19 avgust kuni yadroviy energiya departamenti bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov boshchiligidagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) delegatsiyasi Toshkentga keldi.
Bundan tashqari, Mixail Chudakov Rossiya milliy yadro tadqiqot institutining “Moskva injyenerlik-fizika instituti” (MYaTI MIFI) o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashadi hamda atom energiyasi rivoji to‘g‘risida ma'ruza qiladi. U shuningdek, Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston Atom texnologiyalari axborot markaziga tashrif buyuradi.