Xisobotlar 2020 yil

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 12 oylik hisoboti

 

Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining 2020 yil 12 oylik hisoboti
Sanoat havfsizligi davlat qo'mitasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari
va boshqa hujatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qilib, Davlat qo'mitasi boshlig'i tasdiqlagan ish reja va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq bir qator ishlarni amalga oshirdi.

Hisobot davrida Sanoat havfsizligi davlat qo'mitasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda 5263 ta davlat nazorati, 5471 ta nazorat-profilaktika ishlari o'tkazilib, 40936 ta sanoat, radiasiya xavfsizligi talablari va er osti boyliklaridan foydalanish va qoida buzilishlar aniqlandi 63 ta korxonada ishlar vaqtincha to'xtatib qo'yildi. 1700 ta injener-texnik va rahbar xodimlarga 923 055 320 jarima solindi. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 87 ta baxtsiz xodisalarga yo'l qo'yilib, bulardan 27 tasi o'lim bilan tugagan. (2019 yil xisobot davrida umumiy 118 ta va o'lim bilan 31 ta).



Radiasiya va yadro havfsizligi departamenti

Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Sanoat xavfsizligiga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:
2020 yil davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
2 oktyabrdagi №782-sonli qaroriga muvofiq xisobot davrida 15 ta lisenziya rasmiylashtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 3 apreldagi
98-sonli qaroriga muvofiq o'rnatilgan tartibda 96 dona ishlatilmayotgan radioaktiv ifloslangan elementlar “Respublika radioaktiv chiqindilarni ko'mish punkti” davlat unitar korxonasi (“RRChKP” DUK) tomonidan ko'milishi ta'minlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 360-son qaroriga muvofiq
72 ta arizachiga ruxsat etish xususiyatiga ega bo'lgan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar rahbarlari va ishchilaridan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalari asosida bilimlarini tekshirish bo'yicha tasdiklangan jadval asosida savolnoma, biletlar tuzildi. Ushbu savolnama asosida radiasiyaviy va yadroviy xavfsizlik Departamenti xodimlari ishtirokida Yadro fizikasi instituti xodimlarining radiasiya va yadro xavfsizligi bo'yicha navbatdagi bilim sinovlari o'tkazildi.

Hisobot davrida nazorat ostidagi korxonalarda jiddiy qonun va qoidalarning buzilishi bo'lmaganligi sababli avariyaviy holatlari, hamda baxtsiz hodisalar bo'lmadi. Nazorat ostidagi lisenziya oluvchi korxonalarning hujjatlari ko'rib chiqilib, ekspert xulosalari tuzildi. Hisobot davrida lisenziya oluvchilarning xujjatlari ko'rib chiqilgani uchun Davlat Qo'mitasi hisobiga №782-sonli qaroriga asosan 14 mln. so'mdan ortiq pul mablag'lari tushirildi.

Qonunchilikni rivojlantirish yuzasidan:
Qabul qilingan hujjatlar
Vazirlar Mahkamasining 15.04.2020 yildagi 226-son “O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qarori.

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2020 yildagi 368-son “Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

Vazirlar Mahkamasining 17.06.2020 yildagi 390-son “Atom energiyasidan foydalanish ob'ektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2020 yildagi 663-son “Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”.

Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining 28.09.2020 yildagi 03/YuB-62-son “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizasiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaning 1-bandiga o'zgartirish kiritish to'g'risida”gi qarori (Adliya vazirligida 02.11.2020 yilda 2690-2 raqam bilan ro'yxatga olindi).

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar:
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartish kiritishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yadro avariyasi to'g'risida tezkor xabar berish haqidagi konvensiyaga O'zbekiston Respublikasining qo'shilishini nazarda tutuvchi qarori loyihasi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yadro xavfsizligi to'g'risidagi konvensiyaga O'zbekiston Respublikasining qo'shilishini nazarda tutuvchi qarori loyihasi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulkida bo'lgan yoki yuridik shaxslar mulkida bo'lishi mumkin bo'lgan atom energiyasidan foydalanish ob'ektlari ro'yxatini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, xodimlar mehnatiga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasidagi O'zbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uchun Ekologik qayta tiklash hisobi bo'yicha amaliyotlar o'tkazish to'g'risidagi Hadli bitimni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida”gi Farmoyishi loyihasi;

Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi;

Vazirlar Mahkamasining “Maydonchadan yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun foydalanishga doir ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi shular jumlasidandir

Ishlab chiqilayotgan hujjatlar:
Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo'yicha alohida vakolatlarga ega bo'lgan davlat organlariga yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining xavfsizligi holati to'g'risida axborot taqdim qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi;

Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatasiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, bilimlarini sinov (attestasiya) dan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi.

4.Halqaro munosabatlar (tashriflar, o'tkazilgan seminarlar):

Joriy yilning 14−16 yanvarь kunlari Toshkent shaxrida Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi Radiasiya va yadro xavfsizligi Departamenti va Rossiya Federasiyasining ekologik, texnologik va atom nazorati bo'yicha federal xizmati (Rostexnadzor) vakillari o'rtasida seminar bo'lib o'tdi. Uchrashuvda atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikka katta e'tibor qaratish kerakligi takidlab o'tildi. O'zbekiston Respublikasi yadro energetika dasturi xaqida Rostexnadzor vakillariga ma'lumotlar etkazildi. Shuningdek Rostexnadzor vakillari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, amalga kiritish hamda amalga oshirish, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ruxsat berish faoliyati to'g'risida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.

2020 yil 21-23 yanvar kunlari Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikda Yadro xavfsizligi to'g'risidagi konvensiya (Vena, 1994 y.) qoidalariga qo'shilish yoki implementasiya qilish masalalariga bag'ishlangan milliy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar ishida MAGATEning yadro xavfsizligi sohasidagi etakchi ekspertlari, hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning 40 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi. 3 kunlik seminar ushbu Konvensiyaning mohiyatini tushuntirish, uning qoidalarini samarali amalga oshirishni ta'minlash, uni amalga oshirish bo'yicha milliy hisobotni tayyorlashni vakolatli tashkil etish, jamoatchilikni uning ijrosi natijalari bilan tanishtirishga qaratilgan ma'ruzalar va munozaralarni o'z ichiga oladi.

Joriy yilning 25-27 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan MAGATE bilan hamkorlikda Ishlatib bo'lingan yoqilg'i bilan muomalada bo'lish xavfsizligi to'g'risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo'lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiyaning amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan milliy seminar o'tkazildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralariga Birlashgan Konvensiyani amalga oshirilishi doirasida 2-milliy hisobotni ishlab chiqish va ushbu sohadagi ekspertlar bilan bilim almashish maqsadida tashkil etildi. Birlashgan Konvensiya – bu butun dunyo bo'ylab ishlatib bo'lingan yoqilg'i va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo'lish xavfsizligi masalalariga bag'ishlangan, qonuniy jihatdan majburiy bo'lgan yagona xalqaro-huquqiy hujjatdir.

Joriy yilning 2 - 5 mart kunlari Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi tomonidan MAGATE bilan birgalikda "Jismoniy yadro xavfsizligi madaniyati amalda" mavzusida milliy amaliy seminar o'tkazildi.

Tadbir milliy darajada amalga oshirilayotgan, jismoniy yadroviy xavfsizlik madaniyatini yuqori darajada saqlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli “Koronavirus pandemiyasi tufayli MAGATE tomonidan tashkil etilgan o'quv seminarlari onlayn tarzida olib borilmoqda.

Joriy yilning 21 may kuni EBRR vakillari (Ester Xarlander Rukovoditelь SER, Yadroviy xavfsizlik Departamenti) bilan vebinar/videokonferensiya o'tkazildi va unda O'zbekiston Respublikasi va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasidagi O'zbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uchun Ekologik qayta tiklash hisobi bo'yicha amaliyotlar o'tkazish to'g'risidagi Hadli bitimni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyish loyihasi ma'zmun mohiyati va Hadli bitimda ko'zda tutilgan vazifalar bo'yicha kelajakda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar xaqida kelishib olindi.

