MAGATE ning COMPASS pilot loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi
15.06.2023 | scis.uz

Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tizimini hamda davlat nazorat organlarining texnik imkoniyatlarni yana-da kuchaytirishga qaratilgan MAGATEning ikki yil davom etgan COMPASS pilot loyihasida 7 ta davlat (Gvatemala, Malayziya, Iordaniya, Ruanda, Saudiya Arabistoni, Turkiya, O‘zbekiston) muvaffaqiyatli qatnashdilar.

Joriy yilning 2 iyun kuni Avstriya Respublikasi Vena shahridagi MAGATEning Bosh qarorgohida MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi boshchiligida COMPASS loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marosimda Rafael Grossi tomonidan O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisiga O‘zbekiston tomonidan COMPASS loyihasi muvaffaqiyatli yakunlanganligi to‘g‘risida sertifikat topshirildi.