Angren kon boshqarmasida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
14.02.2023 | scis.uz

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Angren kon boshqarmasida amalga oshirilgan profilaktika va tekshiruv ishlari natijalari muhokamasi hamda joriy yil yanvar oyida boshqarma ishchisi lahim o‘tuvchi (proxodchik) M.Zilboev bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tahliliga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kon boshqarmasi mas'ullari, mutaxassis va ishchi xodimlar hamda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari qatnashdilar.

Yig‘ilish yakuni bilan ishlab chiqarishda texnika va mehnat xavfsizligi hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etish, nazorat ishlarini kuchaytirsh va baxtsiz hodisalarning oldii olish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.