Joriy yilning 5 iyun kuni Moskava muhadislik fizika institutining, xalqaro munosabatlar kafedrasi dosenti V.P. Kuchinovning XAEA kafolatlari tizimiga bag'ishlangan “XAEA kafolatlarida qo'llaniladigan texnika va uskunalar” nomli ma'ruzasi (Zoom platformasidagi onlayn vebinar) bo'lib o'tdi. Ushbu onlayn vebinarda Sanoat xavfsizligi davlatq xodimlari ham ishtirok etishdi.

Joriy yilning 24 iyulь kuni Moskava muhadislik fizika institutining, xalqaro munosabatlar kafedrasi dosenti V.P. Kuchinovning “Garantiya MAGATE”nomli ma'ruzasi (Zoom platformasidagi onlayn vebinar) bo'lib o'tdi.

Joriy yil 29 iyulь kuni Xalqaro Atom Energetikasi Agentligi ekspertlari Thierry Pelletier va Irvan Effendi tomonidan “Obzor ekspluatasii i texnicheskogo obslujivaniya portativnogo oborudovaniya ispolьzuemogo v arxitekture obnorujeniya yadernoy bezopasnosti” mavzusida Yadroviy xavfsizlik Departamenti) bilan (Zoom platformasidagi onlayn vebinar) o'tkazildi. Vebinarning maqsadi (MORC- tartibga soluvchi nazoratdan tashqari material) MORC ni aniqlashda ishlatilishi mumkin bo'lgan passiv portativ aniqlash vositalarining turi bilan xabardorlikni oshirishdir.

Joriy yilning 7 avgust kuni bo'lib o'tgan onlayn vebinarda Avstriyaning Vena shahridagi “Rosatom” davlat korporasiyasi vakili, Rossiya Federasiyasi doimiy missiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlarga katta maslahatchisi Aleksandr Viktorovich Bыchkov bilan integrasiyalashgan yadroviy infratuzilmani ko'rib chiqish (INIR missiyasi) bo'yicha onlayn ma'ruza bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 11-13 oktyabrь kunlari MAGATE Bosh direktori o'rinbosari — Kafolatlar departamenti boshlig'i Massimo Aparo boshchiligidagi delegasiya O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. MAGATEning M.Aparo boshchiligidagi delegasiyasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv o'tkazildi. Muloqot davomida atom energiyasidan tinchlik yo'lida foydalanishga doir xalqaro shartnomalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining majburiyatlari doirasida yadroviy materiallarga qo'llaniladigan kafolatlarning implementasiyasi hamda respublikamizning yadro energetika dasturi kabi masalalar muhokama qilindi.

Joriy yilning 19-20 oktyabrь kunlari Xalqaro atom energetikasi bo'yicha agentlik (MAGATE) tomonidan "Osenka urovnya znaniy" mavzusiga bag'ishlangan vebinar o'tkazildi. Ushbu vebinarda Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi Radiasiya va yadro xavfsizligi Departamenti va vazirlik va idoralar mutaxassislari onlayn tarzda ishtirok etdi.

9-11 noyabrь kunlari “O'zatom” agentligida tashkil etilgan onlayn videko aloqa vositasida MAGATE mas'ul xodimlari M.Kovachev va D.Xaddad hamda Respublikamiz manfaatdor vazirlik va idoralari mutaxassislari ishtirokida MAGATEning
INIR missiyasini o'tkazish uchun O'zbekiston Respublikasining yadroviy infratuzilmani o'zini-o'zi baholash hisoboti ko'rib chiqildi. Tadbir natijasida MAGATE mas'ul xodimlari tomonidan hisobotni qayta ishlash bo'yicha tegishli taklif va muloxazalar bildirildi.

23-27 noyabr kunlari Ilgarigi uran konlari bo'yicha muvofiqlashtirish guruhining virtual yillik yig'ilishi (CGULS)da ishtirok etildi. Tadbir Webex platformasi orqali kundalik virtual aloqa orqali moderator va ishtirokchilar, CGULS guruhiga a'zo davlatlar (Braziliya, Qozog'iston, Qirg'iston, Norvegiya, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, O'zbekiston) va Xalqaro tashkilotlar (MAGATE, EBRR, RosAtom, OON, PROON va b.) ning hisobotlari muhokamasi tarzida bo'lib o'tdi.

1 dekabr kuni ETTBning Donor Assambleyasi yig'ilishida Chorkesar va Yangiobod hududida joylashgan ilgargi uran ishlab chiqarish ob'ektlarida amalga oshirilgan hamda xozirgi amaldagi oshirilayotgan ekologik sog'lomlashtirish (rekulьtivasiya) ishlari borasidagi yig'ilishda qatnashildi. 1-4 dekabr kunlari MAGATE tomonidan tashkil etiladigan “Radioaktiv ifloslangan erlarda nazorat olib borish bo'yicha texnik uchrashuv” virtual yig'ilishida (Technical Meeting on the Use of Controls for Radioactively Contaminated Lan) ishtirok etildi.

10-11 dekabrь kunlari O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlikda “Atom elektrstansiyalarni lisenziyalash jarayoni” mavzusida onlayn tarzida o'qish o'tkazildi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasida yadroviy energetika dasturi infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibi bo'yicha MAGATE tajribasi bilan bo'lishdi. Mazkur vebinarda MAGATE tomonidan yadro xavfsizligi Departamenti tashqi xodisalar xavfsizligi bo'limi va yadroviy qurilma xavfsizligi bo'limi etakchi eksprtlari hamda O'zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralaridan: Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti, “O'zatom” agentligi mutaxassilar ishtirok etishdi.

III. Muammoli masalalar:

Namangan viloyati Chorkesar shaharchasi hamda Toshkent viloyati Yangiobod shahridagi sobiq uran konlar xududlarini ekologik sog'lomlashtirish ishlarini amalga oshirish bo'yicha donor mamlakatlar mablag'larini jalb qilgan holda ekologik sog'lomlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Samarqand veterinariya ilmiy-tekshirish institutidagi Kobalьt-60 ionlashtiruvchi manbalarni zararsizlantirish va ko'mib tashlash ishlari amalga oshirilmay kelinmoqda.

Radiasiya va yadro xavfsizligi deratamentini va hududiy boshqarmalarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlari etarlicha amalga oshirilmay kelinmoqda.

Xulosa.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009 yil 28 avgustdagi
11-10-sonli ijro intizomini mustahkamlash to'g'risidagi topshirig'iga asosan inspektorlar o'z vaqtida Vazirlar Mahkamasining topshiriq va farmoyishlari, davlat qo'mitasining buyruqlari bilan tanishmoqdalar, Departamentga daxldor bo'lganlariga farmoyishlar chiqarilib, ularning bajarilishi Departament boshlig'i tomonidan doimiy nazoratga olingan.

O'tgan hisobot davrida Biznes ombudsman bilan kelishilgan rejalar bo'yicha rejadan tashqari va noqonuniy tekshiruvlar o'tkazilmadi.

Departamentning yarim yillik ish rejalari, Departament xodimlarining oylik ish rejalari va Departamentning tekshiruvlarni amalga oshirish rejasiga asosan Departamentga yuklatilgan vazifalarni bajarish ishlari to'liq amalga oshirilmoqda.



