Hamkorlikdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
21.12.2022 | scis.uz

“O‘zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmuasi hududida tuman qutqaruv tuzilmalari hamda ushbu konda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida konda yong‘in kelib chiqishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarni o‘rganish, yong‘in o‘choqlarini zudlik bilan bartaraf etish, ishchilarni xavfsiz joyga evakuasiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida maxsus texnika va qutqaruv asbob–uskunalarini jalb qilgan holda o‘quv nuqtalarida nazariy va amaliy tadbirlarni taktik harakat qilish orqali ko‘nikmalarni mustahkamlash, kon rahbariyatini hududiy qutqaruv tuzilmalariga xabar berish uzviyligini takomillashtirish, kelib chiqqan yong‘in o‘choqlari keng tarqalib ketmasligi uchun hududlarni o‘rab olish va razvedka ishlarini olib borgan holda qidiruv – qutqaruv ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borildi.

Maxsus – taktik o‘quv mashg‘uloti yakunida barcha yuzaga kelgan vaziyatlar shartli ravishda sodir bo‘lganligi hisobga olinib, “Dehqonobod” HKQV tezkor shaxsiy tarkibining o‘quv nuqtalarida hamkorlikdagi harakatlar va namoyish etilgan tayyorgarlik mahorati tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib baholandi.