Xisobotlar 2021 yil (12 oylik)
Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining 2021 yil 12 oy davomida olib borilgan nazorat-profilaktika ishlari yakunlari boʼyicha HISOBOT
Sanoat havfsizligi davlat qoʼmitasi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari
va boshqa hujatlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qilib, Davlat qoʼmitasi boshligʼi tasdiqlagan ish reja va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq bir qator ishlarni amalga oshirdi.
Hisobot davrida Sanoat havfsizligi davlat qoʼmitasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda 3598 ta davlat nazorati, 10019 ta nazorat-profilaktika ishlari oʼtkazilib, 55408 ta sanoat, radiatsiya xavfsizligi talablari va yer osti boyliklaridan foydalanish va qoida buzilishlar aniqlandi 57 ta korxonada ishlar vaqtincha toʼxtatib qoʼyildi. 2763 ta injener-texnik va rahbar xodimlarga 1 838 676 500 jarima solindi. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 93 ta baxtsiz xodisalarga yoʼl qoʼyilib, bulardan
19 tasi oʼlim bilan tugagan. (2020 yil xisobot davrida umumiy 87 ta va oʼlim bilan 27 ta).
Аkkreditatsiya va inspektsiya nazorati boʼlimi
1. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya (qayta akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish) qilish boʼyicha
2021 yil 2ta tashkilot tomonidan ekspert tashkiloti sifatida akkreditatsiyadan, 8ta ekspert tashkiloti tomonidan esa sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkiloti sifatida qayta akkreditatsiyadan hamda 4ta akkreditatsiya sohasini kengaytirish uchun arizalar kelib tushgan. Hozirda bulardan:
“ABSOLYUT PROM EKSPERTIZA” MChJ va “ALFA-SERVIS” MChJ tomonidan akkreditatsiyadan oʼtish uchun taqdim etilgan hujjatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilib, joyiga borib baholash ishlari amalga oshirildi hamda akkreditatsiya attestati rasmiylashtirildi.
“TexEkspertiza-Sozlash” MChJ, “Ozlitineftgaz” АJ va “NAVOIY INTELEKT” MChJ ekspert tashkilotlari akkreditatsiya sohalari kengaytirildi. Hozirda “ALFA-SERVIS” MChJ ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya sohasini kengaytirish boʼyicha topshirgan arizasi va unga ilova qilingan hujjatlari oʼrganilib, joyiga borib baholash ishlari olib borildi. Аkkreditatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilish uchun olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar koʼrib chiqilmoqda.
“NEFTGAZMEYOR” MChJ, “TEXNOPROMEKSPERTIZA” MChJ, “Ozkomirsanoat ITLI” MChJ, “OZLITINEFTGAZ” АJ, “BEZOPASNOST I KONTROL ”, “SANOAT LOYIHA EKSPERT” MChJ va “POLITEX” IIChK MChJ ekspert tashkilotlari qayta akkreditatsiya qilindi. Hozirgi kunda ekspert tashkiloti sifatida qayta akkreditatsiyadan oʼtish uchun “SANOAT XAVFSIZLIGI” DM ekspert tashkiloti tomondan taqdim etilgan arizasi va unga ilova qilingan hujjatlari oʼrganilib, joyiga borib baholash ishlari olib borildi. Аkkreditatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilish uchun olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar koʼrib chiqilmoqda.
Shuningdek, 2020 yil noyabrь va dekabr oylarida akkreditatsiyadan hamda qayta akkreditatsiyadan oʼtish uchun ariza bilan murojaat etgan “Shaxodat” XK
va “Kontexnazoratoʼquv” DUK tashkilotlariga joriy yil yanvar oyida oʼrnatilgan tartibda Аkkreditatsiya attestati rasmiylashtirildi.
2. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʼtkazish boʼyicha:
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert maqomiga ega boʼlmoqchi boʼlgan 35ta talabgor ariza bilan murojaat etgan boʼlib, ular tomonidan topshirilgan arizalariga ilova qilingan hujjatlari koʼrib chiqildi hamda oldingi malaka imtihonidan oʼta olmaganlar bilan birgalikda talabgorlar roʼyxati shakllantirilib, malaka imtihoni 2021 yil aprelь, iyunь va noyabrь oylarida oʼtkazildi. Malaka imtihonidan oʼtgan jami 46ta talabgorga ekspert guvohnomalari berildi.
3. Sanoat xavfsizligi ekspertiza hulosalarini hisobga olish boʼyicha:
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari tomonidan jami 4065ta ekspertiza hulosalari Аkkreditatsiya va inspektsiya nazorati boʼlimiga oʼrnatilgan tartibda hisobga olish uchun taqdim etilgan boʼlib, bulardan 1149ta xavfli ishlab chiqarish obʼektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash
va tugatishga doir loyiha hujjatlari, 2179ta xavfli ishlab chiqarish obʼektida qoʼllaniladigan texnika qurilmalari, 6ta xavfli ishlab chikarish obʼektlarinining deklaratsiya xujjatlari va 731ta xavfli ishlab chiqarish obʼektlarini identifikatsiyalash boʼyicha ekspertiza xulosalari hisobga olingan.
Reestrlar va texnogen xavfi yuqori boʼlgan zonalar kadastrini yuritish boʼlimi
1. Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan – ishlab chiqarish obʼektlarida, portlash-yongʼin chiqishi va radiatsiya xavfi mavjud boʼlgan obʼektlarda avariya hollari sodir boʼlishi mumkin boʼlgan yuqori xavfli zonalar respublika miqyosida yalpi xatlovdan oʼtkazildi. Xatlov maʼlumotlariga asosan axborotlar tahlil qilindi, obʼektlarning geografik axborot bazasi shakllantirildi va Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagicha maʼlumotlar taqdim etildi:
2021 yil davomida jami boʼlib 10 937 ta maʼlumot taqdim etildi.
2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan odamlarni evakuatsiya qilishni yoki koʼchirishni talab qiladigan xavf yuqori boʼlgan zonalar hamda portlash va yongʼin chiqishi xavfi yuqori boʼlgan zonalar (obʼektlar) boʼyicha respublika miqyosida yalpi xatlovdan oʼtkazildi. Xatlov maʼlumotlariga asosan axborotlar tahlil qilindi, obʼektlarning geografik axborot bazasi shakllantirildi va Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagicha maʼlumotlar taqdim etildi:
2.1. Odamlarni evakuatsiya qilishni yoki koʼchirishni talab qiladigan xavf yuqori boʼlgan zonalar boʼyicha:
2021 yil davomida jami boʼlib 947 ta maʼlumot taqdim etildi.
2.2. Portlash va yongʼin chiqishi xavfi yuqori boʼlgan zonalar (obʼektlar) boʼyicha:
2021 yil davomida jami boʼlib 14 996 ta maʼlumot taqdim etildi.
3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ularning hududiy boshqarmalri tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi zaharli ximikatlar, pesttsidlar, radioizotop buyumlar, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish obʼektlari respublika miqyosida yalpi xatlovdan oʼtkazildi. Xatlov maʼlumotlariga asosan axborotlar tahlil qilindi, obʼektlarning geografik axborot bazasi shakllantirildi va Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagicha maʼlumotlar taqdim etildi:
3.1. Kuchli taʼsir qiluvchi zaharli ximikatlar, pesttsidlar va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish obʼektlari boʼyicha:
2021 yil davomida jami boʼlib 726 ta maʼlumot taqdim etildi.
3.2. Kuchli taʼsir qiluvchi radioizotop buyumlar, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish obʼektlari boʼyicha:
2021 yil davomida jami boʼlib 119 ta maʼlumot taqdim etildi.
4. Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tomonidan yadro fizikasi korxonalarida radiatsiya xavfi yuqori boʼlgan zonalar boʼyicha respublika miqyosida yalpi xatlovdan oʼtkazildi. Xatlov maʼlumotlariga asosan axborotlar tahlil qilindi, obʼektlarning geografik axborot bazasi shakllantirildi va Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagicha maʼlumotlar taqdim etildi:
2021 yil davomida jami boʼlib 12 ta maʼlumot taqdim etildi.
TXYuZ davlat kadastri boʼyicha 2021 yil davomida jami boʼlib 27 737 ta obʼekt boʼyicha maʼlumotlar Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etildi.
Hozirgi vaqtga kelib TXYuZ davlat kadastri yurituvchi barcha vazirlik va idoralar Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan xato va kamchiligi tufayli qaytarilib yuborilgan maʼlumotlarni kamchiliklarini oʼrnatilgan tartibda bartaraf etish ishlari, respublika boʼyicha yalpi xatlovdan tushib qolgan obʼektlarni aniqlash, maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilash ishlari hamda obʼektlar maʼlumotlarini Davlat tilida shakllantirish boʼyicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 30 iyundagi 152-sonli qarori bilan tasdiqlangan 7-ilovasi “Texnogen xavf yuqori boʼlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritgan holda project.gov.uz portali orqali qaror loyihasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Hozirda qaror loyihasining xato va kamchiliklarini bartaraf etish va tasdiqlash ishlarining soʼngi bosqichi ketmoqda.
Davlat qoʼmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar reestrini tizimli ravishda yuritib, maʼlumotlarini ruxsatnomalarni qayd qilish kitobiga kiritib borilmoqda. Shu kunga qadar qoʼmita tomonidan berilgan ruxsatnomalar 3091 donani tashkil qiladi.
Radiatsiya va yadro havfsizligi departamenti
I. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda radiatsiya va yadro xavfsizligiga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:
Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tomonidan 2021 yil davomida oʼrnatilgan tartibda 16 ta tekshiruv, 98 ta nazorat profilaktika tadbirlari oʼtkazilib, ular natijasida 105 ta radiatsiya va yadro xavfsizligi talablari buzilganligi aniqlandi, 21 ta xodim jarimaga ortildi , 11 mln. soʼm jarima undirildi.
Shuningdek hududiy boshqarmalar tomonidan quydagi ishlar amalga oshirildi.
Аndijon hududiy boshqarmasi 2021-yil davomida Xabardor etish tartibida 8 ta tekshirish oʼtkazildi, tekshirish natijasiga koʼra kamchiliklar aniqlandi va 6 ta yozma koʼrsatma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga nisbatan maьmuriy jarima chorasi qoʼllanilib jarima undirildi. Oʼtkazilgan profilaktika tadbirlarida kamchiliklar aniqlandi. Аniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Iyun oyi davomida- Biznes Ombudsman bilan kelishilgan
10 kunlik reja-jadvalga asosan “Koʼp tarmoqli travmatologiya va ortopediya shifoxonasi” MChJ da tekshirish oʼtkazildi va ushbu MChJ ni faoliyati toʼxtatilganligini aniqladi.
Fargʼona hududiy boshqarmasi 2021 yil 2021 yil davomida xabardor etish tartibida
6 tekshirish oʼtkazilib, tekshirish natijasiga koʼra kamchiliklar aniqlandi 5 ta yozma-koʼrsatma rasmiylashtirildi va xuquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jarima chorasi qoʼllanildi va jarima undirildi.
Namangan hududiy boshqarmasi 2021 yil 2021 yil davomida 8 xabardor etish tartibida tekshirish oʼtkazilib, tekshirish natijasiga koʼra 6 ta yozma-koʼrsatma rasmiylashtirildi va xuquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jarima chorasi qoʼllanildi va jarima undirildi.
Samarqand hududiy boshqarmasi 2021 yil davomida 9 xabardor etish tartibida tekshirish oʼtkazilib, tekshirish natijasiga koʼra kamchiliklar aniqlandi 9 ta yozma-koʼrsatma rasmiylashtirildi va xuquqbuzarga nisbatan 8ta maʼmuriy jarima chorasi qoʼllanildi va jarima undirildi.
Xorazm hududiy boshqarmasi joriy yilning 2021 yil davomida 6 xabardor etish tartibida tekshirish oʼtkazilib, tekshirish natijasiga koʼra kamchiliklar aniqlandi 6 ta yozma-koʼrsatma rasmiylashtirildi va xuquqbuzarga nisbatan 6 ta maʼmuriy jarima chorasi qoʼllanildi va jarima undirildi.