Akkreditasiya va inspeksiya nazorati bo'limi

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditasiya (qayta akkreditasiya, akkreditasiya sohasini kengaytirish) qilish bo'yicha
2020 yilda 1ta tashkilot tomonidan ekspert tashkiloti sifatida akkreditasiyadan,
4ta ekspert tashkiloti tomonidan esa sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkiloti sifatida qayta akkreditasiyadan o'tish uchun arizalar kelib tushgan. Bulardan 3ta ekspert tashkilotlari “TexEkspertiza-Sozlash” MChJ, “PROM EKO EKSPERT” MChJ va “TEXNO EKSPERT PLYUS” MChJlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlari o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib, joyiga borib baholash ishlari olib borildi va Akkreditasiya komissiyasi qarorlariga muvofiq ushbu tashkilotlar qayta akkreditasiya qilindi va tegishli akkreditasiya attestatlari rasmiylashtirildi. Xozirgi kunda qolgan 2ta tashkilot “Shaxodat " XK
va “Kontexnazorato'quv” DUK tomonidan taqdim etigan xujjatlar o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilmoqda.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestasiyadan o'tkazish bo'yicha:
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert maqomiga ega bo'lmoqchi bo'lgan 38ta talabgor ariza bilan murojaat etgan bo'lib, ular tomonidan topshirilgan arizalariga ilova qilingan hujjatlari ko'rib chiqildi hamda oldingi malaka imtihonidan o'ta olmaganlar bilan birgalikda talabgorlar ro'yxati shakllantirilib, mart, noyabrь va dekabrь oylarida malaka imtihonlari o'tkazildi. Malaka imtihondan o'tgan 30ta talabgorlarga o'rnatilgan tartibda Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasi rasmiylashtirildi. Hozirgi kunda 5 ta talabgorlar tomonidan taqdim etigan xujjatlar o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib malaka imtihoni 2021 yil yanvarь oyida o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Sanoat xavfsizligi ekspertiza hulosalarini hisobga olish bo'yicha:
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari tomonidan jami 2103 ta ekspertiza hulosalari Akkreditasiya va inspeksiya nazorati bo'limiga o'rnatilgan tartibda hisobga olish uchun taqdim etilgan bo'lib, bulardan 898 ta xavfli ishlab chiqarish ob'ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari, 730 ta xavfli ishlab chiqarish ob'ektida qo'llaniladigan texnika qurilmalari, 1ta xavfli ishlab chiqarish ob'ektidagi binolar va inshootlar,
4 ta xavfli ishlab chikarish ob'ektlarinining deklarasiya xujjatlari va 470 ta xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini identifikasiyalash bo'yicha ekspertiza xulosalari hisobga olingan.





Reestrlar va texnogen xavfi yuqori bo'lgan zonalar kadastrini yuritish bo'limi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan TXYuZ davlat kadastrining odamlarni evakuasiya qilishni yoki ko'chirishni talab qiladigan xavf yuqori bo'lgan zonalar bo'yicha yuborilgan 280 ta ma'lumotlar ArcGIS dasturiy formatida shakllantirilib, geografik axborot bazasi o'rnatilgan tartibda Davergeodezkadastr qo'mitasiga taqdim etildi.
(2020 yilning oktyabr oyida maxsus pochta orqali)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan TXYuZ davlat kadastrining portlash
va yong'in chiqishi xavfi yuqori bo'lgan zonalar (ob'ektlar) bo'yicha yuborilgan 4528 ta ma'lumotlar ArcGIS dasturiy formatida shakllantirilib, geografik axborot bazasi o'rnatilgan tartibda Davergeodezkadastr qo'mitasiga taqdim etildi shu va boshыa ishlar o'tgan yil davomida amlga oshirildi.
Ko'mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat havfsizligi inspeksiyasi

2020 yil davomida Ko'mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan 1354 ta nazorat osti ob'ektlarda (1059 ta korxona va tashkilotlarda) 2545 marotaba davlat nazorati amalga oshirildi. Bu tekshiruvlarda me'yoriy hujjatlarda belgilangan jami 14433 marotaba qoida va yo'riqnomalarning talablari buzilishi aniqlandi.

Aniqlangan qoida buzilishlarni bartaraf etish bo'yicha tarmoq inspeksiyasi davlat nozirlari tomonidan 537 ta yozma ko'rsatmalar va profilaktika asosida 1380 ta ma'lumotnomalar berildi, hamda qoida buzilishlarni sodir etishda aybdor bo'lgan 349 ta mansabdor shaxslarga nisbatan 230.595.920 so'm miqdorida jarima qo'llanildi va 204.248.807 so'm miqdorida jarima undirildi (2019 yilning shu davrida 214 ta muhandis texnik xodimlarga nisbatan 130.253.389 so'm miqdorida jarima solingan edi).

Nazorat ostidagi korxonalarda sanoat xavfsizligi, konchilik ishlarini bexatar olib borish va er qa'ridan bexatar foydalanish soxalari talablari buzilishi tufayli, 16 ta ob'ektlarda ishlar to'xtatib qo'yildi.

Undan tashqari, 2020 yil davomida Ko'mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:

- O'zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan korxonalarga 375 ta konlarda burg'ulash portlatish ishlarini olib borish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan;

- 360 ta yillik kon ishlarini rivojlantirish rejalari ko'rib chiqildi va kelishildi;

- 24 ta texnik iqtisodiy asoslash loyhasi va ishchi loyijalar ko'rib chiqildi
va kelishildi;

- 22 ta er qa'ri uchastkalaridan foydalanish xuquqini beruvchi lisenziya shartlari ko'rib chiqildi va kelishildi;

- xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida ishlaydigan 5129 ta muxandis-texnik xodimlar sanoat xavfsizligi soxasi yuzasidan bilimlar sinovidan o'tqazildi va o'qitildi;

- O'zbekiston Respublikasi xuquqni muxofaza qilish organlariga 39 ta xujjatlar yuborilgan;

- 112 dan ziyod yuqoridagi davlat organlarining topshiriqlari bajarildi, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig virtual qabulxonasi va davlat xizmatlari yagona portalidan kelib tushgan arizalar qo'rib chiqildi;

2020 yil davomida ishlab chiqarish jarohatlanishlarining umumiy darajasi
va o'tkazilgan tekshirishlar soni 2019 yil xolati bilan taqqoslanishi quyidagicha:





2019 yil

2020 yil

Sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar soni, shulardan:

57

44

- engil tan jarohati olgan

12

12

- og'ir tan jarohati olgan

30

20

- oqibati o'lim bilan tugagan

11

12

- guruxiy baxtsiz xodisalar

4

0

Davlat nazoratini oshirilgan soni

3122

2545

Me'yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan, jami

9506

14433

O'tkazilgan nazorat-profilaktika ishlari soni, jami

1331



1380

To'xtatib qo'yilgan ishlar soni

21

16

Ma'muriy xuquqbuzarlikga tortilib jarima solinganlar soni

214

349

Jarima miqdori (so'm)

130.253.389

230.595.920



2020 yil davomida 44 ta baxstiz xodisalar sodir bo'lgan:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK da – umumiy 13 ta baxtsiz xodisalarga yo'l qo'yilib, 3 ta engil, 7 ta og'ir, 3 ta oqibati o'lim bilan tugagan.

“Olmaliq KMK” AJ da – jami 15 ta baxtsiz xodisaga yo'l qo'yilib, 5 ta engil, 7 ta og'ir, 3 ta oqibati o'lim bilan tugagan va 0 ta guruxiy baxtsiz xodisa.

“O'zbekko'mir” AJ da – jami 12 ta baxtsiz xodisaga yo'l qo'yilib, bulardan 4 tasi engil, 5 tasi og'ir, 3 ta oqibati o'lim bilan tugagan va 0 ta guruxiy baxtsiz xodisa.

O'zbekiston Respublikasi hududida konchilik va portlatish ishlarini olib borayotgan boshqa korxonalar da - jami 4 ta baxtsiz xodisaga yo'l qo'yilib, bulardan 0 ta engil, 1 tasi og'ir, 3 tasi oqibati o'lim bilan tugagan va 0 ta guruxiy baxtsiz xodisa.

