Avval Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablarini bajarish maqsadida mansabdor shaxslarni tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiya o‘tkazilayotgani ma'lum qilingan edi.
Bir oy davomida Davlat qo‘mitasi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoning yetakchi inspektori va yana qator tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislaridan iborat komissiya talabchanlik, prinsipiallik asosida davlat inspektorlarining o‘z kasbini bilishini xolisona baholadilar.
Bilim sinovida jami 184 nafar xodim ishtirok etdi. Shulardan attestasiyadan o‘tmagan 15 nafar xodimga belgilangan muddatdan so‘ng qayta imtihon topshirish imkoniyati berildi.