Joriy yilning 12-iyun kuni taxminan kech soat 22:10 larda, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i hududidagi “Melnitsa” nomli attraksionda 1993 yilda tug‘ilgan T.M. va turmush o‘rtog‘i 1999 yilda tug‘ilgan B.E.lar ishtirokida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada jarohatlangan fuqarolarning xavfsizlik kamarini hamda fiksatorini taqmaganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Istirohat bog‘lari attraksionlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan bog‘ maʼmuriyati va xodimlariga xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.