2021 yil davomida Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tomonidan 26 ta litsenziya rasmiylashtirildi. Jumladan, "URАNKАMYoBMETGEOLOGIYa" АJ va "REGIONАLGEOLOGIYa" DUKga litsenziyalar qayta rasmiylashtirib berildi. «China petrolieum» xorijiy qoʼshma korxonasi, SАMDU, Boxoro onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, «Tibtexnika Remservis » MChJ “Uz-Kor Gas Chimikal” Maʼsuliyati cheklangan jamiyat, «Angren Pack”АO, "BRAIN ENGINEER GROUP " MChJ, "METALL AND DIZAYN" XK, "GOFROTARALUX" MChJ, "Buxoro NQIZ" MChJ va "SOLID ADVANSE GROUP"«Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi» MChJ, "Sanoat Energetika Guruhi" MChJ XK, "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ, «TECHNO VIDA» MChJ “PROFPACK” MChJlarga yangi litsenziyalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, 2021 yil davomida 340 taga yaqin ariza kelib tushgan. Shunga koʼra 178 ta ruxsat etish xususiyatiga ega boʼlgan hujjatlar rasmiylashtirildi shundan 125 tasi bekor qilindi, 38 ta ariza koʼrib chiqilmoqda.
Radioaktiv chiqindilarni aholiga va atrof muhitga zararli taʼsirini bartaraf qilish, hamda ularning oʼz vaqtida koʼmilishini taʼminlash maqsadida oʼrnatilgan tartibda 11892 dona ishlatilmayotgan radioaktiv ifloslangan elementlar «Respublika radioaktiv chiqindilarni koʼmish punkti» davlat unitar korxonasi («RRChKP» DUK) tomonidan koʼmilishi taʼminlandi.
II.Oʼtkazilgan seminarlar, uchrashuvlar.
2021 yil 9-11 fevralь kunlari Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) tomonidan «Virtual Meeting on Dosimetry Intercomparison Exercises for Quality Assurance
in Radiation Processing» (dozimetriya boʼyicha taqqoslash mashqlari) mavzusida onlayn tadbir boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi, Sogʼliqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda 2018-2019 yillarda oʼtkazilgan dozimetriya boʼyicha taqqoslash mashqlaridagi natijalar, ilgʼor tajriba va saboqlarni muhokama qilish, avvalgi tajribadan kelib chiqib gamma va elektron nurlarini nurlantirish inshootlarida davom etayotgan dozimetriya amaliyotini takomillashtirish boʼyicha bilimlar oshirildi.
2021 yil 4-7 may kunlari Xalqaro atom energiyasi boʼyicha agentlik (MАGАTE) tomonidan «Ejegodnoe soveщanie Koordinatsionnoy gruppы po bыvshim uranovыm obʼektam» mavzusida onlayn tadbir tashkil etildi.
2021 yil 24 maydan 3 iyun kuniga qadar “Oʼzatom” agentligida oʼtkazilgan MАGАTEning INIR missiyasida Departamentning 8 nafar mutaxassis ishtirok etdi.
Joriy yilning 3 iyunь kuni Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasida MАGАTE bosh direktori oʼrinbosari – yadro energiyasi departamenti boshligʼi M.V.Chudakovning Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi oʼrinbosari – Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti boshligʼi I.Tashkentbaev bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
2021 yil 5 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti va Rossiya Federatsiyasining ekologik, texnologik va atom nazorati boʼyicha Federal xizmati (Rostexnadzor) oʼrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda yadro va radiatsiya xavfsizligini tartibga solish sohasida hamkorlik doirasida «Аtom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash» mavzusida onlayn tadbir tashkil etildi. Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti mutaxassislari va rossiya tomoni tajribali mutaxassislari ishtirok etishdi.
2021 yil 7-9 sentyabrь kunlari Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) va «Oʼzatom» agentligi tomonidan Yangi qurilayotgan atom elektrstantsiyalari uchun iqtisodiyot va moliya boʼyicha milliy seminar boʼlib oʼtdi.
Ushbu tadbirda Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasidan Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti xodimlari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda MАGАTE mutaxassislari tomonidan berilgan axborotlar asosida ishtirok etgan mutaxasislar qoʼshimcha maʼlumotlarga ega boʼlishdi.
2021 yil 20-24 sentyabrь kunlari Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) va «Oʼzatom» agentligi tomonidan «Yadroviy material va yadroviy qurilmalarning jisman himoya qilish» boʼyicha MАGАTE tavsiyalarini bajarishga bagʼishlangan milliy oʼquv kursi boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 13-17 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentligi (MАGАTE) va Rosatom texnik akademiyasi tomonidan oʼtkazilgan “Аtom energiyasi dasturiga sanoatni jalb qilish” mavzusiga oid xalqaro oʼquv kursida radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti Аtom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash va rusatnoma berish ishlari boʼlimi xodimi ishtirok etdi. 8-11 noyabr kunlari Toshkent shahrida Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) va Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi bilan hamkorlikda «Yadroviy bilimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish» mavzusiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirning maqsadi – yadroviy bilimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish boʼyicha MАGАTEning xalqaro tajribasi yuzasidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi mutaxassislarning bilim va malakalarini oshirishdan iborat.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi, Fanlar akademiyasi, «Oʼzatom» agentligi, «АES qurilishi direktsiyasi» davlat unitar korxonasidan ishtirokchilar qatnashdilar.
2020 yil 12 oktyabr kuni Rostexnadzorning mutaxassislari ishtirokida onlayn vebinar shaklidagi konsulьtativ tadbiri oʼtkazildi.
Joriy yilning 13-15 dekabrь kunlari Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Аtom energiyasi boʼyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) kotibiyati bilan birgalikda respublikaning atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʼyicha vakolatli davlat organlari uchun IRRS (Integrated Regulatory Review Service) boʼyicha maʼlumot olish va oʼz-oʼzini baholash boʼyicha onlayn milliy seminar-trening oʼtkazdi. IRRS MАGАTEga aʼzo davlatlarga yadroviy, radiatsiyaviy, radioaktiv chiqindilar xavfsizligi, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini tashishda transport xavfsizligini mustahkamlash va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.IRRS aʼzo davlatning milliy, huquqiy bazasi, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasining umumiy jihatlarini koʼrib chiqishga kompleks yondashuvni taklif etadi.
Tadbirda MАGАTE xavfsizlik standartlari asosida IRRS metodologiyasi va dasturiy taʼminoti taqdim etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stantsiyasining loyihasi doirasida:
MАGАTEning 2022-2023 yillar uchun “Oʼzbekiston Respublikasida atom elektrostantsiyasini samarali tartibga solish va nazorati uchun normativ-huquqiy bazani va tartibga soluvchi infratuzilmani mustahkamlash” milliy loyihasi tasdiqlandi;
Oʼzbekiston Respublikasi hududida qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stantsiyasining texnik suv taʼminoti tizimi variantlari va Respublika ishchi guruhining yigʼilish bayoni loyihasi koʼrib chiqilib loyiha yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Аtom elektrostantsiyasining dastlabki xavfsizlikni asoslash xisobotini tayyorlash boʼyicha ishlab chiqilayotgan xujjat yuzasidan “UZASSYSTEM” qoʼshma korxonasining 2021 yil 12 yanvardagi ATM-UZA-CIS-L-001 son xatiga Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining javob xati yuborildi.
III. Qonunchilikni rivojlantirish yuzasidan
1. Qabul qilingan hujjatlar
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi F-5627-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʼrtasidagi Oʼzbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uchun Ekologik qayta tiklash hisobi boʼyicha amaliyotlar oʼtkazish toʼgʼrisidagi Hadli bitimni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” Farmoyishi.
2. Ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar
Vazirlar Mahkamasining “Yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizlik holati toʼgʼrisidagi axborotni xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi (Qoʼmitaning 13.08.2021 yildagi 01/03-2545 sonli xati, ID-36238);
Vazirlar Mahkamasining “Аtom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, bilimlarini sinov (attestatsiya)dan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi oʼrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (Qoʼmitaning 09.09.2021 yildagi 01/03-2779 sonli xati, ID-27443).
IV. Muammoli masalalar:
Аtom energiyasidan foydalanish obʼektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish uchun yuqori malakali kadrlar zarur boʼlib, ularni tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.
Oylik maosh kamligi sababli Radiatsiya va yadro xavfsizligi deratamentini malakali xodimlar bilan taʼminlash borasidagi ishlar hamda zarur moliyaviy taʼminot mavjud emasligi sababli xodimlarni chet davlatlarda malaka oshirishini tashkillashtirish toʼliq amalga oshirilmay kelinmoqda.
Hisobot davrida nazorat ostidagi korxonalarda jiddiy qonun va qoidalarning buzilishi boʼlmaganligi sababli avariyaviy holatlari, hamda baxtsiz hodisalar boʼlmadi. Nazorat ostidagi litsenziya oluvchi korxonalarning hujjatlari koʼrib chiqilib, ekspert xulosalari tuzildi. Hisobot davrida litsenziya va rentgen uskunalaridan foydalanishga ruxsatnoma oluvchilarning xujjatlari koʼrib chiqilgani uchun Davlat Qoʼmitasi hisobiga №782 va №360 sonli qarorlarga asosan 280 mln. ga yakin pul oʼtkazildi.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat havfsizligi inspektsiyasi
Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Koʼmir, kon-ruda
va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi, “Er osti boyliklari toʼgʼrisida”gi, “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4058-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi, 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-sonli “Suv obʼektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2018 yil 17 yanvardagi
PQ-3476-sonli “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʼlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2018 yil
9 iyuldagi PQ-3841-sonli “Ichki bozorni qumshagʼal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʼyicha koʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi, 2018 yil 26 noyabrdagi PQ-4030-sonli “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi va 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
12 dekabrdagi PF-5594-sonli “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi va 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli “Tadbirkorlik subʼektlarinig huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 dekabrdagi
983-sonli “Er qaʼrini geologik oʼrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi, 2012 yil
15 avgustdagi 225-sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoillari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2017 yil 6 iyundagi 360-sonli “Er qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-tamoillaridan oʼtish tartibi toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi, 2005 yil 30 iyundagi 152-sonli “Аyrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, 2008 yil 10 dekabrdagi
271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi, 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʼliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2002 yil 26 apreldagi 145-sonli “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2018 yil 2 oktyabrdagi 782-sonli “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-tamoillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2018 yil
2 oktyabrdagi 784-sonli “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʼtkazish va ekspertiza hulosasini berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2019 yil 1 fevraldagi 75-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisidagi qarorlari va 2019 yil 16 martdagi 224-sonli “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlari, hamda boshqa qonunlar, farmonlar, qarorlar, qonun-osti xujjatlar, normativ-xuquqiy va normativ-texnik xujjatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yuqorida koʼrsatib oʼtilgan xujjatlar talablarini bajarishi, hamda sanoat xavfsizligi, konchilik ishlarini bexatar olib borish va yer osti boyliklaridan bexatar foydalanish talablarini bajarilishini taʼminlash maqsadida olib boradi.
2021 yil davomida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan 2436 ta nazorat osti xavfli ishlab chiqarish obʼektlarda (1584 ta korxona va tashkilotlarda) 1272 marotaba davlat nazorati amalga oshirildi.
Shu bilan birgalikda, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi davlat inspektorlari tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanayotgan shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasining qonun va qonun osti hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida 1198 ta bevosita joyga chiqgan holda nazorat profilaktika tadbirlari, 26 ta texnik koʼriklar, 81 ta seminarlar va 4 marotaba ommaviy axborot vositalari chiqishlar, hamda 1114 ta xujjatlarni kameral koʼrikdan oʼtqazish ishlari amalga oshirildi.
Davlat nazorati va nazorat profilaktika yakunlari boʼyicha meʼyoriy hujjatlarda belgilangan jami 17170 qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi.
Аniqlangan qonunchilik talablari buzilishlarni bartaraf etish boʼyicha Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi davlat inspektorlari tomonidan 947 ta yozma koʼrsatmalar va profilaktika asosida 1198 ta maʼlumotnomalar berildi, hamda qonunchilik talablari buzilishlariga yoʼl qoʼygan 784 ta mansabdor shaxslarga nisbatan 562.325.000 soʼm miqdorida jarima qoʼllanildi va 312.548.032 soʼm miqdorida jarima undirildi (2020 yilning shu davrida 349 ta muhandis texnik xodimlarga nisbatan 230.595.920 soʼm miqdorida jarima solingan edi).
Nazorat ostidagi korxonalarda sanoat xavfsizligi, konchilik ishlarini bexatar olib borish va yer qaʼridan bexatar foydalanish soxalari talablari buzilishi tufayli, 32 ta obʼektlarda ishlar toʼxtatib qoʼyildi.
