Joriy yilning 24 maydagi “Yoshlar ovozi” gazetasining №23 sonida “Hordiq chiqarishga kelgan qurbonlar” nomli maqola elon qilingan.
Mazkur maqolada istirohat bog‘laridagi attraksionlarda sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar keltirib o‘tilgan.
Istirohat bog‘laridagi attraksionlardan foydalanuvchilar attraksiondan foydalanish talablariga rioya qilmasliklari xam mazkur xolatlarga sababchi bo‘lmoqda.
Yuqorida keltirilgan baxtsiz voqealarni oldini olish maqsadida Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi inspeksiyasi, Istirohat bog‘lari attraksionlarini nazorat qilish bo‘limi inspektorlari tomonidan Bog‘ raxbarlari va tadbirkorlik subektlari bilan attraksionlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha joylarga chiqib , mumtazam ishlar olib borilmoqda.
Jumladan bo‘lim boshlig‘i A.Akramov va bosh mutaxasis A.Rashidovlar tomonidan joriy yilning 2 iyun kuni Andijon viloyati, Baliqchi tumani Xokim o‘rinbosari M.Mamatavning 08/17-54-1 xatiga asosan , Baliqchi tumani xududida joylashgan Madaniyat va istirohat bog‘i va bog‘lardan tashqarida ommaviy dam olish joylariga o‘rnatilgan attraksionlarning texnik xolati va normativ xujjatlar talabiga rioya qilinishi o‘rganildi.
O‘rganish davrida attraksionlarning aksariyat qismida attraksionlarni pasporlari yo‘qligi, mavsum oldi profilaktika ishlari amalga oshirilmagani, baʼzi attraksionlarni foydalanish mudatlari o‘tib bo‘lgani va qo‘lbola attraksionlar mavjudligi aniqlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar hayoti va salomatligi bilan bog‘liq favqulodda hodisalarni oldini olish maqsadida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar mazkur bog‘dagi attraksionlaning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.