Oqibati og'ir, o'lim bilan tugagan va guruxiy baxtsiz hodisalar yuzasidan Vazirlar Maxkamasinig 06.06.1997 yildagi 286-sonli qarori talablariga muvofiq maxsus tekshirishlar o'tkazilib tekshiruv natijalari huquqni muxofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Ko'mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi inspektorlar tomonidan profilaktik ishlar shakllarini va nazorat usullarini rivojlashtirish bo'yicha katta diqqat o'rnatilgan, ishlab chiqarishda travmatizm xolatlarini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar rasmiylashtiriladi va mazkur chora-tadbirlar bajarilishi ijrosi inspektorlar tomonidan jiddiy nazoratga olinadi.



Neft va gaz sohasida sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Inspeksiya xodimlari 2020 yil davomida Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi raisi B.V.Gulyamov tomonidan tasdiqlangan 2020 yil 2-yarim yillik ish rejasi asosida “O'zbekneftegaz” AJga qarashli korxonalarda, “O'zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O'zgeoburg'uneftegaz” AJ, “O'ztransgaz” AJ, chet el va qo'shma korxonalarda 2020 yil uchun sanoat va texnika xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi va inspeksiya bilan kelishilgan rejalari asosida ish faoliyatlarini olib bordilar. Shu bilan birga sanoat xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish, texnika va fontan xavfsizligi holatlarini o'rganish bo'yicha nazorat-profilaktika ishlarini olib bordilar.

2020 yil davomida nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 7 sentyabrda 3067-son bilan ro'yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o'tkazish tartibi xaqidagi vaqtinchalik Nizom”ning 4-bob 38-bandiga muvofiq (xabardor etish tartibida) tasdiqlangan reja-jadvali xamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi xuzuridagi tadbirkorlik sub'ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish bo'yicha vakil tomonidan berilgan unikal kodli ruxsat asosida sanoat xavfsizligiga oid amaldagi qonunchilik
va normativ texnik xujjatlar talablarini bajarilishi yuzasidan o'rnatilgan tartibda 50 ta tekshirish o'tkazildi va tekshirish natijasida 140 ta xodimga nisbatan 83848000 so'm miqdorida ma'muriy chora qo'llanildi.

2020 yil davomida nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda tasdiqlangan reja asosida 834 ta nazorat-profilaktika ishlari olib borildi. Buning natijasida 3447 ta me'yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi. 63 ta korxona va tashkilotlarda seminarlar olib borildi.

Yuqorida ko'rsatilgan kompaniyalarning Doimiy Xarakat Komisssiyasi, sanoat va texnika xavfsizligi bo'limlari xodimlari va bosh mutaxasislari ishtirokida o'tkazilgan monitoringlarda inspeksiya xodimlari faol qatnashdilar.

Inspeksiya xodimlari tomonidan 2020 yil davomida “O'zbekneftegaz” AJning “O'zgeoburg'uneftegaz”, “O'zneftgazqazibchiqarish”, “O'ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari tasarrufidagi korxonalariga qarashli korxonalarda 558 ta nazorat-profilaktika o'tkazilib, jami 2458 ta qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi.

2020 yil davomida inspeksiya nazorati ostidagi korxonalarda jami 16 ta shundan: 1 ta guruhiy, 5 ta o'lim, 9 ta oqibati og'ir va 1 ta oqibati engil bilan tugagan baxtsiz hodisalar sodir bo'ldi.

2020 yil davomida tarmoq inspeksiyaning nazorati ostidagi korxonalarda 3 ta avariyalar sodir bo'ldi.

Inspeksiya nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari amaldagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga binoan olib borilmoqda. Inspeksiya mutaxassislari tarafdan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda qilinayotgan ishlarga o'z vaqtida amaliy yordam ko'rsatilib kelinmoqda.

Inspeksiya xodimlari “O'zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarning sanoat xafsizligi, mexnat va texnika xafsizligi muxandislarini bilimlarini sinash komissiyalari ishida ishtirok etishdi.

Inspeksiya inspektorlari avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish bo'yicha muntazam ravishda korxona va tashkilotlarda yil boshida tasdiqlangan nazorat-profilaktika ishlari va korxonalarda 2020 yil davomida 63 ta seminarlar o'tkazildi.

Inspeksiya nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda uchrayotgan muammolarni ijobiy hal qilish uchun inspeksiyada xar oyda bir marotaba (oxirgi payshanba) ochiq eshiklar kuni o'tkazilmoqda va 2 ta ishonch telefonlari tashkil etilgan bo'lib, murojaat etayotganlarga amaliy yordam ko'rsatib kelinmoqda.



Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Inspeksiya yil davomida O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasiga qarashli “Uzbekgidrogeologiya” DUK, “Surxongeologiya” DK “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati” DK, “Geologiya marksheyderlik xizmati” DK,”Geologiya davlat axborot markazi” DK, “Samarkandgeologiya” DUK, ”Qizilqumgeologiya” DUK, “Geologiya va geofizika instituti” DK ,”Geologiya tarmog'i xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti” DK, “Xissorgeologiya” DUK, “GIDROINGEO” DK, “Urankamyobmetgeologiya” AJ, “Geoburtexnika” DK, “Mineral resurslar instituti” DK, “UzTAShKLITI” DUK, “Markaziy laboratoriya” DK,”Toshkentgeologiya” AJ, ”Regionalgeologiya” DUK, ”Davlat geologiya muzeyi” DK, “Kon-geologiya faoliyat ustidan nazorat qilish inspeksiyasi”, “UzGEORANGMETLITI” DUK larida profilaktika tadbirlari olib borildi. Tadbir natijasida 345 ta mehnatni muhofaza qilish (MMQ )
va texnika xavfsizligi (TX) qoidalari buzilishlari, ya'ni 171 ta tashkiliy, 174 ta texnik masalalar bo'yicha qoida buzilishlari aniqlandi.

Inspeksiya tomonidan nazorati ostidagi korxonalarda geologiya qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari (GQXQ) talablariga rioya etmagan 21 nafar injener-texnik xodimga nisbatan ma'muriy jazo qo'llanildi, umumiy jarima miqdori 7359000 so'mni tashkil qildi.

Korxonalardan kelishish uchun kelgan 36 ta geologik loyihaning “Sanoat xavfsizligi va mexnat muxofazasi” bo'limini o'rganib chiqib kelishildi.

Inspeksiya nazorati ostidagi ob'ektlarda joriy yil davomida ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan avariya, noxush xodisalar qayd etilmadi, ob'ektlarda ishlar davomiy to'xtatilmadi.

Yil davomida Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi bo'yicha jami 7 ta baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi oqibatida 2 tasi og'ir va 4 ta o'lim va 1 ta guruxiy bilan tugagan.

Geologiya-razvedka ishlari olib boradigan korxonalarda (ekspedisiyalarda) tog'-kon va burg'ulash dastgoxlarini deyarli 80% ishlash muddatini o'tab bo'lgan. Hozirda O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasiga dastgox va qurilmalarni sotib olish uchun tender savdo ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari yana bir muammo bu, kadrlar masalasi. Milliy kadrlar masalasi ham geologiya yo'nalishida oqsayapti, hamda geologik adabiyotlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, bilim yurtlariga darslik sifatida keng qo'llanilishi kerak.

Tarmoq inspeksiyasi nazorati ostidagi korxonalarda qonun hujjatlari va meyoriy-texnik, meyoriy xuquqiy hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat profilaktik ishlarni olib borishda yo'l qo'yilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklar taxlil qilinganda, aksariyati raxbariyat va ma'sul shaxslar tomonidan nazorat susaytirilganligi va ayrim injener texnik xamda ishchi xodimlarning malakasi kamligi sabab bo'lmoqda.

Kameral manitoring ishlari yuzasidan,

Inspeksiya tomonidan ijro intizomi bo'yicha O'zR Qonunlari, Prezident xujjatlari va Hukumat qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriq, hamda Hay'at Kengashi qarorlari ijrosi o'z vaqtida o'rganilib, barcha inspeksiya inspektorlari va biriktirilgan Samarqand xududiy inspeksiya boshlig'iga etkazilmoqda.