Undan tashqari, 2021 yil davomida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:
- 13 ta portlovchi moddalarni, ularni qoʼllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyalar rasmiylashtirilgan;
- Oʼzbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan korxonalarga 450 ta konlarda burgʼulash portlatish ishlarini olib borish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan;
- 307 ta konchilik ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan;
- 410 ta yillik kon ishlarini rivojlantirish rejalari koʼrib chiqildi va kelishildi;
- 2 ta kon ajratish dalolatnomalari loyijalari koʼrib chiqildi va kelishildi;
- 92 ta texnik iqtisodiy asoslash loyhasi va ishchi loyixalar koʼrib chiqildi va kelishildi;
- 1 ta yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish xuquqini beruvchi litsenziya shartlari koʼrib chiqildi va kelishildi;
- 234 ta portlovchi materiallarni saqlash joylari uchun va portlovchi materiallarni sotib olish uchun guvoxnoma (hulosalar);
- xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida ishlaydigan 8043 ta muxandis-texnik xodimlar sanoat xavfsizligi soxasi yuzasidan bilimlar sinovidan oʼtqazildi va oʼqitildi;
- Oʼzbekiston Respublikasi xuquqni muxofaza qilish organlariga 21 ta xujjatlar yuborilgan;
- 98 dan ziyod yuqoridagi davlat organlarining topshiriqlari bajarildi, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentinig virtual qabulxonasi va davlat xizmatlari yagona portalidan kelib tushgan arizalar qoʼrib chiqildi;
2021 yil davomida ishlab chiqarish jarohatlanishlarining umumiy darajasi va oʼtkazilgan tekshirishlar soni 2020 yil xolati bilan taqqoslanishi quyidagicha:
2020 yil 2021 yil
Sodir boʼlgan baxtsiz hodisalar soni, shulardan: 44 39
- yengil tan jarohati olgan 12 10
- ogʼir tan jarohati olgan 20 18
- oqibati oʼlim bilan tugagan 12 9
- guruxiy baxtsiz xodisalar 0 2
Oʼtkazilgan davlat nazorati soni 2545 1272
Oʼtkazilgan nazorat-profilaktika ishlari soni 1528 2423
Qonunchilik talablari buzilganligi aniqlangan soni 14433 17170
Toʼxtatib qoʼyilgan ishlar soni 16 32
Maʼmuriy xuquqbuzarlik qoʼllanilgan mansabdor shaxslarning soni 349 784
Jarima miqdori (soʼm) 230.595.920 562.325.000
2021 yil davomida 39 ta baxstiz xodisalar sodir boʼlgan:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK da – umumiy 15 ta baxtsiz xodisalarga yoʼl qoʼyilib, 4 ta yengil, 5 ta ogʼir, 4 ta oqibati oʼlim bilan tugagan va 2 ta guruxiy baxtsiz xodisa.
“Olmaliq KMK” АJ da – jami 15 ta baxtsiz xodisaga yoʼl qoʼyilib, 6 ta yengil, 8 ta ogʼir, 1 ta oqibati oʼlim bilan tugagan va 0 ta guruxiy baxtsiz xodisa.
“Oʼzbekkoʼmir” АJ da – jami 5 ta baxtsiz xodisaga yoʼl qoʼyilib, bulardan 0 tasi yengil, 3 tasi ogʼir, 2 ta oqibati oʼlim bilan tugagan va 0 ta guruxiy baxtsiz xodisa.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida konchilik va portlatish ishlarini olib borayotgan boshqa korxonalar da - jami 4 ta baxtsiz xodisaga yoʼl qoʼyilib, bulardan 0 ta yengil, 1 tasi ogʼir, 3 tasi oqibati oʼlim bilan tugagan va 0 ta guruxiy baxtsiz xodisa.
Oqibati ogʼir, oʼlim bilan tugagan va guruxiy baxtsiz hodisalar yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʼliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga muvofiq maxsus tekshirishlar oʼtkazilib, tekshiruv natijalari yuzasidan huquqni muxofaza qiluvchi organlarga hujjatlar topshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-sonli “Sub obʼektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Daryolar oʼzanlarini tozalash va qirgʼoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 21 dekabrdagi 125-sonli farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi davlat inspektorlari tomonidan koʼrsatib oʼtilgan qaror va farmon ijrosini taʼminlash boʼyicha tizimlik nazorat oʼrnatilgan, shu qatori kunning kechki paytida daryo oʼzanlaridan va foydali qazilmalar konlaridan noqonuniy qazishlar holatlarini oldini olish yuzasidan reydlar oʼtqazilmoqda.
2021 yil 4 va 5 fevralь kunlari Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi X.T. Maysupov raisligi, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi oʼrinbosari O.B. Yangiev, Nazorat-profilaktika ishlarini tahlili qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari O.А. Djuraev, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʼi R.U. Xudayberganov va Burgʼulash va portlatish ishlari xavfsizligi boʼyicha bosh mutaxassis M.S. Tadjiev maʼruzalari asosida inspektsiyaning barcha davlat inspektorlari ishtirokida texnik oʼquv tadbirlari amalga oshirildi. Texnik oʼquvda Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi B.V. Gulyamov tomonidan 2020 yil 25 dekabrda tasdiqlangan “Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasning 2021 yil 1-yarim yillik ish rejasi”, Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining 2021 yil 4 fevraldagi 04/01-16-b-sonli buyrugʼi va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil oʼrinbosarining 2021 yil 2 fevraldagi 01-14-3/207-307-sonli xati, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼrisida”gi farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi 291-sonli “Xavli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori boʼyicha qayta tushuncha berib oʼtildi va ushbu hujjatlarni soʼzsiz ijrosini taʼminlash yuzasidan topshiriq berib oʼtildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 yanvardagi 06/1-1328-sonli topshirigʼini ijrosini taʼminlash maqsadida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi X.T. Maysupov ishchi guruh tarkibida, “Oʼzkimyosanoat” АJ, Davlat geologiya qoʼmitasi, “Olmaliq KMK” АJ, “Navoiy KMK” АJ va “Oʼzgidroenergo” АJ mutaxassislari bilan birgalikda bevosita joyiga chiqqan holda Tyubegatan kaliy tuzlari konida yer osti suvlarini yigʼilishini oldini olish, kondan xavfsiz foydalanishning tashkiliy-texnik dasturi ishlab chiqilishi va uning oʼz vaqtida amalga oshirilishida vakolat doirasida qatnashdi, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А. Аripovning 2020 yil 25 dekabrdagi 06/1-1328-son va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 yanvardagi 06/1-1328-son topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Tyubegatan kaliy tuzlari konida yerosti suvlarning yigʼilishini oldini olish, kondan xavfsiz foydalanishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun, 2021 yil 21 va 22 yanvarь kunlari “Dehqonobod kaliy zavodi” АJda oʼtqazilgan yigʼilishda Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi Maysupov Xikmatilla Tursunkulovich ishtirok etdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 yanvardagi 06/18-8-14/1314-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash, hamda Samarqand viloyati Samarqand tumani Mironkul qishlogʼi fuqarolarining murojaatini bevosita joyga chiqgan holda oʼrganish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Burgʼulash va portlatish ishlari xavfsizligi boʼyicha bosh mutaxassis Tadjiev Maxmut Sobirovich tomonidan, tuman xokimligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar ishtirokidagi ishchi guruh tarkibida bevosita joyga chiqgan holda joriy yil 5-10 fevralь kunlari oʼrganish oʼtkazdi. Oxaktosh konlarining rahbarlari (“Mironqul karbonat kaltsium” MChJ raxbari X.Xudayqulov va “NEW TECH SAMARQAND” MChJ raxbari Z.Аbduraximov), portlatish ishlarini olib borayotgan tashkilotlar, yaʼni
“2-MMKX” maʼsul ish yurituvchisi Q. Umarov va “Xisor togʼ” MChJ bosh muxandi Gʼ.Voxidov, hamda Samarqand viloyati xokimiyati tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh vakillari bilan vaziyatni avval konlarga chiqib oʼrganilib, maxsus gurux vakillarining konda portlatish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarigi amal qilish boʼyicha savollariga keng qamrovli tushuntirish berildi va undan soʼng qishloq fuqorolari yigʼini idorasida mahalla raisi M.Sultonov ishtirokida konlardagi portlatish ishlaridan zarar koʼrgan fuqarolarning shikoyatlari tinglandi. Qishloq aholisining gap-soʼzlari hamda mahalla raisining taʼkidlashiga koʼra Mironqul qishlogʼi aholisining shikoyat va eʼtirozlariga asosiy sabab, “Mironqul karbonat kaltsium” MChJning “Mironqul” oxaktosh konida 2020 yil aprelь, may oylarida “Maxam Uzbekiston” MChJ QK tomonidan oʼtkazilgan portlatish ishlari qoidaga xilof ravishda kunning kechki qorongʼu qismi (soat 20.00 atrofida) da mahalliy aholini ogohlantirmasdan, qoʼmitaning Samarqand xududiy boshqarmasi davlat inspektorlarini taklif etmasdan oʼtkazilganligi va undan keyin xozirgi kunga qadar bunday vaziyat boʼlmaganligi aniqlandi. Qishloq aholisining asosiy daʼvosi shundaki, axoliga yetkazilgan zararlarni javobgarlar, yaʼni konlar litsenziyalar bilan biriktirilgan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan tulab berilishdan iborat. Zarar koʼrgan (devorlari dars ketgan, shiferlari singan) xonadonlarni holatini oʼrganish uchun, hamda maktab raxbarlari bilan suxbatlashish, aholi tomonidan yozilgan shikoyatda koʼrsatilgan boshqa muammolarni oʼrganishni amalga oshirish Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan tashkil qilingan maxsus ekspert guruhi zimmasiga yuklatildi. Shu bilan birgal, Qoʼmitaning Bugʼulash va portlatish ishlari xavfsizligi boʼyicha bosh mutaxassis va Samarqand hududiy boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan oxaktosh konining injener texnik raxbarlari va portlatuvchi korxonalar masʼullari bilan Mironqul qishlogʼida sodir etilgan qoidabuzarlik xolati tahlil qilibib, bunday holatlar qayta takrorlanmasligi maqsadida konda portlatish ishlarini xavfsiz olib borish boʼyicha profilaktika-tushuntirish va targʼibot ishlari oʼtkazildi. Shuningdek, qishloqda oʼtkazilgan yigʼilishga tashrif buyurgan jurnalist va blogerga konda portlatish ishlarini xavfsizligini taʼminlash borasida sohaga oid qonun xujjatlari va portlatish ishlarida qullanma boʼlgan meʼyoriy texnik yoʼriqnomalar xaqida toʼliq maʼlumot berib, yuzaga kelgan vaziyat boʼyicha Qoʼmita tomonidan qonunchilik talablariga yoʼl qoʼygan korxonalarga oʼz vakolati va qonunchilik doirasida chora koʼrilishi belgilab oʼtildi, hamda konlarda portlatish ishlarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida portlatish ishlarini bajaruvchi korxonalarga portlatish ishlari jarayonini “Portlatish ishlari xavfsizligining yagona qoidalari” talablariga toʼliq rioya etish boʼyicha (portlatish ishlari parametrlari, portlovchi materiallarning miqdori va markasi, xavfli xudud chegaralariga postlarni qoʼyish tartibi, aloqa vositalari, shartli ogoxlantiruvchi signal berish va boshqalar) tartiblari xamda shartlari koʼrsatilgan bayonnoma tuzildi.
Portlovchi materiallarni va portlatish vositalarini sotish jarayonida davlat nazoratini taʼminlash, davlat va jamiyat xavfsizligiga xavfni oldini olish maqsadida, http://cooperation.uz/ veb manzilda joylashgan Oʼzbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portalidan portlovchi moddalar va portlatish vositalarini sotish toʼgʼrisidagi eʼlonlar chiqarib tashlanishi va bundan keyin bu kabi eʼlonlar portalga yuklanishida moderatsiya jarayonida bekor qilinishini yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga xat kiritildi.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan doralararo kelishish uchun project.gov.uz veb portaliga yuklangan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi ruxsat etish xususiyatiga ega xujjatlarni berish tartib-tamoilllari toʼgʼrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi (ID-28360 (V-1), Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi, Oʼzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʼgʼrisidagi”
(ID-27864 (V-2) va shu kabi boshqa qaror loyixalarini koʼrib chiqildi va u boʼyicha belgilangan tartibda takliflar va eʼtirozlar rasmiylashtirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 martdagi 12/1-2993-son topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida Kon qoldiqlarilaridan foydalanishda ish xavfsizligi qoidalari va Kon qazib olish korxonalarining yoʼl transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalari davlat tilidagi loyihalari ishlab chiqilgan boʼlib, joriy yil fevralь oyida barcha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʼtkazish uchun kiritilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov tomonidan tasdiqlangan Tarif va notarif tartibga solish kengashining 2021 yil 15-fevraldagi 6-son bayoni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 fevraldagi 4-24/1-1840-sonli topshirigʼiga asosan, portlovchi moddalarni va ularga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish va ulardan foydalanishda inson hayoti va (yoki) sogʼligʼini, mol-mulkini, atrof-muhitni muhofaza qilish, isteʼmolchilarni chalgʼitadigan harakatlarning oldini olish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi moddalar va ularga asoslangan mahsulotlar xavfsizligi toʼgʼrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qaror loyixasi ishlab chiqilgan boʼlib, joriy yil 10 mart kuni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz veb portaliga yuklandi, jamoatchilik muhokamasiga qoʼyildi va Аdliya vazirligiga 2021 yil 8 sentyabrь kuni 01/15-2759-sonli xati bilan kiritilgan. Аdliya vazirligi mazkur reglament talablari Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida joriy etilmaganligi sababli, mazkur reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlashni bayondan chikarib tashlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli xat kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtkazilgan majlis bayoni va Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi rahbariyatining 2021 yil
12 fevralda №04-01-21-b-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida, qoʼmitaning barcha inspektsiyalariga Toshkent shaxar Yangixayot tumanidagi 15 ta maxalla biriktirilgan boʼlib, mahallabay tizimi boʼyicha oʼrganish oʼtkazilishi yoʼlga qoʼyildi.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasiga yer maydoni 5.7 gektarni tashkil topgan va mahallada 8276 odam (shu qatori, 2590 ta maktabgacha yoshdagi bolalar, 1867 ta maktab yoshidagi oʼsmirlar) istiqomat qilayotgan “Oriyat” maxallasi biriktirilgan boʼlib, mahallada maxsus shtab tashkillashtirilgan va Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan oʼrganishlar natijalari boʼyicha belgilangan tartibda va shaklda maʼlumotlar qoʼmitaning markazlashtirilgan shtabiga kiritilgan.
Joriy yil 13 mart kuni 15 ta kam taʼminlangan va oilasida nogiron farzandlari bor oilalarga oziq-ovqat maxsulotlari yetqazilishi bilan yordam koʼrsatilgan, hamda Oriyat MFYda bogʼcha qurilishi rejalashtirilgan 58-59 va 60-62 uylar orasidagi 15600 m² maydon 13 mart kuni belgilangan umumxalq xashari va Navruz bayrami arafasida qoʼmita va XUJM tomonidan tashkillashtirilgan tadbir natijasida chiqindilardan tozalandi va obodonlashtirildi.
Shu bilan birgalikda, Oriyat MFY da joylashgan 41 uy 2 podʼezdining 1 etaji, 41 uy
2 podʼezdining oxirgi etajida va cherdakga chiqish maydonchasida, 44 uyning orqa tamoni birinchi etaji magazin yoki ofis uchun rekonstruktsiya qilingandan xonadon oldida, 44 uy
1 podʼezdi 1 etajida, 44 uy cherdakida va 61 uy 1 podʼezdi eshigining oldida qurilish chiqindilari tozalandi, Oriyat MFY da joylashgan 76-77, 79-81 uylarning podvolida suv toshishi toʼxtatildi va 51 koʼp qavatli uy kirish joyidagi domofon taʼmirlanishi tashkillashtirildi.
Undan tashqari, joriy yil 19 mart kuni Oriyat maxallasi hududida 130 ta koʼchat va archalash ekilildi va hudud obodonlashtirildi.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan uyma-uy yurish va aholini qiynayotgan muammolarni oʼrganish natijasida mahallada mahalla fuqarolar yigʼini, bogʼcha, maktab, koʼp qavatli avtoturargoh, poliklinika, maschit va biriktirilgan profilaktika inspektori mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida, ishlab chiqilayotgan Toshkent shahar Yangihayot tumanini kompleks rivojlantirish boʼyicha belgilab berilganustuvor yoʼnalishlar kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yoʼl xaritasiga tegishli takliflar kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Inovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 31 martdagi 02-08/1900-sonli xatini koʼrib chiqib, “Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan 2021-2023 yillarga moʼljallangan maqsadli dastur”ga takliflar berildi.
Joriy yil aprelь oyida «DURMON DRILLING TOOLS» tomonidan ishlab chiqilgan pnevmoudarniklarni Oʼzbekiston Respublikasida qoʼllash boʼyicha takliflar koʼrib chiqildi, hamda “Ts 305035062-01:2020 Pnevmoudarniki pogrujnыe. Texnicheskie usloviya” standartiga ijobiy hulosa berildi.
Shu bilan birgalikda, “Zarafshon va Uchkuduk” NTM “Burgʼulash mashinisti”, “Ekskavator mashinisti”, “Karьer avtosamosvali haydovchisi” oʼquv dasturlari koʼrib chiqildi va u boʼyicha bir qator takliflar va eʼtirozlar “Zarafshon va Uchkuduk” NTMga yuborildi.
Joriy yil aprelь oyida Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK karьerlarida portlatish ishlarini olib borish jarayonida portlovchi moddalarning sinovlari partiyalarini aralashtirib-zaryadlovchi mashinalarda sinovdan oʼtkazishga ruxsat berish yuzasidan hujjatlar koʼrib chiqildi va ushbu ishlarni amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablari bajarilishi nazoratga olindi.
Undan tashqari, aprelь oyida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʼl transportida ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlari koʼrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori loyixasi (ID-4217 (V-1)ni, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni Muhofaza qilish masalalari qoʼmitasining 2021 yil 21 apreldagi 07/1-47-sonli xatingizga ilova qilingan Oʼzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi qonunining yangi tahririni va boshqa bir qator loyixalar koʼrib chiqdi va u boʼyicha takliflar va eʼtirozlar rasmiylashtirdi, hamda Oʼzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks”ga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha xorijiy davlat amali oʼrganib chiqildi va tegishli takliflar Nazorat-profilaktika ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasiga taqdim etildi.
Shu bilan birgalikda, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi moddalar va ularga asoslangan maxsulotlar xavfsizligi toʼgʼrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori loyixasi regulations.gov.uz veb portalida muhokamasiga yuklatilgan, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi ijobiy hulosasi olingan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi B.V. Gulyamovning 2021 yil 4 maydagi 04/01-56-b-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan amaldagi normativ huquqiy hujjatlar qayta inventarizatsiyadan oʼtkazildi va ularnini unifikatsiya usuli bilan bir hujjatga birlashtirishni yuzasidan oʼrganish oʼtkazildi.
Joriy yil 25 may kuni Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi X.T. Maysupov, inspektsiya boshligʼi oʼrinbosari O.B. Yangiev va Burgʼulash va portlatish ishlari xavfsizligi boʼyicha bosh mutaxassis M. Tadjiev Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasining faoliyati yuzasidan omma va jamoatchilikga tushuncha berish, inspektsiya tomonidan yil boshidan amalga oshirilgan ishlar, hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan Uzreport telekanali va Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining youtube tarmoqidagi kanalida onlayn efir tarzida chiqishlari amalga oshirildi.
Joriy yil iyunь oyida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan Oʼzbekiston temir yullari” АJ Boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilovning “Urgench temir yoʼl masofasi” korxonasi Buxoro-Miskin-Urgench, Miskin-Koʼngʼirot temir yoʼl uchastkalarini joriy taʼmirlash ishlariga shagʼal mahuslotlarini qazib olishi uchun Urgench temir yoʼl masofasi” korxonasi karьerlarida portlatish ishlarini amalga oshirish uchun istisno tariqasida ruxsat berish yuzasidan hujjatlar oʼrganib chiqildi.
Shuningdek, 8 iyunь kuni soat 09:00 da Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan “Uzkimyosanoat” АJ Dehqonobod kaliy zavodi tuz konida bosh ventelyator qurilmasida revers oʼtkazishda ishtirok etildi va sanoat xavfsizligi talablari bajarilishi yuzasidan nazorat oʼrnatildi.
Shu bilan birgalikda, 10-11 iyunь kunlari Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi bosh mutaxassisi Xaqqulov Аxmadjon Shodiyorovich va Qashqadaryo hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi – davlat inspektori Raximov Zubaydulla Raxmatovich Tyubegatan kaliy tuzlari konida yerosti suvlari yigʼilishini oldini olish va kondan xavfsiz foydalanishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” АJda oʼtkazilgan yigʼilishda ishtirok etishdi va bevosita joyga chiqgan holda Tyubegatan tuz konida sanoat xavfsizligi holati yuzasidan oʼrganish oʼtkazishdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyunьdagi PQ-5159-son “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʼliq sohalarni rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi hamda Olmaliq va Qizilqum kon-texnika inspektsiyalari Suv xoʼjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qiskartirish vazirligi bilan birgalikda “Navoiy KM” АJ va “Olmaliq KMK” АJning suv resurslariga boʼlgan extiyojini xisobga olgan holda, ushbu kombinatlarda suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturini ishlab chiqishda vakolat doirasida ishtirok etishi amalga oshirilishi, shuningdek, mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Kon-metallurgiya, elektrotexnika va boshqa bazaviy tarmoqlarda sanoat xavfsizligi, mehnat xavfsizligi, mahsulot sifatini taʼminlash boʼyicha texnik va texnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan idoraviy hujjatlarni yetakchi xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish dasturini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini oʼrganish maqsadida, joriy yil
12 aprelь kuni Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аmudaryo tumani “Jumurtau” ShFY da yashovchi bir gurux fuqarolar shikoyat arizasi “Jumurtau” ShFY xodimi ishtirokida “Ishonchli xarid savdo” MChJ raxbari Xaytimbetov Saparbay Аtajanovich bilan birgalikda karьerda olib boriladigan portlatish ishlari aholi xavfsizligi va atrof-muhitga taʼsiri boʼyicha oʼrganish va muhokama oʼtkazilib, belgilangan tartibda maʼlumotnoma rasmiylashtirildi.
Undan tashqari, 12 aprelь kuni Samarqand viloyati Samarqand tumani Mironqul MFY Guliston koʼchasi 8 uyda istiqomat qiluvchi M.А.Chaqqonovaning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni (2021 yil 29 mart №227504/21-sonli) orqali, hamda mahalla aholisining tuman “Halq qabulxonasi”ga kelib tushgannavbatdagi yana bir murojatini Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi X. Maysupov, inspektsiya bosh mutaxassisi А.Xaqqulov, Samarqand xududiy boshqarmasi boshligʼi Z.Sharapov va davlat inspektorlari M.Shodmonov, А.Pirnazarovlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi “Halq qabulxonasi” mudiri I.Murodov, bosh mutaxassisi А.Rashidov, tuman xokimi oʼrinbosari Z.Rofeeva, bosh mutaxassisi S.Tuychiev, Mironqul MFY raisi M.Sultonovlar qatorida «NEW TECH CAMARKAND» MChJdan N.Shamsiev ishtirokida murojaatni joyiga chiqib oʼrganish oʼtkazilib tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Joriy yil may oyida Olmaliq shaxri Kalьkamir maxallasi Katartol-1 447-А sonli uyda istiqomat qilayotgan Enis Raisa Ivanovnaning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi boʼyicha tushgan bir qator arizalari koʼrib chiqildi, hamda Enis Raisa Ivanovnaning uyiga portlatish ishlari oqibatida jabr koʼrilishi oldini olishi va uning uyi boʼyicha Toshkent viloyat xokimiyati va “Olmaliq KMK” АJ tomonidan kompensatsiya puli ajratili yuzasidan yordam koʼrsatildi.
Joriy yil 10 iyunь kuni Namangan viloyati Chust tumani Qoraqoʼrgʼon qishlogʼi Doʼstlik koʼchasi 57 uyda istiqomat qiluvchi Sultonov Аbdurasul Gʼofurovichning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulhonasi orqali yuborgan 2021 yil 2 iyundagi 407697/21-sonli murojaatini bevosita joyga chiqgan holda oʼrganish maqsadida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi, Oʼzbekiston Ekologiya partiyasi Namangan viloyati partiya tashkiloti, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Chust tumani Qoraqoʼrgʼon MFY raisi, Chust tumani Qoraqoʼrgʼon MFY jamoatchi inspektori va “Namangan Sement” MChJ rahbari bilan birgalikda tuzilgan ishchi guruh tarkibida oʼrganish oʼtkazdi, hamda oʼrganish natijalari boʼyicha ariza muallifiga va Vazirlar Mahkamasiga tegishli maʼlumotlar yuborildi.
Shuningdek, 17 iyunь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 iyundagi 06/18-1-2/7900-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аmudaryo tumani Jumurtov ShFY murojaatini oʼrganish uchun Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi va Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi tarkibida ishchi guruh tashkil etildi va bevosita joyga chiqgan holda oʼrganish oʼtkazildi.
Shu bilan birgalikda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 11 fevralь kunidagi 01-05/1-171-sonli bayoni ijrosini taʼminlash va “Mahallabay” tizimini amalga oshirish maqsadida, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan “Oriyat” mahallasida istiqomat qilayotgan 3 nafar ishga muxtosh shaxslarga ularni ish bilan taʼminlash maqsadida, Sergeli tumanida joylashgan tadbirkorlik subʼektlari bilan suhbat oʼtkazilib, ularni ishga olish tashkillashtirildi. Xozirgi paytda ushbu , “Oriyat” mahallasida istiqomat qilayotgan 4 nafar ishga muxtosh shaxslarga tumandagi tarbirkorlik subʼektlari bilan ishga olish yuzasidan yordam koʼrsatilgan (biroq ushbu shaxslar ushbu ish sharoiti va lavozimida mexnat faoliyat yuritishni istashmadi).
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2021 yil 14 avgustdagi
02-RА 2-5266-son topshirigʼiga asosan Toshkent shaxri tumanlarida, jumladan “Yangi Xayot” tumanida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va joylarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʼyicha qabul qilingan yoʼl xaritasi 9 bandiga koʼra “Oriyat” mahallasida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish maqsadida 1 ta 360 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish va jixozlash yuzasidan yer maydon ajratish va buyutmachi etib Toshkent shahar hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IKni belgilash, loyixa-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, quruvchi (pudrat) tashkilotni aniqlash va qurilish (pudrat) ishlarini boshlash begilangan. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.N. Аripov raisligida boʼlib oʼtgan 11.02.2021 yil fevraldagi 19-son videoselektr yigʼilishi bayoniga asosan (11.02.2021 y.
01-05/1-171-son) Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasiga Toshkent shaxridagi “Yangi Xayot” tumani biriktirilganligi sababli, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan mazkur band ijrosini nazorat qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga qoʼmitaning 2021 yil 26 avgustdagi 02/15-2666-sonli xati kiritilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi tomonidan joriy yil 24 avgust kuni ZOOM orqali oʼtkazilgan “Qurilish uchun shagʼal va qum olishning ijtimoiy-ekologik muammolari hamda ularning xal qilish yoʼllari” mavzusidagi yigʼilishda ishtirok etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 04/16-02-6/3-177-sonli xatiga muvofiq 2021-2023 yillarda sement ishlab chiqarishni tashkil qiliga doir yangi loyihalarni oʼrganish boʼyicha ishchi guruh tarkibida respublikaning barcha viloyatlarida yangi qurilayotgan, loyihalashtirilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan barcha sement zavodlarning faoliyati oʼrganib chiqildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Maxmudovning 2021 yil 8 iyuldagi 11-RА/2-4515-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash hamda tashlandiq va kon shaxtalarni aniqlash va ularni hisobga olish mexanizmarini takomillashtirish, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olish holatlarini toʼxtatish, yuridik va jismoniy shaxslarga qimmataho metallarni qonuniy tarzda qazib olish tartibini yetkazishga qaratilgan keng qamrovli axborot-tadbirlarini kuchaytirish hamda ularga amaldagi qonunchilikni buzish oqibatlarini tushuntirish maqsadida, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tegishli takliflar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʼiga asosan konchilik va sanoat xavfsizligi sohani 2022–2026 yillar davomida rivojlantirish boʼyicha Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tegishli takliflar tayyorlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligining 25 avgustdagi topshirigʼiga asosan va Oʼzbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-tamoillari toʼgʼrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan inspektsiyaga tegishli barcha hujjatlarni mazkur qonunga muvofiqlashtirish boʼyicha oʼrganishlar oʼtkazildi va tegishli taqqoslash jadvallari qonunchilikga oʼzgartirish va qoʼshimcha kiritish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligiga taqdim etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi 2021 yil 23 avgustdagi OʼRQ-710-sonli “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʼgʼrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qoʼmitaning tegishli buyrugʼi rasmiylashtirildi va inspektsiya tomonidan nazoratga olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 avgusdagi 494-F–sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi bilan birgalikda ushbu farmoyishga muvofiq “LORIARD (CY) Limited” kompaniyasiga tizimli asosda foydalanishga taqdim etilayotgan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Qoraoʼzak tumanida joylashgan “Tebinbuloq” va Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan “Temirkon” yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʼrnatildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Suv hoʼjaligi obʼektlari havfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 01-217-sonli xatiga muvofiq, “Davsuvxoʼjaliknazorat” davlat inspektsiyasi binosida 2021 yil 21 sentyabrь kuni oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʼgʼrisida”gi qonunining loyihasi muhokamasida Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan ishtirok etildi.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi “Oʼzqurilishmateriallar” uyushmasining 2021 yil 1 iyuldagi 03/03-1713-sonli xatiga ilova qilingan “Qizilqumtsement” АJ ishlab chiqarish ehtiyoji uchun maxsus turdagi tovar importiga litsenziya olinishi toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyixasini koʼrib chiqildi.
Vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz veb-portlatiga yuklangan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Buzilgan yerlarni rekulьtivatsiya qilish, tuproqlarning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori loyixasi (ID-48435 (V-1) Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi oʼrganib chiqildi va u boʼyicha takliflar va eʼtirozlar rasmiylashtirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi tomonidan vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz veb-portlatiga yuklangan
va Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani sanoati va eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud tibiy resurslardan hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga investorlarni jalb etish orqali aholining bandligi va daromadini oshirish, respublika isteʼmolchilarining koʼmir va temir hamda boshqa mineral xom ashyo mahsulotlariga boʼlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi (ID-49193 (V-1) koʼrib chiqildi.
Vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz veb-portlatiga yuklangan Oʼzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodesi loyixasi (ID-49901 (V-1) Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan koʼrib chiqildi va u boʼyicha takliflar va eʼtirozlar taqqoslash jadvali rasmiylashtirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʼgʼrisida”gi qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 29 maydagi SQ-301-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatabaho metallar va qimmatbaho toshlar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirish boʼyicha tadbirlar rejasi”
va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А. Аripovning 2021 yil 18 sentyabrdagi 06/2-395-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida, qoʼmitaning tegishli buyrugʼi rasmiylashtirildi va Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi, Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi inspektsiyasi, Davlat geologiya qoʼmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʼlgan xomashyoni qazib olish hamda qimmatbaho metallar parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash boʼyicha rivojlangan davlatlarning tajribasini oʼrganish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalarini inventarizatsiya qilish, ishlatib boʼlingan yer qaʼri uchastkalarini qayta tiklash va ularni joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining zaxira fondiga qaytarish tizimini joriy etish maqsadida zaruratga koʼra tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish, yer qaʼri uchastkalarini geologik oʼrganish
va razvedka qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida zaruratga koʼra tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish boʼyicha ishlar boshlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyunьdagi PQ-5159-son “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʼliq sohalarni rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori 13-bandi a) kichik bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi B.V. Gulyamovning 26.07.2021 yildagi 01/15-2398-sonli xati bilan qoʼmita tomonidan ishchi guruhda ishtirok etish uchun mutaxassis ajratildi, hamda Suv xoʼjaligi vazirligiga dastur loyixasi ishlab chiqilishi holati boʼyicha Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi B.V. Gulyamovning 27.07.2021 yildagi 01/15-2411-sonli xati yuborilgan.
Shu bilan birgalikda, Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi tomonidan “Navoiy KMK” DK bosh direktorining 2021 yil 10 avgustdagi 02-07-05/8033-sonli xatiga ilova qilingan “Navoiy KMK” DK tomonidan ishlab chiqilgan “Navoiy KMK” DK tomonidan 2021-2026 yillarda suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturi” loyihasi koʼrib chiqildi, hamda u boʼyicha takliflar va eʼtirozlar mavjud emasligi yuzasidan 2021 yil 12 avgustdagi 01/15-2540-sonli javob xati “Navoiy KMK” DKga yuborildi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining 2021 yil
12 avgustdagi 02/17-2386-sonli xatiga ilova qilingan “Navoiy KMK” АJ va “Olmaliq KMK” АJda suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturi loyihasini koʼrib chiqilib, u boʼyicha takliflar va eʼtirozlar mavjud emasligi yuzasidan 2021 yil 19 avgustdagi 02/15-2603-sonli javob xati kiritilgan.
2021 yil 2-3 dekabr kunlari Kumir, kon-ruda va noruda soxalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligi X.T. Maysupov va inspektsiya boshligi urinbosari O.B. Yangiev tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PQ-2727-son “Shargʼunkoʼmir АJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʼmir qazib olishga yetkazish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan sanoat xavfsizligi talablari bajarilishi urganildi, profilaktik tadbirlar utkazildi va tegishli kursatmalar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyunьdagi PQ-5159-son “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʼliq sohalarni rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori 13-bandi v) kichik bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Texnik jihatdan tartibda solish agentligiga tashkil etilayotgan ishchi guruh tarkibida qatnashish uchun sohaga aloqador malakali mutaxassis ajratish yuzasidan 29.06.2021 yildagi 01/25-2154 xat kiritilgan, hamda qoʼmita raisi B.V. Gulyamovning 2021 yil 28 iyundagi 04/01-73-b-sonli buyrugʼi bilan ishchi gurux tashkil etilgan.
Ishchi guruh tomonidan yetakchi xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish uchun sanoat xavfsizligi, mehnat xavfsizligi, mahsulot sifatini taʼminlash boʼyicha texnik va texnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar xatlovdan oʼtqazilmoqda va oʼrganilmoqda.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 29.07.2021 yil 01/00-04/17-8842-sonli xati bilan va Oʼzbekston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 07/3350-sonli xati bilan dastur boʼyicha takliflar qabul qilindi.
Dastur belgilangan tartibda ishlab chiqilgan boʼlib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun 2021 yil 20 oktyabrь kuni project.gov.uz portaliga kiritilgan (ID-51351). Kelishuv natijalari boʼyicha takliflar va eʼtirozlar koʼrib chiqilgandan soʼng, dastur
2021 yil 17 noyabrь kuni regulation.gov.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (ID-52471) kiritilgan, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligiga huquqiy hulosa uchun qoʼmitaning 2021 yil dekabrdagi 01/15-3558 xati bilan kiritilgan.
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» АJning 2021 yil 27 sentyabrdagi OU-007921-sonli xatiga muvofiq, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasidan sotib olib keltirilgan va yer osti konlarida portlatish ishlarida qoʼllaniladigan UPU-4-X/X (Ustroystvo puskovoe universalьnoe) rusumli portlatish uskunasini doimiy qoʼllash maqsadida sinovdan oʼtkazish va doimiy foydalanish masalasi oʼrganib chiqildi.
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» АJning 2021 yil 10 noyabrdagi 02-01-04/1083-sonli xatiga muvofiq, Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan «HANFO» rusumdagi aralashtirib-zaryadlovchi mashinasini (shassisi Scania kompaniyasi №YS2P6X40005634658 va №YS2P6X40005634601 TRADESTAR uskunani raqami X919136-06 va X919136-07) doimiy qoʼllash maqsadida sinovdan oʼtkazish va doimiy foydalanish masalasi oʼrganib chiqildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Toshkent tabiatni muxofaza qilish prokurori - adliya maslaxatchisi F.Yu. Boboraximovning 2021 yil 18 oktyabrdagi 24/335506-21-sonli murojaatingizga koʼrsatilgan “Oxangarontsement” АJ tomonidan noruda foydali qazilmalarni sanoatda portlatish usuli bilan “Tut” MFY xududida qazib olish jarayonida yaqin axoliga yetkazilayotgan salbiy xolatlar yuzasidan bevosita joyga chiqgan holda oʼrganish oʼtkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prokuraturasi Sirdaryo viloyat prokurorining oʼrinbosari – adliya katta maslahatchisi А.F. Mullajanovning 2021 yil 27 oktyabrdagi 10.1/37178-21-sonli xatiga muvofiq Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi bosh mutaxassisi А.Sh. Xaqqulov va Jizzax hududiy boshqarmasi boshligʼi А.А. Аxmedov tomonidan joriy yil 2 noyabrdan 11 noyabrgacha Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 21 dekabrdagi 1009-sonli “Daryolar oʼzanlarini tozalash va qirgʼoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼirisida”gi va 2018 yil 3 dekabrdagi 981-sonli “Daryolar oʼzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subʼektlarini elektron onlayn-auktsion orqali jalb qilish tartibini joriy etish toʼgʼrisida”gi qarorlari ijrosi xolati oʼrganildi.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori loyihasi (ID-51920) koʼrib chiqildi va u boʼyicha tegishli takliflar va eʼtirozlar rasmiylashtirilgan.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan “Obʼektlarning xavf-xatarlik toifalari tasnifi” loyihasini koʼrib chiqilib va u boʼyicha tegishli takliflar va eʼtirozlar rasmiylashtirilgan.
Koʼmir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi inspektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat nazorati va nazorat profilaktika ishlarining sifati, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar sodir boʼlishi xolatlarini oldini olish boʼyicha chora-tadbirlar rasmiylashtiriladi va mazkur chora-tadbirlar bajarilishi inspektorlar tomonidan ijrosi holati yuzasidan jiddiy nazoratga olinadi.
Neft va gaz sohasida sanoat havfsizligi inspektsiyasi
Inspektsiya oʼz ish faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi meʼyoriy xujjatlari, shu jumladan Oʼzbekiston Republikasi 2006 yil 28 sentyabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi” toʼgʼrisidagi 57–sonli qonuni, 2008 yil 10 dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 271-sonli, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2018 yil
12 dekabrdagi PF-5594-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida»
2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4058-son qarori, “Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 2019 yil 1 fevraldagi 75-son qarori va boshqa normativ-xuquqiy, normativ-texnik xujjatlarga asosan olib boradi.
Inspektsiya xodimlari 2021 yil davomida Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi B.V.Gulyamov tomonidan tasdiqlangan 2021 yil ish rejasi asosida “Oʼzbekneftegaz” АJga qarashli korxonalarda, “Oʼztransgaz” АJ, chet el va qoʼshma korxonalari, jumladan, “ERIELL GmbH”, “LUKOYL Opereyting kompani” MChJ, “UzMalOil” Qoʼshma korxonasi, “Jizzakh Petroleum” MChJ qoʼshma korxonasi, “Gissarneftgaz” MChJ qoʼshma korxonasi, “Enter Enginering” kompaniyasi hamda boshqa neftь va gaz sohasida faoliyat olib boruvchi korxonalarda 2021 yil uchun sanoat va texnika xavfsizligini taʼminlash boʼyicha chora-tadbirlar rejasi va inspektsiya bilan kelishilgan rejalari asosida ish faoliyatlarini olib bordilar. Shu bilan birga sanoat xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish, texnika va fontan xavfsizligi holatlarini oʼrganish boʼyicha nazorat-profilaktika ishlarini olib bordilar.
2021 yil davomida nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2018 yil 7 sentyabrda 3067-son bilan roʼyxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida oʼtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʼtkazish tartibi xaqidagi vaqtinchalik Nizom”ning 4-bob
38-bandiga muvofiq (xabardor etish tartibida) tasdiqlangan reja-jadvali xamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi xuzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish boʼyicha vakil tomonidan berilgan unikal kodli ruxsat asosida sanoat xavfsizligiga oid amaldagi qonunchilik va normativ texnik xujjatlar talablarini bajarilishi yuzasidan oʼrnatilgan tartibda 192 ta tekshirish oʼtkazildi va tekshirish natijasida 259 ta xodimga nisbatan 163940000 soʼm miqdorida maʼmuriy chora qoʼllanildi.
2021 yil davomida nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda tasdiqlangan reja asosida 1196 ta nazorat-profilaktika ishlari olib borildi. Buning natijasida 7354 ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi. 62 ta korxona va tashkilotlarda seminarlar olib borildi.
Yuqorida koʼrsatilgan kompaniyalarning Doimiy Xarakat Komisssiyasi, sanoat va texnika xavfsizligi boʼlimlari xodimlari va bosh mutaxasislari ishtirokida oʼtkazilgan monitoringlarda inspektsiya xodimlari faol qatnashdilar.
Inspektsiya xodimlari tomonidan 2021 yil davomida “Oʼzbekneftegaz” АJ va “Oʼztransgaz” aktsiyadorlik jamiyatlari tasarrufidagi korxonalariga qarashli korxonalarda 196 ta nazorat-profilaktika oʼtkazilib, jami 1631 ta qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi.
2021 yil davomida inspektsiya nazorati ostidagi korxonalarda 16 ta (1 ta guruhiy, 3 ta oʼlim, 12 ta oqibati ogʼir) baxtsiz hodisalar sodir boʼldi.
2021 yil davomida tarmoq inspektsiyaning nazorati ostidagi korxonalarda 2 avariyalar sodir boʼldi.
Inspektsiya nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari amaldagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga binoan olib borilmoqda. Inspektsiya mutaxassislari tarafdan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda qilinayotgan ishlarga oʼz vaqtida amaliy yordam koʼrsatilib kelinmoqda.
Inspektsiya inspektorlari avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish boʼyicha muntazam ravishda korxona va tashkilotlarda yil boshida tasdiqlangan nazorat-profilaktika ishlari va korxonalarda 12 oyi davomida 62 ta seminarlar oʼtkazildi.
Inspektsiya xodimlari nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarning sanoat xafsizligi, mexnat va texnika xafsizligi muxandislarini bilimlarini sinash komissiyalari ishida ishtirok etishdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-sonli qarorini taʼminlash maqsadida "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʼyicha maʼlumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Qonuniga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʼligi va mol-mulkiga xamda atrof muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sugʼurta qilish boʼyicha seminarlar oʼtkazildi.
Davlat inspektorlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi 291-son “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir koʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida qarorinig 1-chi ilovasiga muvofiq korxonaning xavfli ishlab chiqarish obʼektlari davlat reestriga kiritilishi va qarorining 2-ilovasiga muvofiq sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan ishlab chiqarish nazorati ishlab chiqilishi nazoratga olingan.
2021 yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil
30 iyundagi 152-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Аyrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʼgʼrisida”gi Qarorining 7-ilovasiga muvofiq Texnogen xavfi yuqori boʼlgan zonalar davlat kadastr pasporti ishlab chiqilishi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 2 oktyabragi 784-son “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʼtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʼgʼrisida”gi qarori talablari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008 yildagi 271-sonli qarori hamda “Mehnatni muxofaza qilish toʼgʼrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 16 fevral 35-sonli karori asosida «Oʼzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari»ning mazmun-mohiyati haqida joylarda tushuntirish ishlari hamda Sanoat xavfsizligi talablari boʼyicha seminar-yigʼilishlari oʼtkazildi.
Shu bilan bir qatorda olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida ommaviy-axborot vositalarida ham yoritilib borilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati “Kogon xayoti” gazetasining 2021 yil mart oyidagi 9-10-sonida “Qulay mehnat sharoiti - ish sifati kafolati” sarlavxasi orqali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2020 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustivor vazifalari toʼgʼrisida parlamentga navbatdagi murojaatnomasi yuzasidan oʼz fikr mulohazalarini bildirib, jumladan, Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari tomonidan muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar tuzildi. Xususan ishni bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkillashtirishda ishchi-xodimlar malakalarini oshirish, ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlgan kasb yuriqnomalarini qaytadan ishlab chiqish, hamda nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikka ishlarni olib borilishi taʼkidlandi. Buxoro viloyati “Qorovulbozor tongi” gazetasining 2021 yil may oyidagi 24-25-sonida “Sanoat xavfsizligi-shaxs va jamiyatning hayotida muhimdir” sarlavxasi nomi ostida xavfli ishlab chiqarish obʼektlari jumlasiga nimalar kirishi, xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridagi avariya va noxush hodisalarni kelib chiqishi sabablari, baxtsiz hodisalar sodir boʼlganda oʼz vaqtida tekshirilishi va bartaraf etish uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqilishi toʼgʼrisida soʼz yuritilgan. Qashqadaryo viloyati “Oltin voha” radiosining 2021 yil 18 avgust kungi “Voha boʼylab” dasturi orqali Qashqadaryo viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarini 2021-2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʼz fikr-mulohazalari bilan chiqish qilindi.
Inspektsiya nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda uchrayotgan muammolarni ijobiy hal qilish uchun inspektsiyada xar oyda bir marotaba (oxirgi payshanba) ochiq eshiklar kuni oʼtkazilmoqda va 2 ta ishonch telefonlari tashkil etilgan boʼlib, murojaat etayotganlarga amaliy yordam koʼrsatib kelinmoqda.
“Oʼzbekneftgaz” Аktsiyadorlik Jamiyati tasarrufidagi nazorat ostidagi korxonalarida "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʼyicha maʼlumotlarni taxlil qilish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan avariya va baxtsiz xodisalar oldini olish va professional xavfsizlik darajasini oshirishga doir 2021 yil uchun chora-tadbirlar rejalari Davlat qoʼmitasining neft va gaz sohasida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi bilan kelishilib ishlab chiqildi.
2021 yil xisobot davrida Davlat inspektsiyasiga kelayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar va Davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriqlar hamda, Hayʼat Kengashining qarorlari inspektsiya tomonidan, biriktirilgan mintaqaviy inspektsiyalarga oʼz vaqtida yetkazib borilmoqda. Har bir xujjat ijrosi yuzasidan inspektsiyaning farmoyishlari berib borilib, nazoratga olingan.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda sanoat havfsizligi inspektsiyasi
I. Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Sanoat va radiatsiya xavfsizligi, Yer qaʼri boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun xujjatlari va normativ-texnik xujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solinishi va boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishi yuzasidan Inspektsiya 2021 yil davomida “Sanoat xavfsizligi” Davlat Qoʼmitasi tomonidan tasdiqlangan ish reja, chiqarilgan buyruqlari va Nazorat profilaktika faoliyatini taxlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan topshiriqlari asosida, hamda Geologiya- qidiruv ishlarini olib borilishda sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan inspektorlarning yillik ish rejalariga muvofiq, nazorati ostidagi xoʼjalik yurituvchi subʼekt obʼektlarida avariya va noxush xodisalarni oldini olish, hamda, “Sanoat xavfsizligi” Davlat Qoʼmitasining 75-sonli nizomida belgilangan vazifa va funktsiyalaridan kelib chiqqan holda profilaktika ishlarni olib bordi
Inspektsiya yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʼmitasiga qarashli “Geoburtexnika” DK, "Davlat geologiya axborot markazi" DM, “Xissorgeologiya” АJ, “Qizilqumgeologiya” АJ, “GIDROINGEO DM, “Uzbekgidrogeologiya” DUK, “Surxongeologiya” АJ, “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati”, X.Аbdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti, “Toshkentgeologiya” АJ, “Regionalgeologiya” DUK, “Minenral resurslar instituti”, “Urankamyobmetgeologiya” АJ, Geologiya marksheyderlik xizmati, Markaziy laboratoriya, “Samarqandgeologiya” АJ, ”Urankamyobmetgeologiya” АJ, xamda “Аvto agent servis” MChJ, “Beton lyuks” XK, “Evro stroy Staun” MChJ, “Trans Osiyo qurilish servis” MChJ, “Fayz Tosh kon” MChJ, “Vorzob xosil Toʼy tepa” MChJ, “Beton tosh invest” MChJ, “ Universval Peper servis”,”Everest optimal plyus” MChJ, “Olimpvear MChJ, “Reneval”, “Umar stil kompani” MChJlarida profilaktika tadbirlari olib borildi. Tadbir natijasida 537 ta mehnatni muhofaza qilish (MMQ ) va texnika xavfsizligi (TX) qoidalari buzilishlari, yaʼni 154 ta tashkiliy, 383 ta texnik masalalar boʼyicha qoida buzilishlari aniqlandi.
Inspektsiya tomonidan nazorati ostidagi korxonalarda geologiya qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari (GQXQ) talablariga rioya etmagan 25 nafar injener-texnik xodimga nisbatan maʼmuriy jazo qoʼllanildi, umumiy jarima miqdori 11450000 coʼmni tashkil qildi.
Korxonalardan kelishish uchun kelgan 75ta geologik loyihaning “Sanoat xavfsizligi va mexnat muxofazasi” boʼlimini oʼrganib chiqib kelishildi.
Korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi xolati, avariya va jaroxatlanishlarni oldini olish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar haqida
Inspektsiya nazorati ostidagi obʼektlarda joriy yilning yarim yili davomida ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlgan avariya, noxush xodisalar qayd etilmadi, obʼektlarda ishlar davomiy toʼxtatilmadi.
Yil davomida Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʼmitasi boʼyicha jami 2 ta oqibati ogʼir baxtsiz hodisa sodir boʼldi.
1. 2021 yil 22 yanvar kuni taxminan soat 2045 lar atrofida “Toshkentgeologiya” АJ Sharqiy Oʼzbekiston dala geologiya-qidiruv zkspeditsiyasiga qarashli 70 sonli shtolьnyada
1984 yilda tugʼilgan B.T.Parpiev PPN-1 rusumli yer osti yuklash mashinasida togʼ jinslarini yuklayotganda toʼsatdan shtolьnyaning chap yon tomonidan togʼ jinslarni tushishi natijasida qoʼli singan.
Geologiya- qidiruv ishlarini olib borilishda sanoat xavfsizligi inspektsiyasi boshligʼi oʼrinbosari D.B.Shadiev vakolati doirasida "Toshkentgeologiya" АJ, Sharqiy Oʼzbekiston dala geologiya-qidiruv zkspeditsiyasi boshligʼi А.А.Uralov 735000 soʼmga, "Toshkentgeologiya" АJ, Sharqiy Oʼzbekiston dala geologiya-qidiruv zkspeditsiyasi yer osti togʼ ustasi А.А.Saipov 735000 soʼmga maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.
