Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati Zarkentda qurilish krani ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar yuzasidan
06.02.2023 | scis.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda  Toshkent viloyati Zarkentda qurilish krani ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berildi.

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan dastlabki o‘rganishlar natijasida quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

 2023 yil 2 fevral soat taxminan 10-00 larda Toshkent viloyati, Parkent tumanida “QIL-YO‘L KO‘PRIK QURILISh TA'MIR” MChJ ning qurilish ob'ektida beton konstruksiyani ikkita kran yordamida ko‘tarish vaqtida ZOOMLION QV55V  rusumli avtokran qulab ketgan va natijada “KOPRIKQURILISH” TRESTI UK ga qarashli, 13-KOPRIKQURILISH OTRYADI  kranchisi 1985 yilda tug‘ilgan Ametov Salim Aydarovich olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan baxtsiz hodisani tekshirish Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan hamda Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq tuzilgan komissiya ish boshlagan.

Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv natijalari ma'lum qilinishini bildiramiz.