O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Sanoat va tog‘-kon nazorati sohasida ishlarni xavfsiz olib borish ustidan davlat nazorati xizmati o‘rtasidagi 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Chora-tadbirlar rejasining 6–bandi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-23 iyun kunlari Tojikiston Respublikasining delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tojikiston Respublikasi delegatsiyasiga Xizmat boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ardasheri Abdugaffor Mirzozoda boshchilik qildi.
Tashrif davomida Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi «Toshkent Metallurgiya Zavodi» QK MCHJ, “Olmaliq KMK” AJning qator qazib chiqaruvchi, qayta ishlovchi korxonalarida bo‘lib, nazorat soxalari bo‘yicha fikr almashinildi.