Joriy yilning 25-27 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bilan hamkorlikda Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiyaning amalga oshish masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi ushbu Birlashgan Konvensiyaga 2008 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-186-sonli «Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiyaga (Vena, 1997 yil
5 sentabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan qo‘shilgan.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralariga Birlashgan Konvensiyani amalga oshirilishi doirasida 2-milliy hisobotni ishlab chiqish va ushbu sohadagi ekspertlar bilan bilim almashish maqsadida tashkil etildi.
Birlashgan Konvensiya – bu butun dunyo bo‘ylab ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan, qonuniy jihatdan majburiy bo‘lgan yagona xalqaro-huquqiy hujjatdir.
Birlashgan Konvensiyaning maqsadlari:
Ushbu Birlashgan Konvensiya doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirish ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish bo‘yicha xalqaro yondashuvdan foydalanish, shuningdek, xalqaro hamjamiyat va jamoatchilikni milliy normativ-huquqiy hujjatlar, davlat qoidalarining xalqaro standartlarga javob berishini namoyish etish imkonini beradi
Seminar ishida AEXA ning yadro xavfsizligi sohasidagi yetakchi ekspertlari va manfaatdor vazirlik va idoralarning 30 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.
3 kunlik seminar Birlashgan Konvensiyaning mohiyatini tushuntirish, uning qoidalarini samarali amalga oshirish va amalga oshirishni ta'minlash, uni amalga oshirish bo'yicha 2-milliy hisobotni tayyorlashni vakolatli tashkil etishga qaratilgan ma'ruzalar va munozaralarni o‘z ichiga oladi.
Birlashgan Konvensiya doirasida kutilgan natijalar: