Rasmiy munosabat
05.07.2023 | scis.uz

    Joriy yilning 29 iyun kuni Namangan viloyati, Pop tumani, Chodak QFYda joylashgan YATT “Yusupov Aminjon Sulaymonovich"ga qarashli qo‘lbola usulda yasalgan osma dor yo‘lning to‘xtab qolishi sababli fuqarolar osilib qolganligi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari  video lavhalar tarqaldi.

    Mazkur qo‘lbola usulda yasalgan osma dor yo‘li Tog‘ kon, geologiya va sanoat xavfsizligi inspeksiyasining nazorat osti (xavfli ishlab chiqarish) obyektiga kirmasligi va Inspeksiya tomonidan nazorat qilinmasligini inobatga olib shuningdek, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida FVV, Prokuratura hamda Inspeksiyalar tomonidan Biznes Vakil ishtirokida ushbu qo‘lbola usulda yasalgan osma dor yo‘lidan foydalanishni taqiqlashni maqsadga muvofiq bo‘lishini maʼlum qilamiz.