Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida Germaniyaning ALPHA Consulting GmbH kompaniyasi vakillari bilan sanoat xavfsizligi sohasida texnologiyalar yetkazib berish, faoliyatni lisenziyalash va sertifikatlashtirish, ekspertizadan o‘tkazish borasida hamkorlik qilish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
ALPHA kompaniyasi 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib o‘tgan shu davr mobaynida katta tajriba va professionallikka tayanib, butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish korxonalari qurish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, kompaniya mijozlariga texnologik uskunalarni ishlab chiqish, texnologiyalarni uzatish, shuningdek, neft va gaz, neft-kimyo, kimyo va metallurgiya sanoati uchun muhandislik va konsalting xizmatlari sohasida turli xizmatlarni taklif etmoqda.
ALPHA Consulting GmbH kompaniyasi vakillarining Toshkentga tashrifidan maqsad O‘zbekistonning vakolatli davlat organlari bilan sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash xizmatlari; loyihalarni amalga oshirish doirasida texnologiyalarni yetkazib berish; uskunalarning hayot siklini ta'minlash sohasidagi hamkorlikni taklif qilishdir.
Aytish joizki, kompaniya vakillari mamlakatimizdagi sheriklar bilan 2010 yildan beri loyihalarni amalga oshririb kelmoqda.
Inspeksiya mutaxassislari hozirda sanoat xafsizligi sohasida mavjud lisenziyalash va ekspertiza jarayonlari to‘g‘risida, bu boradagi tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari xususida mehmonlarga batafsil ma'lumot berdilar.
Uchrashuvda ikki tomon hamkorlik masalalarini ishchi tartibda hal etish yuzasidan kelishib oldilar.