Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida qo‘mita raisi Baxtiyor Gulyamov raisligida  korrupsiyaga qarshi kurash, bunda qo‘mita tizimida  samarali komplaens nazoratni tashkil masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Qo‘mita rahbari korrupsiya, poraxo‘rlik va ta'magirlikka qarshi kurashish samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha  tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va muammolarga to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kunda respublikamiz Hukumati tomonidan ushbu muhim masalaga alohida e'tibor qaratilayotganini e'tiborga olgan holda qo‘mita hamda uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashishda samaradorlikni oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berild