"O‘zbekko‘mir" AJga qarashli "Angren ko‘mir koni havzasi" filialida FVV hududiy boshqarmasi xodimlari, "Angren ko‘mir koni havzasi" filiali ishchi-xodimlari va “O‘zbekko‘mir” AJ "Angren kon boshqarmasi" kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi "O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-144-son Farmoni mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Interaktiv tarzda tashkil etilgan tadbirda xavfli ishlab chiqarish korxonalari faoliyati xavfsizligini oshirishda inshootlarning seysmik mustahkamligi, bardoshliligi, yuqori ko‘rsatkichdagi zilzila sodir bo‘lganda qutqaruv tuzilmalarining harakatlanish tizimini takomillashtirishga oid muhim ma'lumotlar berildi. Bunda idoralararo hamkorlik va muvofiqlashish msalalari yuzasidan fikr almashildi.