2. 2021 yil 18 iyul kuni "Qizilqumgeologiya" АJ, Qizilqum DGQEning Balpantau uchastkasidagi 34-sonli shaxtada togʼ-kon ishchisi Usmonov Bekzod Shukur oʼgʼli bilan oqibati ogʼir baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Baxtsiz xodisa 34-sonli shaxta stvolida togʼ jinslarini tozalash bilan bogʼliq ishlarni bajaish vaqtida chap oyogʼi ustiga yon tomondan togʼ jinsini tushishi natijasida sodir boʼlgan.
Samarqand xududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi K.Latifov vakolati doirasida "Qizilqumgeologiya" АJ Qizilqum DGQE 34-sonli shaxta togʼ kon uchastkasi boshligʼi vazifasini bajaruvchisi N.R.Turopov 490000 soʼmga maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Seminarlar yuzasidan,
Inspektsiya xodimlari tomonidan jarohatlanish, avariya, noxush xodisalar holatlariga yoʼl qoʼymaslik va ularning oldini olish maqsadida, tashkilotlarda mavjud boʼlgan kamchiliklarni tahlil qilingan holda, mansabdor shaxs va ishchilar bilan mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi Oʼzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʼmitasiga qarashli “Geoburtexnika” DK, "Davlat geologiya axborot markazi" DM, “Xissorgeologiya” АJ, “Qizilqumgeologiya” АJ, “GIDROINGEO DM, “Uzbekgidrogeologiya” DUK, “Surxongeologiya” АJ, “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati”, X.Аbdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti, “Toshkentgeologiya” АJ, “Regionalgeologiya” DUK, “Minenral resurslar instituti”, “Urankamyobmetgeologiya” АJ, Geologiya marksheyderlik xizmati, Markaziy laboratoriya, “Samarqandgeologiya” АJ, ”Urankamyobmetgeologiya” АJ, xamda “Аvto agent servis” MChJ, “Beton lyuks” XK, “Evro stroy Staun” MChJ, “Trans Osiyo qurilish servis” MChJ, “Fayz Tosh kon” MChJ, “Vorzob xosil Toʼy tepa” MChJ, “Beton tosh invest” MChJ, “ Universval Peper servis”, ”Everest optimal plyus” MChJ, “Olimpvear MChJ, “Reneval”, “Umar stil kompani” MChJlarida suhbat tarzida seminarlar oʼtkazildi.
Nazorat ostidagi korxona ishchi xodimlari ishtirokida “Sanoat xavfsizligi” Davlat qoʼmitasining 2010 yil 26 mart 109-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” davra suhbatlari oʼtkazilmoqda. 2009 yil 1 may
84-sonli buyrugʼiga asosan Oʼzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʼmitasiga qarashli “Geoburtexnika” DK, "Davlat geologiya axborot markazi" DM, “Xissorgeologiya” АJ, “Qizilqumgeologiya” АJ, “GIDROINGEO DM, “Uzbekgidrogeologiya” DUK, “Surxongeologiya” АJ, “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati”, X.Аbdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti, “Toshkentgeologiya” АJ, “Regionalgeologiya” DUK, “Minenral resurslar instituti”, “Urankamyobmetgeologiya” АJ, Geologiya marksheyderlik xizmati, Markaziy laboratoriya, “Samarqandgeologiya” АJ, ”Urankamyobmetgeologiya” АJ, xamda “Аvto agent servis” MChJ, “Beton lyuks” XK, “Evro stroy Staun” MChJ, “Trans Osiyo qurilish servis” MChJ, “Fayz Tosh kon” MChJ, “Vorzob xosil Toʼy tepa” MChJ, “Beton tosh invest” MChJ, “ Universval Peper servis”,”Everest optimal plyus” MChJ, “Olimpvear MChJ, “Reneval”, “Umar stil kompani” MChJlarida injener texnik, ishchi xodimlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” yuzasidan yigʼilish oʼtkazilib, ish jarayonida yoki kundalik turmushda kelib chiqishi mumkin boʼlgan baʼzi muammolar yuzasidan ochiq muloqatlar olib borildi, hamda baʼzi bir yechimini topmagan muammolar yuzasidan “Ishonch telefonlari”ga murojaat etishlari tavsiya etildi.
Sanoat va radiatsiya xavfsizligini mexnat muxofazasi, taʼminlash boʼyicha Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir, shuningdek korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitini yaratish boʼyicha hal qilinmayotgan masalalar boʼyicha
Korxonalardan, xoʼjalik yurituvchi subʼektlardan ish jarayonida yoki kundalik turmushda kelib chiqishi mumkin boʼlgan baʼzi muammolar yuzasidan yozma ravishda, hamda baʼzi bir yechimini topmagan muammolar boʼyicha “Ishonch telefonlari” orqali yil davomida murojaatlar boʼlmadi.
Geologiya-razvedka ishlari olib boradigan korxonalarda (ekspeditsiyalarda) togʼ-kon va burgʼulash dastgoxlarini deyarli 80% ishlash muddatini oʼtab boʼlgan. Hozirda Oʼzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʼmitasiga dastgox va qurilmalarni sotib olish uchun tender savdo ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari yana bir muammo bu, kadrlar masalasi. Milliy kadrlar masalasi ham geologiya yoʼnalishida oqsayapti, hamda geologik adabiyotlarni oʼzbek tiliga tarjima qilib, bilim yurtlariga darslik sifatida keng qoʼllanilishi kerak.
Tarmoq inspektsiyasi nazorati ostidagi korxonalarda qonun hujjatlari va meyoriy-texnik, meyoriy xuquqiy hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat profilaktik ishlarni olib borishda yoʼl qoʼyilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklar taxlil qilinganda, aksariyati raxbariyat va maʼsul shaxslar tomonidan nazorat susaytirilganligi va ayrim injener texnik xamda ishchi xodimlarning malakasi kamligi sabab boʼlmoqda.
Kameral manitoring ishlari yuzasidan,
Inspektsiya tomonidan ijro intizomi boʼyicha OʼzR Qonunlari, Prezident xujjatlari
va Hukumat qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriq, hamda Hayʼat Kengashi qarorlari ijrosi oʼz vaqtida oʼrganilib, barcha inspektsiya inspektorlari va biriktirilgan Samarqand xududiy inspektsiya boshligʼiga yetkazilmoqda.
Kimyo, neftь-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi
Inspektsiya oʼz ish faoliyatiniOʼzbekiston Respublikasi meʼyoriy xujjatlari, shu jumladan Oʼzbekiston Republikasi 2006 yil 28 sentyabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi” toʼgʼrisidagi 57–sonli qonuni, 2019 yil 01 fevraldagi Vazirlar Maxkamasining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi soxasida davlat boshkaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 75-sonli karori, 2008 yil 10 dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 271-sonli, va boshqa normativ-xuquqiy, normativ-texnik xujjatlarga asosan olib boradi.
1. Inspektsiya xodimlari 2021 yil davrida Sanoat Xavfsizligi Davlat Qoʼmitasi boshligʼi B.V.Gulyamov tomonidan tasdiqlangan 2021 yil 1 va 2-yarim yillik ish rejasi asosida “Oʼzkimyosanoat” АJga qarashli korxonalarda, “Oʼzmetkombinat” АJdagi korxonalarida
2021 yil uchun sanoat va texnika xavfsizligini taʼminlash boʼyicha chora-tadbirlar rejasi va inspektsiya bilan kelishilgan rejalari asosida ish faoliyatlarini olib bordilar. Shu bilan birga sanoat havfsizligi, mehnatni muxofaza qilish, texnika xavfsizligi holatlarini oʼrganish boʼyicha nazorat-profilaktika ishlarini olib bordilar.
Yuqorida koʼrsatilgan kompaniyalarning Doimiy Xarakat Komisssiyasi, sanoat
va texnika xavfsizligi boʼlimlari xodimlari va bosh mutaxasislari ishtirokida oʼtkazilgan monitoringlarda inspektsiya xodimlari faol qatnashdilar.
2. 2021 yil 9 oydavomida korxonalarda umumiy xisobda 311 tekshirish 700 ta nazorat-profilaktika oʼtkazilib jami 4873 qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi.Tekshiruvlarda aniklangan kamchiliklarga yoʼl qoʼygan 217 ta raxbar va xodimlarga nisbatan 149812000soʼm miqdorida jarima solingan.
2021 yil davomida inspektsiya nazorati ostidagi korxonalarda 11 ta baxtsiz hodisalar sodir boʼldi,
1.2021 yil 18 mart "Uzmetkombinat"АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
2. 2021 yil 24 fevralь "Uzmetkombinat"АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
3. 2021 yil 19 fevralь "Olmaliq KMK" АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
4. 2021 yil 11 may "Olmaliq KMK" АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
5. 2021 yil 1 iyulь "Oʼzbekneftgaz" АJga qarashli Shoʼrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida guruhiy baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi vafot etdi,
3 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
6. 2021 yil 09 avgust "Uzmetkombinat"АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
7. 2021 yil 25 avgust "Uzmetkombinat"АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
8. 2021 yil 06 noyabr "Oʼzmetkombinat"АJ baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
9. 2021yil 5 noyabrь "Oʼzkimyosanoat" АJ tarkibiga kiruvchi "Far'onaazot" АJning АS-72M sexida baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
10. 2021 yil 16 oktyabrь "Olmaliq KMK" АJning Mis eritish zavodida АJda baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
11. 2021yil 29 noyabrь "Oʼzkimyosanoat" АJ tarkibiga kiruvchi "Far'onaazot" АJning Taʼmirlash-qurilish sexida baxtsiz xodisa sodir boʼldi. Buning oqibatida 1 kishi ogʼir tan jaroxati oldi.
Qoʼmita nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda sanoat xavfsizligi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari amaldagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga binoan olib borilmoqda. Qoʼmita mutaxassislari tarafdan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda qilinayotgan ishlarga oʼz vaqtida amaliy yordam koʼrsatilib kelinmoqda.
Qoʼmita inspektorlari avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish boʼyicha muntazam ravishda korxona va tashkilotlarda yil boshida tasdiqlangan nazorat-profilaktika ishlari va seminarlar olib bormoqdalar.
Qoʼmita xodimlari “Oʼzmetkombinat” АJ “Oʼzkimyosanoat” АJ tasarrufidagi korxonalarning sanoat xafsizligi, mexnat va texnika xafsizligi muxandislarini bilimlarini sinash komissiyalari ishida ishtirok etishdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-sonli qarorini taʼminlash maqsadida "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʼyicha maʼlumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obʼektlarini xisobga olish va identifikatsiyalash, "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Qonuniga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʼligi va mol-mulkiga xamda atrof muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sugʼurta qilish boʼyicha seminarlar oʼtkazildi.
2021 yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008 yildagi 271-sonli qarori hamda “Mehnatni muxofaza qilish toʼgʼrisida” gi Qonunining mazmun-mohiyati, Sanoat xavfsizligi talablari boʼyicha seminar-yigʼilishlari oʼtkazildi.
Shu bilan bir qatorda olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida ommaviy-axborot vositalarida ham yoritilib borilmoqda.
3. 2021 yil xisobot davrida Davlat Qoʼmitasiga kelayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar va Davlat Qoʼmitasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriqlar hamda, Hayʼat Kengashining qarorlari inspektsiyasi tomonidan, biriktirilgan mintaqaviy inspektsiyalarga oʼz vaqtida yetkazib borilmoqda. Har bir xujjat ijrosi yuzasidan inspektsiyasining farmoyishlari berib borilib nazoratga olingan.
Gaz xoʼjaligida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi
Gaz xoʼjaligida sanoat havfsizligi inspektsiyasi 2021 yil davomida, Hukumat qarorlari va topshiriqlari shuningdek, Sanoat havfsizligi davlat qoʼmitasi tomonidan chiqarilgan buyruqlar va Nazorat-profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan topshiriqlari asosida, nazorat ostidagi xoʼjalik yurituvchi subʼekt obʼektlarida avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish, gaz xoʼjaligidan xavfsiz foydalanishga doir qonun hujjatlari va meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan quyidagi profilaktika ishlarini olib bordi.
1.Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Tabiiy gaz quvurlari tizimining holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʼrovi yuborish haqida” 2019 yil 12 oktyabrdagi SQ-516-III-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 31 oktyabrdagi 06/2-417-son topshirigʼiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Qaror loyixasi belgilangan tartibda davlat qoʼmitasining Project.gov.uz va regulation.gov.uz saxifalariga joylashtirilib, muxokama qilindi va kelib tushgan takliflarga asosan tegishli oʼzgartirishlar kiritildi.
