“O‘zkimyosanoat” AJ tasarrufidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 9-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida shaxsiy tarkib ishtirokida konda avariya yoki baxtsiz hodisa ro‘y berganda odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy va eng samarali usullarini yetkazish maqsadida amaliy o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Аvariya qutqaruv ishlari olib borilayotganda jabrlanuvchida suyakning ochiq va yopiq sinishi va qon ketishi bilan bog‘liq holatda tezkor tibbiy birinchi yordam ko‘rsatish harakatlarni olib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar tinglandi va amaliy mashg‘ulotda namoyish etildi.