Rasmiy munosabat
19.06.2023 | scis.uz

    Joriy yil 18 iyun kuni taxminan soat 16:00 da Toshkent shahri, Yangi hayot tumani, “Yangi Darxon” MFYda joylashgan 17-sonli 16 qavatli ko‘p xonadon uy “LAND HOUSE” MCHJ tomonidan 2023 yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan, mazkur holatni birlamchi o‘rganish davrida ko‘p qavatli uyda, Turkiya davlatining “Axtem asansor” korxonasi tomonidan 2022 yilda ishlab chiqarilgan, yuk ko‘tarish quvvati 1000 kg bo‘lgan lift qurilmasi 16 qavatdan 1 qavatga harakatga kelgach, mazkur lift qurilmasini liftning tezligini nazorat qiluvchi yaʼni to‘xtash lozim bo‘lgan etajga yaqinlashgan davrida lift kabinasini sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmasi nosozligi sababli tezlik kamaymaganligi va 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtaganligi va tezlik kamaymaganligi tufayli shaxtada o‘rnatilgan bufer qismiga kelib o‘rilganligi taxmin qilindi.

    Lift to‘xtagandan so‘ng mazkur mavzedagi domlarga xizmat ko‘rsatuvchi injenering kompaniyasi “Premium Promotion” MCHJning liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislari tomonidan eshikni ochib liftdan taxminan 11 kishini chiqarib olgan, bulardan 3 kishi turli xil sinishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Hozirda, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan mazkur mavzedagi domlarga xizmat ko‘rsatuvchi injinering kompaniyasi “Premium Promotion” MCHJning rahbariyati tomonidan ushbu liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari tomonidan mazkur mavzedagi barcha liftlarni kayta navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish va liftlarning tezligini nazorat qiluvchi yaʼni sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmalari qayta ko‘rikdan o‘tkazishlari amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, Inspeksiya mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan lift qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlangan.