Rasmiy munosabat
07.08.2023 | scis.uz

   Samarqand shaxri Narpay ko‘chasi 76 A uyda joylashgan “DABUSIYA SAMARQAND AKVALENT” MCHJ  cho‘milish havzasida 01.07.2023 yil soat 16 00 atrofida 19 yoshlardagi B.T  mast holatda o‘rta yoshlilar sirpanchig‘i ustiga chiqib sirpangan. Qutqaruvchi Raupov Ramazon bir necha bor ogohlantirishiga qaramay yana sirpanchiqdan sirpangan va noto‘g‘ri sirpanishi natijasida xushsiz holatga kelgan. Qutqaruvchilar suvdan olib chiqib birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatgandan so‘ng bola o‘z holatiga qaytgan va yana 2 soatlar cho‘milish havzasida cho‘milib keyin chiqib ketgan.Sirpanchiq balandligi 7 metr uzunligi 15 metrni tashkil qiladi.

   Joyga chiqib o‘rganildi va rahbar xodimlarga tegishli ko‘rsatma va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan “Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari”ga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya        vazirligi tomonidan  2022 yil  18 aprelda hisobga olindi, hisob raqami 75) qoidalari haqida tushuncha berildi.