69 nafar raxbar va muxandis texnik xodimlar Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlari qayta sinovdan o'tkazildi.

Toshkent xududiy inspeksiyasi bosh mutaxassisi N.N.Burnaevning ko'rsatkichlari past.

Kimyo, neftь-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi

Davlat Qo'mitasi xodimlari 2020 yil birinchi choragi davrida Sanoat Xavfsizligi Davlat Qo'mitasi boshlig'i B.V.Gulyamov tomonidan tasdiqlangan 2020 yil 2-yarim yillik ish rejasi asosida “O'zkimyosanoat” AJga qarashli korxonalarda, “O'zmetkombinat” AJdagi korxonalarida 2020 yil uchun sanoat va texnika xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi va inspeksiya bilan kelishilgan rejalari asosida ish faoliyatlarini olib bordilar. Shu bilan birga sanoat havfsizligi, mehnatni muxofaza qilish, texnika xavfsizligi holatlarini o'rganish bo'yicha nazorat-profilaktika ishlarini olib bordilar.
Davlat Qo'mitasi xodimlari tomonidan 2020 yil davomida “O'zkimyosanoat” AJga qarashli korxonalarda 13 ta tekshirish 28 ta nazorat-profilaktika o'tkazilib, jami 547ta qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi. Boshqa korxonalarda umumiy xisobda 93 tekshirish 133 ta nazorat-profilaktika o'tkazilib jami 3816 qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi. Baxtsiz xodisalarda va tekshiruvlarda aniklangan kamchiliklarga yo'l qo'ygan 164 ta raxbar va xodimlarga nisbatan 92 545 000 so'm miqdorida jarima solingan.
2020 yil davomida inspeksiya nazorati ostidagi korxonalarda baxtsiz hodisalar sodir bo'lmadi, ikkinchi choragi davomida inspeksiya nazorati ostidagi korxonalarda
6 baxtsiz hodisalar sodir bo'ldi,Jumladan;



Gaz xo'jaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi

2020 yilda Gaz xo'jaligida sanoat havfsizligi inspeksiyasida 35 nafar davlat inspektori faoliyat yuritdi. Inspeksiya nazorati ostidagi korxonalar soni shu kunga qadar 4216 tani tashkil etib, xar bir inspektorga 120 tadan to'g'ri keladi.

Gaz xo'jaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan 2020 yilda 459 ta (407) korxonada davlat nazorati amalga oshirilib, 1180 ta (1393) nazorat profilaktika ishlari olib borildi, shularda 4473 ta me'yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi.

Gaz xo'jaligida ishlovchi 5917 (8495) nafar muxandis-texnik va ishchi xodimlar texnika xavfsizligi bo'yicha bilim saviyalari tekshirildi. Ulardan 564 (507) nafarining bilim saviyasi qoniqarsiz deb topildi, ulardan 311 (347) nafari raxbar va mutaxassislarni tashkil etadi.

2020 yilda avariya sodir bo'lmadi.

2020 yilda 1 ta baxtsiz xodisa sodir bo'ldi.

Avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida ro'znoma, radio hamda televideniyalarda chiqishlar tashkil etildi. Korxonalarda seminarlar o'tkazildi xamda Sanoat xavfsizligi qo'mitasi vebsaytiga qoida va yo'riqnomalar joylashtirildi. Hisobot davrida xavfsiz ish yuritish metodlarini targ'ib qilish maqsadida korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari xamda axoli o'rtasida targ'ibot ishlari olib borildi.

Inspeksiya nazoratidagi korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligini ta'minlash va mehnat sharoitini yaratish bo'yicha quyidagi masalalar ko'p yillardan beri hal qilinmasdan kelinmoqda:

Er osti po'lat gaz quvurining elektr kimyoviy himoyasining ishga yaroqsiz holga kelgani oqibatida quvurlar emirilishi;

Aholi iste'molchilari tomonidan gaz jixozlaridan foydalanish qoida talablariga rioya etilmaslik;

Qish mavsumida tabiiy gaz bosimining bir me'yorda bo'lmasligi.

Bug' qozonlari, ko'tarish inshootlari va putur etkazmaydigan nazoratda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Bug' qozonlari, ko'tarish inshootlari va putur etkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi nazorat ostidagi korxonava tashkilotlarda Sanoat havfsizligiga doir qonun hujjatlariva me'yoriy-texnik hujjatlar, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish bo'yicha chora-tadbirlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi “Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoy sohani 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3849-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyati tumanlarida mavjud ijtimoiy soha muassasalaridagi qozonxona xo'jaligining texnik talablarga mosligi yuzasidan tekshirishlar o'tkazildi. 6200 dona qozonlardan 1200 tasi texnik ko'rikdan o'tkazilib, shundan 310 tasi texnik talablarga javob bermasligi, jumladan 30 tasida nazorat-o'lchov asboblari nosozligi, 75 tasida nazorat-o'lchov asboblari davlat qiyoslov ko'rigidan o'tkazilmaganligi, 90 tasida xavfsizlik avtomatikasi mavjud emasligi, 50 tasida xavfsizlik avtomatikasi nosozligi,
35 tasida ichki isitish yuzalari nosozligi va 30 tasida dudburon talabga javob bermasligi aniqlangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.11.2016 yildagi “Maqbul ko'p qavatli uy-joylarni qurish to'g'risida”gi 2260-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, ko'p qavatli uylarda va boshqa iqtisodiet tarmoqlari ob'ektlarida o'rnatilayotgan liftlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish borasida tarmoq inspeksiya mutaxassislari, liftlarni o'rnatuvchi tashkilot mutasaddi xodimlari bilan birgilikda doimiy ravishda ko'rikdan o'tkazib kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar 350 ta liftlar ko'rikdan o'tkazilib, shundan 80 ta liftlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar rasmiylashtirilib, mutasaddi xodimlarga topshirilgan. Bulardan 304 ta liftlar belgilangan tartibda qabul qilinib ro'yxatga olingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'eklarining huqulari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilining 2020 yil 18 fevraldagi 01-14-480-sonli xatiga asosan 29 ta korxonalarga qarashli qurilish ob'ektlarida o'rnatilgan yuk ko'tarish kranlarini texnik talabga javob berishi bo'yicha tekshiruv o'tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuk ko'tarish kranlarini bexatar foydalanish bo'yicha javobgar shaxslarga belgilangan tartibda ma'muriy choralar ko'rilgan. Shuningdek ko'rilgan ma'muriy choralar bo'yicha ma'muriy javobgarlikga tortish yuzasidan ishni ko'rib chiqilishi hamda ma'muriy sud qaroriga ko'ra qoidabuzarlardan jarima undirilishi belgilansa, jarima miqdori Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining xisob raqamiga o'tkazilishini so'rab tumanlarda joylashgan ma'muriy sud organlariga xat kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyundagi 444-sonli qarori bo'yicha 2020 yil 12 oy davomida inspeksiya tomonidan Respublika hududida qurilayotgan va lisenziya muddati tugayotgan 356 ta AGTKShlarga belgilangan tartibda xulosa berilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-sonli qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan kelib tushgan 159 ta murojaat xatlari ko'rib chiqilib belgilangan tartibda javob xatlari kiritilgan.

Sanoat xavfsizligi rahbariyati hamda inspeksiya xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi 1244 ta korxonada profilaktika-nazorat tadbirlari olib borildi, korxonalarda inspeksiya nazorat ostidagi texnik qurilmalarni bexatar ishlatishda sanoat havfsizligi sohasini tartibga solishga doir qonun va me'yoriy-texnik hujjatlar talablari bo'yicha 9595 ta buzilish holatlari aniqlandi. Baxtsiz hodisa va avariyalarni oldini olish maqsadida vaqtincha 47 ta qurilmalar faoliyati to'xtatib qo'yildi. Qoida buzarlik va kamchiliklarga yo'l qo'ygan 635 nafar javobgar shaxslarga nisbatan 372142400 so'm mikdorida jarima solindi va undirib olindi.

