Kun.uz xabarlari rasmiy orqali Dream City‘dagi attraksionning ichidagi suyuqligi yorilib oqib ketishi oqibatida tepaga chiqayotgan paytida pastga tashlab yuborgan va yarimida to‘xtab qolganligi bo‘yicha video lavhalar tarqatilganligi yuzasidan Istirohat bog‘lari attraksionlarini nazorat qilish bo‘limi hodimlari tomonidan joyga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan “BMP Smart Decision Management” MCHJ QKga qarashli “G‘ofur-G‘ulom” nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida o‘rnatilgan “Bashnya padeniya” attraksionida joriy yilning 9 iyun kun soat taxminan 18:00-19:00 attrofida gidravlik shlankasidan moy oqib ketganligi sababli attraksion avariyaviy to‘xtagan (normal xolat) va pastka sekin tushgani maʼlum buldi.
Xozirgi kunda “BMP Smart Decision Management” MCHJ QKga qarashli “G‘ofur-G‘ulom” nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida o‘rnatilgan “Bashnya padeniya” attraksioni bog‘ maʼmuriyati tomonida gidravlika shlankalarini almashtirildi va taʼmirlandi.