O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida
24.01.2020 | prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil 21 yanvardagi qarorlariga muvofiq, Bosh vazir lavozimiga A.N. Aripov tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 22 yanvardagi tegishli qarorlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar ma’qullangan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:
  • Aripov Abdulla Nigmatovich – Bosh vazir;
  • Ramatov Achilbay Jumaniyazovich – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari;
  • Kuchkarov Djamshid Anvarovich – Bosh vazirning o‘rinbosari –O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri;
  • lavozimi bo‘yicha – Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • lavozimi bo‘yicha – Bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich – Bosh vazirning o‘rinbosari –O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;
  • Basitxanova Elmira Irkinovna – Bosh vazirning o‘rinbosari –O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

Vazirliklar:

  • Kamilov Abdulaziz Xafizovich – Tashqi ishlar vaziri;
  • Xodjaev Batir Asadillaevich – Iqtisodiyot va sanoat vaziri;
  • Davletov Ruslanbek Kuroltaevich – Adliya vaziri;
  • Kurbanov Baxodir Nizamovich – Mudofaa vaziri;
  • Bobojonov Po‘lat Razzaqovich – Ichki ishlar vaziri;
  • Umurzakov Sardor Uktamovich – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri;
  • Xodjaev Jamshid Abduxakimovich – Qishloq xo‘jaligi vaziri;
  • Xamraev Shavkat Raximovich – Suv xo‘jaligi vaziri;
  • Xusanov Nozim Baxtiyorovich – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;
  • Shadmanov Alisher Kayumovich – Sog‘liqni saqlash vaziri;
  • Madjidov Inom Urishevich – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
  • Shermatov Sherzod Xotamovich – Xalq ta’limi vaziri;
  • Shin Agrippina Vasilevna – Maktabgacha ta’lim vaziri;
  • Nazarbekov Ozodbek Axmadovich – Madaniyat vaziri;
  • Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;
  • Saliev Muzaffar Xaldarbaevich – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri;
  • Abduraxmonov Ibroxim Yulchievich – Innovatsion rivojlanish vaziri;
  • Nabiev Dilmurod Xamidullaevich – Jismoniy tarbiya va sport vaziri;
  • Zakirov Batir Irkinovich – Qurilish vaziri;
  • Ganiev Elyar Majidovich – Transport vaziri;
  • Sultanov Alisher Saidabbasovich – Energetika vaziri;
  • lavozimi bo‘yicha – Favqulodda vaziyatlar vaziri;

Davlat qo‘mitalari:

  • Azimov Murotjon Berdialievich – Davlat bojxona qo‘mitasi raisi;
  • Musaev Bexzod Anvarovich – Davlat soliq qo‘mitasi raisi;
  • Gulyamov Baxtiyor Vaxabovich – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi;
  • Ismoilov Oybek Ortiqovich – Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi;
  • Begalov Baxodir Abdusalomovich – Davlat statistika qo‘mitasi raisi;
  • Abdullaev Abdushukur Xamidovich – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi;
  • Kuchkarov Baxrom Tulkinovich – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi;
  • Islamov Bobir Farxadovich – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi;
  • Norqobilov Baxromjon Turaevich – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;
  • Bakirov Nizomidin Jalilovich – O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tasdiqlansin.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.
  1. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti           Sh. Mirziyoev