Go‘zallik va nafosat bayrami
07.03.2023 | scis.uz

Orziqib kutiladigan bahorning ilk kunlarida “8-Mart xalqaro xotin qizlar” kuni nishonlanadi.

Xalqaro xotin-qizlar kunining ildizi ayollarning erkaklar bilan teng ravishda jamoat hayotida ishtirok etish huquqi uchun ko‘p asrlik kurashiga borib taqaladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni — bu ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yutuqlariga bag‘ishlangan global kun. Shuningdek, bu kunda gender tengligini tezlashtirish uchun harakatlarga da'vat etiladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni 8 martda dunyoning ko‘pgina davlatlarida keng nishonlanadi.

Shu bilan birga, bizning ota-bobolarimiz, davlatchiligimiz, azaliy urf-odatlarimiz va tariximizda ham ayollarga ehtirom ruhi saqlanib, hozirda ushbu sana bilan uyg‘unlashgan.

Xususan, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida ham ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda ishtirok etganlar jamoada mehnat qilayotgan ayollarni bayram bilan qutladilar, sovg‘a-salomlar topshirildi. Shu bilan birga   8 Mart kuni onalarimiz, opa-singillarimiz, xotin-qizlarimizga ko‘rsatayotgan mehribonlik va yaxshiliklarni har kuni qilishimiz joizligi ta'kidlandi.