillari tomonidan Mintaqaviy seminar ochib berildi.

Markaziy Osiyo Mintaqaviy kotibiyatining rahbari j-b Baxtiyor G‘ulomov o‘zining tabrik nutqida erishilgan natijalar va kelajakda kutilayotganlar to‘g‘risida taqdimot qilib, loyihaning asosiy maqsadlari haqida gapirib berdi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari j-b Yussi Narvi, yig‘ilganlarni qutladi va Markaziy Osiyoda “65 Loyihasi”ni amalga oshirish, bu nafaqat mintaqadagi kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish, balki keng mintaqaviy hamkorlikning qiymatini namoyish etish uchun ham muhim ekanligini qayd etib o‘tdi.

Kirish qismini esa, “65 Loyihasi” guruh rahbari j-b Yevgeniy Rijikov o‘zining qutlov so‘zi bilan yakunlab berdi. Jumladan u, loyiha faoliyatining hozirgi holati to‘g‘risida so‘zlab berdi hamda seminar kun tartibini taqdim etib, asosiy istiqboldagilar va mahalliy mutaxassislarning roli xaqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirning birinchi kuni mintaqaviy texnik maslahat guruhini yaratishga qaratilgan “65 Loyihasi”ning 7- Ishchi paketiga bag‘ishlandi.

 «Fondazione FORMIT» (Italiya) vakili Julia Rapisetta xonim, maslahat guruhining konsepsiyasi va asosiy funksiyalari bilan tanishtirgan holda, mintaqaviy talablarga moslashtirilgan vositani tadbiq etish va ishlab chiqishni yengillashtiruvchi innovatsion g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdi.

7-Ishchi paketi rahbari sifatida hamda kimyo va radiometriya Harbiy institutining (Polsha) loyiha koordinatori hisoblangan Maksimilian Stela, kelajakdagi mintaqaviy texnik maslahat guruhi va mavjud biologik xavfsizlik guruhi o‘rtasidagi hamkorlikning potensial yo‘llarini izlashga diqqat e’tiborini qaratdi.

Auditoriya ijobiy munosabat bildirdi hamda asosiy talablar va kutilgan natijalarni bayon qilish uchun ochiq munozaraga kirishdilar. Barcha sherik mamlakatlar texnik maslahat guruhini tuzishda “65 Loyihasi”dan yordam olish istagini bildirishdi.

Kunning ikkinchi yarimida, loyihani milliy darajada amalga oshirish tufayli erishilgan natijalar va eng yaxshi tajribalarga bag‘ishlangan milliy koordinatorlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Kelgusida ularni amalga oshirishni yengillashtirish maqsadida, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun foydali bo‘ladigan kelajakdagi harakatlar bo‘yicha tavsiyalar va talablar ishlab chiqildi.

«Fondazione Alessandro Volta» (Italiya) kompaniyasidan j-b Antonio Della Guradia yig‘ilishni yopib berib, ayni paytda “65 Loyihasi”da ishtirok etayotgan mahalliy mutaxassislarning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi va loyiha yakuniga qadar qo‘shimcha ekspertlarni jalb qilish istagi borligi xaqida ta’kidlab o‘tdi.

Seminarning keyingi kunlari “65 Loyihasi”ning ishchi paketini batafsil muhokama qilishga bag‘ishlanib, unda ishtirokchilar loyihaning kamchiliklari va kuchli tomonlarini ko‘rsatib berish orqali, sherik mamlakatlar talablariga muvofiq, loyiha jamoasiga uning ta’sirini takomillashtirish va kuchaytirish imkoniyatini berishdi.