Xukumat topshirig'iga asosan, respublikada faoliyat yuritayotgan barcha avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shaxobchalar (AGTKSh)da profilaktika o'tkazilib, bosim ostida ishlovchi idishlardan xavfsiz foydalanish bo'yicha “Qo'llanma”lar tarqatildi.

Donni saqlash va qayta ishlashda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Inspeksiyasi nazorati ostidagi korxonalarda 2020 yil davomida jami 121 ta davlat nazorati, shundan Xukumat xujjatlari, xuquqni muxofaza qiluvchi organlar xatlariga ko'ra tekshirish 8 ta va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub'ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish bo'yicha vakilni xabardor etish tartibida 113 ta tekshirishlar o'tkazilib 145 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning
97 moddasi 1-qismini qo'llab 101911000 so'm miqdorda jarimaga tortilgan, 69960200 so'm undirilgan.
Nazorat–profilaktika ishlari 408 ta shulardan 297 ta bevosita joylarga chiqib tushuntirish ishlari, 35 ta seminarlar va 7 ta ommoviy axborot vositalarida chiqish ishlari olib borildi, bunda 4121 ta me'yoriy xujjatlar talablari buzilishi aniqlangan. Jami aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf etish bo'yicha profilaktika asosida ma'lumotnoma soni 198 ta, Xukumat xujjatlari, xuquqni muhofaza qiluvchi organ va boshqa tashkilotlar xatlariga ko'ra tekshirishda yozilgan ma'lumotnoma soni 4 ta, xabardor etish tartibida tekshirishda 104 ta dalolatnoma-ko'rsatmalar yozilgan hamda respublikadagi nazorat osti korxonalari 229 ta hodimlari Sanoat, radiasiya xavfsizligi, hamda er qa'ri boyliklarini muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini bilishlarini tekshirildi.

Inspeksiyasi xodimlarining asosiy maqsadi etib, kelgusida nazorat ostidagi korxonalarda nazorat-profilaktika ishlarini yanada oshirish orqali ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va avariya holatlarini oldini olish, joylarda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushintirishlar berish, amaliy yordam ko'rsatish, seminarlar o'tkazish hamda ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarni yanada oshirish vazifalari yuklatildi.



Temir yo'l transportida tashishda havfli yuklarni yuklash, tushirish va saqlashda sanoat havfsizligi inspeksiyasi

Inspeksiya xodimlari tomonidan 2020 yilning 12 oy davomida tasdiqlangan ish rejasi asosida Toshkent viloyati “Ammafos-Maksam”AJ, “Farg'ona agrokimyoximoya”AJ, “Urganch aeroporti” “Farg'ona neftebaza” MChJ, “Qo'vasoy sement” AJ, “Bog'dod agrokimyoximoya” AJ, “Buxoro neftebaza”MChJ, “Quqon temir yo'l yonilg'i saqlash ombori”AJ va boshqa ichki temir yo'llari mavjud korxonalarda inspeksiya nozirlari temir yo'l tizimida ishlarni bexatar olib borishida faol qatnashdilar.

"O'zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va boshqa ichki temir yo'llari mavjdud korxonalarda nazorat‑profilaktika ishlarni olib borildi.

Ushbu korxonalarda 61 profilaktika tadbirlari, 58ta tashkilotlarga bevosita joylarga chiqib tushuntirish ishlari olib borildi. Profilaktika tadbirlarida
293 kamchiliklar aniqlanib, ayrim kamchiliklarni(tashkiliy) joyida bartaraf etildi; (Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 7 sentyabrdagi ro'yxatdan o'tkazilgan, ro'yxat raqami 3067) vaqtinchalik nizomi muvofiq "Uz-KorGaz Chemical" MChJ QK, "FACTORY PROCESSING GAZ OIL" MChJ, “Farg'ona azot” AJ, Namangan "Agrokimyoximoya"Xaj, Andijon yog'-moy AJ, k Asaka yog'-moy AJ, Qo'qon yog'-moy AJ “Qo'qon birlashgan yonilg'i ombor xo'jaligi”, Farg'ona yog'-moy AJ, Farg'ona neft baza MChJ, Farg'ona Neftni Qayta Ishlash Zavodi MChJ, Koson yog' moyAJ, "Qarshi yog' moy"AJ, “Dehqanobod kaliy zavodi”, Navoiy "Agrakimyoximoya" AJ, Navoiy "Agrakimyoximoya" AJ , "Navoiyazot" AJ, Navoiy Xalqaro aeraporti, Toshkent gaz tuldirish stansiyasi korxonalarda tekshiruvlar o'tkazildi, tekshiruv natijasida
499 kamchiliklar aniqlandi. 23 nafar xodimlarga jarima belgilandi jarima miqdori 9232000 so'm tashkil etib 8391247 so'm undirildi.

Inspektorlar tomonidan berilgan tavfsiyalar korxona rahbarlar va muxandis texnik xodimlar tomonidan o'z vaqtida bajarilmoqda, lekin uzoq vaqtdan beri bajarilmayotgan kamchiliklar mavjud, bular:

Asosiy muammolardan biri stansiyalarda temir yo'l majmuasida ishlab kelayotgan ishchilarning temir yo'l transpportida havfli yuklarni tashish qoidalari
va yuriqnomalarini o'zlashtirilishini javob bermasligi kurinib kelmoqda.



Kimyoviy va bakteriologik qurollarni ta'qiqlash to'g'risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish inspeksiyasi

Kimyoviy, bakteriologik (biologik) va toksin qurollarni ishlab chiqish, zaxiralarni to'plash va ularni ishlatishni ta'qiqlash to'g'risidagi Konvensiyasining 2020 yil uchun Ish rejasiga muvofiq quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

“O'zkimyosanoat” AJda xavfli ximikatlar haqidagi olingan ma'lumotlar tekshirildi va tegishli xulosalar chiqarildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasidan xavfli ximikatlar eksport-importi haqidagi ma'lumotlar ham tekshiruvdan o'tkazildi hamda Kimyoviy Qurolni Taqiqlash Tashkiloti Texnik Kotibiyatiga yillik ma'lumot berish uchun tayyorlandi. “O'zkimyosanoat” AJdan olingan ma'lumotlar, shuni ko'rsatdiki “Navoiazot” AJda deklarasiya qilinishi shart bo'lgan 3-ro'yxatdagi xavfli ximikat sinil kislotasi ishlab chiqarildi.

O'tgan 2019 yilda “Navoiazot” AJda 19827 tonna sinil kislota ichki ehtiyojlar uchun ishlab chiqarilgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi 2019 yildagi ma'lumotiga ko'ra deklarasiya qilinishi shart bo'lgan 3- ro'yxatdagi ximikatlardan O'zbekistonga metildietanolamin 2885,420 tonna, trietanolamin 269736,9 kg import qilingan, hamda 2020 yilda 4105,106 tonna metildietanolamin, 103301,0 kg trietanolamin import qilingan.

Shuningdek “Navoiazot” AJ, “Maksam-Chirchik” AJ va “Farg'onaazot” AJ dan deklarasiya qilinishi shart bo'lgan 4-ro'yxatga kiruvchi kimyoviy birikmalar ishlab chiqarilgan.

O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdagi ximikatlarni ishlab chiqarish haqidagi ma'lumot:



OAO «Navoiazot», Navoi sh.

