BUKHARA NEWS rasmiy kanali orqali “Setora” bolalar istirohat bog‘ida attraksionlar ishlamayapti degan video lavhalar tarqalganligi yuzasidan Istirohat bog‘lari attraksionlarini nazorat qilish Buxoro hududiy bo‘linmasi davlat inspektor X.Ismatov tomonidan joyga chiqib o‘rganildi.
Urganish jarayonida Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Ibn Sino ko‘chasi, 12-uyda joylashgan “Setora” nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida “LOGO TRANS” MCHJ korxonasiga qarashli jami 21 ta attraksionlar o‘rnatilgan bo‘lib, shulardan 6 ta attraksion tegishli tashkilotlar tomonidan xulosalar olmaganligi va nosoz holatda bo‘lganligi sababli attraksionlar to‘xtatilganligi aniqlandi.
“Setora” nomli madaniyat va istirohat bog‘i xududida o‘rnatilgan “Sakkiz oyog‘”, “Mayatnik”, “Uchar moshinalar”, “Palmacha”, “Melnitsa”, “Shtorom”, “Solnoshko”, “Kolokolchik”, “Avtodrom”, “Disko”, “Karnaval”, “Sepochka”, “Raketa”, “Bolalar poyezdi”, “Uchar stul” attraksionlari tegishli tashkilotlar tomonidan yaroqliligi bo‘yicha xulosalar olinganli va attraksionlar soz holatda ekanligi maʼlum bo‘ldi.