Ijtimoiy tarmoq orqali kelib tushgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Avliyo ota ko‘chasida yangi qurilayotgan 16 qavatli uyning lift shaxtasida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining Bug‘ qozonlari, ko‘tarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi bo‘limi mutaxassisi joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur holat, yaʼni yong‘in va uni kelib chiqishi sababini aniqlash ishlari yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilayotganligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, yong‘in holatida hech kim jabrlanmagani hamda yong‘in asoratlari bartaraf etilgani maʼlum bo‘ldi.