Reagent nomi

2019 yildagi i/ch (tn)

2020 yildagi i/ch (tn)

1

2

3

Sinil kislotasi

19827

20329



shuningdek ishlab chiqarilishi xajmi 200 tonnadan ziyod bo'lgan,
4 - ro'yxatga kiruvchi organik birikmalar quyidagi jadvalda keltirilmoqda:



OAO «Navoiazot», Navoi sh.



tiomochevina

1989,5

2171

uksusnaya kislota

4040,3

760

nitril akrilovoy kislotы

-

-

poliakrilamid-gelь

1381

1359,4

poliakrilamid-granulyat

459,3

585

preparat K-4

2114

1028

uniflok

247,5

269,92

metanol

7626,7

4701,077

formalin

8847,73

5424,6

smola KFJ

126,9

159,34

smola KS-11

-

29,9

smola KF-MT

609,7

505

poliakrilonitril

-

-

asetalьdegid

4120

703

metilakrilat

-

17366

sianistыy natriy

31469,97

27712,3



OAO «Maksam-Chirchik»

karbamid

189436

258300

OAO «Farg'onaazot»

karbamid

131049,36

322576

sirka angidridi

-

-

diasetilsellyuloza

-

-



Ta'kidlash o'tish joizki, “O'zkimyosanoat” AJda fosfor, oltingugurt va ftor elementlari bo'lgan organik birikmalar ishlab chiqarilmaydi.

Inspeksiya tomonidan yuqorida qayd qilingan ma'lumotlar asosida:

-O'zbekiston Respublikasining 2020 yildagi faoliyati haqida yillik e'lon Kimyoviy Qurolni Ta'qiqlash Konvensiyasini Tekshirish ilovasining 4(V) bandi VIII qismiga muvofiq xujjatlashtirildi va Kimyoviy Qurolni Ta'qiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yuborildi.

- O'zbekiston Respublikasining 2021 yilga rejalashtirilgan faoliyati haqida yillik e'lon Kimyoviy Qurolni Ta'qiqlash Konvensiyasini Tekshirish ilovasining 4(S) bandi VIII qismiga muvofiq xujjatlashtirildi va Kimyoviy Qurolni Ta'qiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yuborildi.

- O'zbekiston Respublikasi bakteriologik (biologik) va toksin qurollarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va zahiralarini to'plashni ma'n etish va ularni yo'q qilish haqidagi III Konferensiyasi qatnashuvchi davlatlar qabul qilgan shakliga ko'ra tayyorlandi
va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qurolsizlanish Masalalari Departamentiga yuborildi.

Kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarni taqiqlash Konvensiyasini bajarilishini nazorat qilish inspeksiyasining 2020 yillik Ish rejasining (keyingilarida Ish rejasi) 2.1 - bandiga asosan Mudofaa vazirligining RKBX qo'shinlari mutaxassislari bilan 2020 yilning apreliga rejalashtirilgan o'quv mashg'ulotlari, 2020 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tdi. Mashg'ulotlar davomida Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilingan, AR-4S kimyoviy razvedkasi uchun zamonaviy qurilmalarni (gaz analizatorlari) amalda ishlatilgan holda va AR-4S vodorod balonlariga yonilg'i quyish bo'yicha kichik laboratoriya mashg'ulotlari tashkil etildi.

Ish rejasining 3.1 bandiga asosan 2020 yilning 11 sentyabrь kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” AJ xamkorligida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan «Maksam-Chirchiq» AJda «Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bog'liq favqulodda vaziyat sodir bo'lganda ob'ekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va aholining harakatlari» mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.

Jami o'quv mashqda 155 nafar ishtirokchi va 21 ta maxsus texnika jalb qilindi.

Ish rejasining 3.2 bandiga asosan 2020 yil 24 iyunь kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” AJ xamkorligida “Qo'ng'irot soda zavodi” UKda “Fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlar tarkibi hamda kuch-vositalarining fuqaro muhofazasi xizmatlari favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda xamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.

Jami o'quv mashqda 76 nafar ishtirokchi va 18 ta maxsus texnika jalb qilindi.

Ish rejasining 3.3 bandiga asosan 2020 yilning 4 sentyabrь kuni Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlarning davlat tuzilmasi va ishlab chiqarish quyi tizimlarining yuqori tayyorgarligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” AJ bilan xamkorligida “Navoiazot” AJ (26 – sex) da “Fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlar tarkibi hamda kuch-vositalarining fuqaro muhofazasi xizmatlari favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda xamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.

Jami o'quv mashqda 105 nafar ishtirokchi va 10 ta maxsus texnika jalb qilindi.

Ish rejasining 3.4 bandiga asosan 2020 yilning 25 sentyabrь kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” AJ xamkorligida “Ammofos-Maksam” AJda “Fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlar tarkibi hamda kuch-vositalarining fuqaro muhofazasi xizmatlari favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda xamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi bo'lib o'tdi.

Jami o'quv mashqda 253 nafar mas'ul rahbar va mutaxassislar ishtirok etdi, 15 ta maxsus texnika jalb etildi. Hududiy FVDT va FM tuzilmalarining FVga tayyorgarligi “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

Ish rejasining 3.5 bandiga asosan 2020 yilning 18 sentyabrь kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” AJ xamkorligida “Farg'onaazot” AJda “Fuqaro muhofazasi tuzilmalari rahbarlar tarkibi hamda kuch-vositalarining fuqaro muhofazasi xizmatlari favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda xamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqi bo'lib o'tdi.

Jami o'quv mashqda 82 nafar mas'ul rahbar va mutaxassislar ishtirok etdi, 5 ta maxsus texnika jalb etildi. Hududiy FVDT va FM tuzilmalarining FVga tayyorgarligi “Tayyor” deb baholandi.

Ish rejasining 5.1 – bandiga asosan joriy yilning aprelь oyida Samarkand shaxrida o'tkazilishi rejalashtirilgan 19 – yillik Yordamni muvofiqlashtirish bo'yicha seminar “COVID – 19” pandemiyasiga qarshi Respublikada karantin munosabati bilan noaniq muddatga qoldirildi.

Ish rejasining 6.1 - bandiga asosan joriy yilning 2 choragida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan Buxoro, Navoiy va Samarkand viloyatlarida Muddati o'tgan, taqiqlangan va yaroqsiz yadoximikatlarni muammosini xal qilish jarayoni qanday borayotgani Koronavirus pandemiyasining noqulay xolati va karantin tufayli, ma'muriy xududlarning maxalliy mutaxassislari tomonidan o'rganish jarayoni bo'lib o'tdi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida konservasiya jarayoni aprelь oyiga qadar yakunlangani, Samarqand viloyatida esa Qurilish tashkilotining moliyaviy qo'llab-quvvatlashida muammolar borligi sababli konservasiya jarayoni yakunlanmagani aniqlandi.

Ish rejasining 6.2 - bandiga asosan O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati joriy yilning 4 choragida ko'zda tutilgan ish rejasi ijrosi bo'yicha Respublikada Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan olingan xabar asosida Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Farhod Qishloq fuqarolar yig'ini xududida joylashgan “Respublika O'simliklarni ximoya qilishning kimyo vositalari bazasi” AJga qarashli majmua omborida buzish ishlari boshlanganligi ma'lum bo'ldi.



Konda hatardan qutqaruvchi harbiylashgan qism

Hisobot davrida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo'linmalari xizmat ko'rsatayotgan hududida sodir bo'lgan favqulotda hodisalarga 14 marotaba jalb qilingan.

HKQQ shaxsiy tarkibi tomonidan avariyalarni bartaraf etish, jarohatlanganlarga birlamchi yordam ko'rsatish , er yuzasiga olib chikish va tibbiyot xodimlariga topshirish ishlarida 190,6 odam/soat ish respiratorlari qo'llanilmagan holda bajarilgan.

Avariyalar va baxtsiz hodisalarda 11 kishi jarohatlangan, shulardan 7 kishi hayoti saqlab qolingan.

HKQQism bo'linmalari tomonidan quyidagilar bajarilgan:

Bajarilgan 2792 ta texnik ishlarida 20349,4 odam/soat sarf qilinib, shundan 6058,3 odam/soat ish nafas olish yo'llarini himoya qilish apparati (respirator) qo'llanilgan holda bajarilgan.

HKQQism bo'linmalari xizmat ko'rsatadigan korxonalarda 445 marotaba taktik-o'quv mashg'ulotlari o'tkazilgan. Машгулотлар давомида 10503,7 одам/соат иш баджарилган, шундан 3324,6 одам/соат иш респиратор ко'ланилган хольда баджарилган.

