Buxoro shahrida Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro xavflarini minimallashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi ilg‘or tajriba markazlari tashabbusining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy huquqiy bazani mustahkamlash hamda biologik himoya va biologik xavfsizlik bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘qitish - 53-loyiha”sini amalga oshirish doirasida epidemiologik nazoratni amalga oshirish uchun mobil laboratoriyalarni joylashtirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda loyiha jamoasi rahbari janob Xendrik Visse, Xalqaro ilmiy-texnik markaz vakillari, KBRYa xavflarini minimallashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Ilg‘or tajriba markazlarining Mintaqaviy kotibiyati rahbari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Gulyamov, Yevropa Komissiyasi va Yevropa Ittifoqi delegasiyasi, Qozoqiston, Qirg‘iziston, Pokistondan mutaxassislar ishtirok etdi.
Buxoro davlat universiteti hududida epidemiologik nazoratni amalga oshirish uchun mobil laboratoriyalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala mashqlari o‘tkazildi. moqda. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari mobil laboratoriyani bosqichma-bosqich namoyish qildilar.
Ma'lumot uchun.
Yuqumli kasalliklarning tarqalishi aholi salomatligi uchun ayniqsa epidemiologik kuzatuv infratuzilmasi ko‘pincha cheklangan qishloq joylarida,katta xavf tug‘diradi, chunki malakali laborant mutaxassislar va diagnostika imkoniyatlari asosan shaharlarda mavjud. Biroq, mahalliy epidemiyalar va pandemiya holatlarida, ushbu joylarda mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash va mumkin bo‘lgan katta epidemiyalarning oldini olish uchun bunday manbalar mavjud bo‘lishi juda muhimdir, bu COVID-19 pandemiyasi holatida ham namoyon bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi (EI) O‘zbekiston Respublikasining epidemiologik nazorat hamda yuqumli kasalliklarning tarqalishi oqibatlarini yumshatish sohasidagi salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida 2021 yil iyul' oyida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga kasalliklarni diagnostika qilish uchun ikkita ko‘chma laboratoriya qurilmasini topshirdi. Laboratoriya qurilmalari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va Xalqaro ilmiy-texnik markaz tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy huquqiy bazani mustahkamlash hamda biologik himoya va biologik xavfsizlik bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘qitish - 53-loyiha”si doirasida taqdim qilinmoqda.
Mobil laboratoriya Germaniya Qurolli kuchlarining ixtisoslashtirilgan tibbiy tadqiqot markazi Bundesver Mikrobiologiya instituti tomonidan patogenlarni 4-bioxavfsizlik darajasigacha yuqori sifatli molekulyar va serologik diagnostika qilish imkonini beruvchi zamonaviy, tez va oson joylashtiriladigan diagnostika muassasasi sifatida ishlab chiqilgan. Institut mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan bir qator amaliy va nazariy o‘quv seminarlarida O‘zbekistonlik laborantlar va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti shifokorlari 2021-2022 yillar davomida ko‘chma laboratoriyalar bilan ishlashga o‘qitildi. Treninglar Institutning mobil diagnostika bo‘yicha ko‘p yillik, ya'ni 2014/2015 yillarda G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasi davridagi amaliy bilim va tajribasiga asoslangan,. Treninglar amaliy yondashuv bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tinglovchilar laboratoriya uskunalari bilan ishlash va texnik xizmat ko‘rsatishning barcha jihatlari, shuningdek, hayotiy ssenariylardan foydalangan holda namunalarni qayta ishlash va mobil diagnostika bo‘yicha o‘qitiladi.
Ushbu dala mashqlari davomida joriy loyihada doirasida o‘tkazilgan o‘qitishning qanchalik muvaffaqiyatli o‘tgani sinaladi. Tinglovchilardan real vaqtda mustaqil ravishda namunalar bilan ishlash va PSR o‘tkazish bo‘yicha olingan ko‘nikmalarni qo‘llashlari so‘raladi. Murabbiylar va tinglovchilar kunning barcha muammolarini muhokama qiladigan kundalik munozara treningning ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, mashg‘ulot davomida ko‘chma laboratoriyalarni Toshkentdan Buxoroga ko‘chirish uchun moddiy-texnik talablar tekshiriladi, shu jumladan ularni joylashtirish mumkin bo‘lgan joylar baholanadi. Dala mashqlari xavfli yuqumli kasallik namunasi sifatida G‘arbiy Nil virusini modellashtirish bilan 9 kunlik amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Laboratoriya jamoasi yuzlab murakkab bemor namunalariga duch keladi, ular laboratoriya imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan joyda imkon qadar tezroq tahlil qilinishi kerak. U ilgari o‘rganilmagan murakkab ssenariylarni hamda xalqaro bioxavfsizlik va biohimoya standartlarini qo‘llagan holda xalqaro o‘qitish ishlarini o‘z ichiga oladi
Kelgusida ko‘chma laboratoriyalar O‘zbekistonga chekka hududlarda malakali yordam ko‘rsatish va butun mamlakat bo‘ylab kasalliklarning tarqalishini yumshatish bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlash imkonini beradi.