Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida joriy yilning noyabr' oyida “BEKOBODСEMENT” AJning ishlab chiqarish ob'ektida sodir bo‘lgan guruhiy baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari tahliliga bag‘ishlangan hay'at majlisi o‘tkazildi.
Unda “BEKOBODСEMENT” AJ mutasaddi rahbarlarining sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan ma'lumotlari tinglandi. Ularda ta'kidlanishicha, baxtsiz hodisalar ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari va qoidalariga rioya etilishi, ishlarni tashkillashtirish va to‘g‘ri olib borish ustidan nazoratning susayishi natijasida ro‘y bergan.
Yig‘ilishda baxtsiz hodisa, ularning sabablari va oqibatlari tekshirish natijalari asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ko‘rsatilgan ob'ektda sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalari talablari bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish, mas'ul rahbar va muhandis texnik xodimlar javobgarligini kuchaytirish yuzasidan Hay'at majlisi qarori qabul qilindi.