2020 yil 12 oy davomida tog'-kon qutqaruv bo'linmalari xizmat ko'rsatadigan korxonalarda 2690 marotaba profilaktika tadbirlar o'tkazilgan. Tadbirlar davomida yagona xavfsizlik qoidalari va qo'llanmalar 7748 holatda buzilganligi aniqlangan:



- shamollatish usuli bo'yicha

1467

- mavjud holatning «Avariyalarni bartaraf qilish rejasi»ga mos kelmaganligi bo'yicha

143

- mustahkamlash pasportlari, zakollarning mavjudligi bo'yicha

1324

- mexanizmlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha

403

- elektr jihozlardan foydalanish bo'yicha

860

- elektr payvandlash ishlarini olib borishda

144

- burg'ulash va portlatish ishlarini olib borishida

42

- yong'in xavfsizligi bo'yicha

1374

- tez ta'sir qiluvchi zaharli moddalarni qo'lashda

297

- boshqa turli qoida buzulishlar

1694



HKQQism bo'linmalari xizmat ko'rsatayotgan korxonalarda xavfsizlik qoidalarining buzilishi yoki qo'llanmalarga amal qilmaslik holatlarining asosiy qismi korxonalar yong'inga qarshi birlamchi vositalari va asbob-uskunalar bilan ta'minlanmaganligi, shamollatish uskunalar hamda yong'inga qarshi qo'llaniladigan quvurlarning etishmasligi sabab bo'lmoqda.

Shunindek HKQQism bo'linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan:

- xizmat ko'rsatayotgan korxonalarning 3552 ishchi va injener-texnik xodimlariga avariya vaziyatlarida o'zini tutish qoidalari o'rgatildi;

- 610 marotaba ommaviy portlatish ishlari vaqtida navbatchilik xizmati ko'rsatildi;

- 476 holatda foydali qazilmalar qazib olinadigan joylarni shamollatish xujjatlashtirildi;

- 32371 ta o'z-o'zini qutqaruv moslamalari germetikligi tekshiruvdan o'tkazildi;

- 5014 ta o't o'chirgich asbobi tekshirilib, qayta zaryadlandi.

HKQQism bo'linmalari gaz tahlil laboratoriya(GAL)lari tomonidan jami
20136 marotaba tahlil o'tkazilib, shundan:

- 7814 marta kon havosi tarkibini tekshirish bo'yicha, bunda 24 holatda me'yordan ortiqligi qayd etilgan;

- 4224 marta kon havosining changlanganligi bo'yicha, bunda 19 holatda me'yordan ortiqligi qayd etilgan;

- 450 marta ko'mir tarkibidagi boshqa moddalar bo'yicha;

- 2547 marta portlatishlardan so'ng kon havosining tarkibi bo'yicha, bunda 24 holatda me'yordan ortiqligi qayd etilgan;

- 4548 marotaba ichki yonuv dvigatellari ishlatilganidan so'ng kon havosi tarkibidan, bunda 20 holatda me'yordan ortiqligi qayd etilgan;

- 234 marta kislorod bo'yicha;

- 256 marta kimyoviy yutgich (XPI) bo'yicha;

- 63 marta kupik xosil qilish moslamasi(penoobrazovatelь) bo'yicha.

Shunindek 1389-ta AM-5 aspiratorlari va 5-ta LI - 5 tekshiruvdan o'tkazildi.



“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2006 yildagi ob'ektlarni xavfsizligini ta'minlash borasidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining 25.08.2006 yildagi 222-1-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008 yildagi 271-sonli, hamda «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat Inspeksiyasining 22.12.2008 yildagi 291-sonli buyruqlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 02.10.2018 yildagi
784-sonli qarorini bajarilishi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi «Sanoat nazorati laboratoriyasi» Davlat Unitar Korxonasi tomonidan
2020 yil IV-chorak (yillik) ish yakunlari bo'yicha 31 ta korxonalarda nosozlik va kamchiliklar aniqlanib ushbu muammoli vaziyatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli xujjatlar berilishi xaqida shartnoma tuzildi.

O'zbekiston Respublikasining me'yoriy-texnik xujjatlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida baxtsiz xodisalardan oldini olish va sanoat xavfsizligini ta'minlash uchun texnikaviy diagnostika va muxandislik inshoatlarining texnik xolatini aniqlash ishlari olib borilmoqda.



“Sanoat havfsizligi” DUK

Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi «sanoat xavfsizligi» davlat unitar korxonasi
1-chorakda davomida quyidagi katta korxonalar bilan shartnomalar imzolandi SP OOO «Samarkandskiy Avtomobilь Zavodi», OOO «Chirchiq Stemp», SP OOO «Toshafus», UIK OOO "Modern Lift Systems", OOO "Kran va maxsus texnikalar", AO "Navoiazot", subpudrat tashkiloti, Navoi GMK va boshqa korxonalar.

Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi «sanoat xavfsizligi» davlat unitar korxonasi «Sanoat xavfsizligi» ekspertiza bo'limi tomonidan 2020 yil IV–ChORAK davomida quyida keltirilgan ishlar amalga oshirildi:

Sanoat xavfsizligi
Sanoat xavfsizligining ekspertizasini o'tkazish uchun 9 ta ariza kelib tushdi. Shulardan:

- Loyiha xujjatlari ekspertizasi – 2;

- Deklarasiya ekspertizasi – 1;

- Identifikasiya o'tkazish – 1;

- Texnika qurilmalari ekspertizasi – 5.

Xavfli ishlab chikarish ob'ektlarini (XIChO) ekspertizadan o'tkazish uchun buyurtmachilar bilan 6 ta shartnoma tuzildi.

- Loyiha xujjatlari ekspertizasi – 1;

- Identifikasiya o'tkazish – 1;

- Texnika qurilmalari ekspertizasi – 4.

XIChOlar buyicha 3 ta identifikasiya xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasiga ko'ra berildi.

Sertifikatlashtirish
Xavfli ishlab chikarish ob'ektlarini sanoat xavfsizligini va mahsulotlarni sinovdan o'tkazish, sertifiktlashtirish va pasportlashtirishda ishlatiladigan, Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi «sanoat xavfsizligi» davlat unitar korxonasi Sertifikatlashtirish Idorasining me'yoriy xujjatlar fondi 2020 yilning IV- choragi 12.2020 xolatiga kelib 1470 donani tashkil etadi.


“Kontexnazorato'quv” DUK

“Kontexnazorato'quv” davlat unitar korxonasida 2020 yil yakuni bo'yicha jami
1098 ta mutaxassis - xodimlar korxonada tashkillashtirilgan o'quv kurslarida o'qitildi, shundan:

Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida “Sanoat xavfsizligi” o'quv kursida:
- Reja asosida – 669 ta mutaxassis - xodim;

- Rejadan tashqari - 345 ta mutaxassis - xodim;

“Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash” o'quv kursi bo'yicha
41 ta mutaxassis - xodim (3-ilova);
“Istirohat bog'larida attraksionlarni ekspluatasiya qilish” o'quv kursi bo'yicha
43 ta xodim, “operator” lavozimiga o'qitildi (4-ilova).
Bundan tashqari, butun jahonda global muammo bo'lgan pandemiya sharoitini xisobga olgan holda, “Kontexnazorato'quv” DUK da masofadan turib, “Onlayn” shaklda o'quv kurslari tashkil etildi. Shundan:

Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida “Sanoat xavfsizligi” o'quv kursida – 316 ta mutaxassis- xodim; (5-ilova).
“Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash” o'quv kursida – 22 ta ekspert “Onlayn” tarzda o'qitildi. (6-илова).
“Kontexnazorato'quv” DUKning Sanoat xavfsizligi ekspertiza bo'limida 25 ta ekspertiza ishlari yakunlandi (7-ilova).

`

`