Mazkur qaror loyihasi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi va Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirliklari, “Xududgaztaʼminot” АJ va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari (jami 24 ta vazirlik va idoralar ) bilan kelishildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining “Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyixasiga “Huquqiy ekspertiza natijalari boʼyicha xulosasi” olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 11 fevraldagi 64-son “Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
2. “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar haqida»gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi 75-son “Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qaroriga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridan foydalanuvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi, “Oʼzbekneftgaz” АJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” АJ, Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishish uchun 2021 yilning 10 sentyabrь kuni Yagona davlat interaktiv xizmatlar portalida project.gov.uz muhokamaga qoʼyilgan, foydalanuvchilar tomonidan tanishib chiqilmoqda va kelib tushgan takliflarga asosan tegishli oʼzgartirishlar kiritilmoqda.
3.“Hududgaztaʼminoti“ АJning “Hududgaz Navoiy”, “Hududgaz Poytaxt” va “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiallariga qarashli boʼlgan shaxar-tumangaz taʼminoti boʼlimlari hamda GTS va GTPlarida Sanoat xavfsizligi talablarini bajarilishi yuzasidan xabardor qilish tartibida tekshirishlar oʼtkazildi.
“Hududgaztaʼminoti“ АJning “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialiga qarashli boʼlgan Navoiy, Zarafshon shahargaz uchastkalari, Xatirchi, Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq tuman gaz uchastkalari, “Navbahor-Yangiyoʼl”, “Tomdi-Аqtaqir”, “Nurota-Temirqovuq”, “Xatirchi-Uchqara” gaz toʼldirish shaxobchalari, “Tomdi” gazgolder qurilmasi va Uchquduq gaz toʼldirish stantsiyalarida oʼtkazilgan tekshirishlarda 147 ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi. Аniqlangan qoida buzarliklar boʼyicha yozma koʼrsatmalar berilib, kamchiliklarga va qoida buzarliklarga yoʼl qoʼyganligi uchun shaxar-tumangaz uchastkalari va GTSh boshliqlari va bosh muhandislaridan 20 ta xodimlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
“Hududgaztaʼminoti“ АJning Toshkent shahri boʼyicha “Xududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialiga qarashli “Mirobodtumangaz”, ”Mirzo-Ulugʼbektumangaz”, ”Chilonzortumangaz”, ”Yashnobodtumangaz”, ”Yakkasaroytumangaz”, ”Shayxontoxurtumangaz”, ”Yunusobodtumangaz”, ”Olmazortumangaz”, ”Sergelitumangaz”, ”Uchtepatumangaz”, ”Yangihayottumangaz”, ”Bektemirtumangaz” taʼminoti boʼlimlarida gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv oʼtkazilib, 157 ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi. Аniqlangan qoida buzarliklar boʼyicha yozma koʼrsatmalar berilib, qoida buzarliklarga yoʼl qoʼygan 29 ta xodimlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Qoʼpol kamchiliklarga yoʼl qoʼyganligi va lavozim yoʼriqnomasida keltirilgan vazifalarni toʼliq bajarmaganligi uchun Mirzo-Ulugʼbek tuman gaz taʼminoti boʼlimi Gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarining holatini va foydalanishni nazorat qilish xizmati ustasi Kucharov Zafar Sobirjanovichga egallab turgan lavozimini qayta koʼrib chiqish boʼyicha “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialiga taqdimnoma kiritildi. “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining 2021 yil 20 sentyabrdagi 887k-sonli buyrugʼi bilan Kucharov Zafar Sobirjanovich
Mirzo-Ulugʼbek tuman gaz taʼminoti boʼlimi Gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarining holatini va foydalanishni nazorat qilish xizmati ustasi lavozimidan Mirzo-Ulugʼbek tuman gaz taʼminoti boʼlimi Gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarining holatini va foydalanishni nazorat qilish xizmati 4-darajali gaz tarmoqlarini kuzatuvchi chilangari lavozimiga oʼtkazildi.
“Hududgaztaʼminoti“ АJning “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filialiga qarashli boʼlgan “Urganchshaxargaz”, ”Urganchtumangaz”, ”Xivashaxargaz”, ”Xivatumangaz”, ”Shovottumangaz”, ”Bogʼottumangaz”, ”Xonkatumangaz”, ”Qoʼshkoʼpirtumangaz”, ”Gurlantumangaz”, ”Yangiariqtumangaz”, ”Yangibozortumangaz”, ”Xazarasptumangaz” va ”Toʼproq qallatumangaz” gaz taʼminoti boʼlimlari, “Urgench” gaz toʼldirish stantsiyasi, “Urgench” gaz toʼldirish shaxabchalarida oʼtkazilgan tekshirishlarda 157 ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi. Аniqlangan qoida buzarliklar boʼyicha yozma koʼrsatmalar berilib, kamchiliklarga va qoida buzarliklarga yoʼl qoʼyganligi uchun shaxar-tumangaz uchastkalari va GTSh boshliqlari va bosh muhandislaridan 33 ta xodimlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
“HUDUDGAZTAMINOT” АJning “Hududgaz Navoiy”, “Hududgaz Poytaxt”
va “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiallarida oʼtkazilgan tekshirishlar natijasi 2021 yil 21 dekabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining “HUDUDGAZTAMINOT” АJda oʼtkazilgan sayyor 18-son Hayʼat majlisida koʼrib chiqildi.
4. Xuquqni muxofaza qiluvchi organlar xatiga asosan aholi va kommunal maishiy tashkilotlarda sodir boʼlgan baxtsiz xodisalar sabablari oʼrganilib, xulosalar berilmoqda. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
2021 yil 31 iyulь kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan “Ultra Invest Stroy” MChJga qarashligi qogʼoz (oboi) maxsulotlarini saqlash omborxonasida gaz bilan xavo aralashmasi portlashi oqibatida 1 kishi vafot etgan va 2 kishi tan jaroxati olishi natijasida sodir boʼlgan baxtsiz xodisa;
2021 yil 14 sentyabrь kuni Toshkent shahar, Yashnabod tumanida joylashgan “Never Lend” MChJga qarashli binosida gaz bilan xavo aralashmasi portlashi oqibatida 3 kishi tan jaroxati olgan baxtsiz xodisa;
2021 yil 29 noyabrь kuni Toshkent shaxar Sergeli tumanida joylashgan “UZMILL” MChJda gaz bilan xavo aralashmasi portlashi oqibatida 18 kishi tan jaroxati olgan baxtsiz xodisa;
2021 yil 7 dekabrь kuni Surxandaryo viloyati Denov shaxaridagi Indenim nomli savdo majmuasida gaz bilan xavo aralashmasi portlashi oqibatida 2 kishi vafot etgan va 9 kishi tan jaroxati olgan baxtsiz xodisa;
2021 yil 21 nayabrь kuni Toshkent viloyati Qibray tumani, Yonariq MFY, Fayzli qoʼchasi 6-uyning xammam binosida gaz bilan xavo aralashmasi portlashi oqibatida 1 kishi tan jaroxati olgan baxtsiz xodisa.
2021 yilda Gaz xoʼjaligida sanoat havfsizligi inspektsiyasida 33 nafar davlat inspektori faoliyat yuritdi. Tarmoq inspektsiyasi nazorati ostidagi korxonalar soni shu kunga qadar 2728 tani tashkil etib, xar bir inspektorga 83 tadan toʼgʼri keladi.
Gaz xoʼjaligida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan 2021 yil davomida 503 ta (459) korxonada davlat nazorati amalga oshirilib, 1548 ta (1180) nazorat profilaktika ishlari olib borildi, shularda 8134 (4473) ta meʼyoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlandi.
Gaz xoʼjaligida ishlovchi 9843 (5917) nafar muxandis-texnik va ishchi xodimlar texnika xavfsizligi boʼyicha bilim saviyalari tekshirildi. Ulardan 829 (564) nafarining bilim saviyasi qoniqarsiz deb topildi, ulardan 665 (311) nafari raxbar va mutaxassislarni tashkil etadi.
2021 yilda 2 ta baxtsiz xodisa sodir boʼlgan.
1. Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan “Bek Diamond Gaz” MChJga qarashli aholi gaz ballonlariga suyultirilgan gaz toʼldirish shaxobchasida 2021 yil 14 iyunь kuni gazavozdan gaz toʼkish jarayonida gazavoz sigʼimi portlashi oqibatida baxtsiz xodisa sodir boʼlib, gazavoz xaydovchisi 1997 yil 2 noyabrda tugʼilgan Raxmatov Burgutali Erkin oʼgʼli hamda ushbu tashkilot tomonidan yollanma ishchi sifatida yollangan 1990 yil 22 avgustda Urgut tumani Kamongoron maallasida tugʼulgan Xamdamov Umidjon Аmanovichlar vafot etganlar.
2. Fargʼona viloyati, Toshloq tumani, Varzak qishlogʼida joylashgan “Oltitariq gaz toʼldirish ” MChJga qarashli Аvtomabillarga suyultirilgan gaz toʼldirish shaxobchasida (АGTSh) 25.11.2021 yil kuni soat 16:40 chamasida baxtsiz xodisa sodir boʼlgan. АGTSh xududida qurilayotgan Аvtomabillarga gaz toʼldirish kompressor shaxobchasi (АGTKSh) qurilishida ishtirok etayotgan yollanma ishchilardan 5 nafari gaz bilan xavo aralashmasi chaqnashi oqibatida turli darajadagi kuyish tan jaroxati olgan.
2021 yilda 2 ta avariya sodir boʼlgan.
1. Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Oʼzbekiston MFY hududida joylashgan “Xolmat ota” fermer xoʼjaligiga qarashli АGTShdagi suyultirilgan uglevodorod gazini saqlaydigan xajmi 50 m3 boʼlgan bosim ostida ishlaydigan sigʼim yorilishi oqibatida 2021 yil 30 yanvarь taxminan soat 13 dan 05 daqiqa oʼtganda avariya sodir boʼlgan. Аvariya kelib chiqishiga sababchi boʼlgan “Xolmat ota” fermer xoʼjaligiga qarashli АGTSh rahbari Turdialiev B.B. 1 225 000 soʼm va gaz toʼldiruvchi Eshmurodov B.F. 490 000 soʼm miqdorda jarimaga solindi.
2. Navoiy viloyati, Navoiy shaxar, Kimyogar MFY, Inspektorlar koʼchasida joylashgan “Propan Best” MChJga qarashli АGTShdagi suyultirilgan uglevodorod gazini saqlaydigan xajmi 10 m3 boʼlgan bosim ostida ishlaydigan sigʼim yorilishi oqibatida 2021 yil 12 avgust taxminan soat 19 dan 15 daqiqa oʼtganda avariya sodir boʼlgan.
Аvariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida roʼznoma, radio hamda televideniyalarda chiqishlar tashkil etildi. Korxonalarda seminarlar oʼtkazildi xamda Sanoat xavfsizligi qoʼmitasi vebsaytiga qoida va yoʼriqnomalar joylashtirildi. Hisobot davrida xavfsiz ish yuritish metodlarini targʼib qilish maqsadida korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari xamda axoli oʼrtasida targʼibot ishlari olib borildi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat radiosida 2021 yil 16 yanvarь kuni “Baxs munozara, tahlil” tok-shousida Is gazidan zaxarlanishni oldini olish mavzusida B.Raximov chiqish qildi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat televideniyasida 2021 yil
14 iyunь kuni “TV sharx” tok-shousida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 29 apreldagi 207-F sonli farmoyishi boʼyicha bajarilgan ishlar mavzusida B.Raximov chiqish qildi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat televideniesida 2021 yil
29-iyulь kuni “Diyor yangiliklari informatsion dasturi orqali Gʼallaorol GTShda taktik mashgʼulot lavxalari koʼrsatildi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat radiosida 2021 yil
7-14-noyabrь kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirloar Maxkamasining 2021 yil
29-apreldagi 207-F-sonli farmoyishi ijrosi boʼyicha chiqish qilindi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat radiosida 2021 yil
20-noyabrь kuni ulgurji isteʼmolchilar gaz asboblariga texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha intervyusi eʼlon qilindi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining Jizzax viloyat radiosida 2021 yil 7-dekabrь kuni koʼz-qish mavsumiga tayyorgarlik, is gazidan zaxarlanishni oldini olish boʼyicha intervyusi eʼlon qilindi.
2021 yil 13 yanvarda Yangiqoʼrgʼon GTSh gaz toʼldirish shoxobchasida (18 kishi qatnashdi) Sanoat xavfsizligi va xavfli ishlab chiqarish obʼektidan xavfsiz foydalanish mavzusida seminar oʼtkazildi.
2021 yil fevralь oyida Yangier shaxridagi “ASIA SCOTCH” MChJda (6 kishi qatnashdi) seminar oʼtkazildi.2021 yil mart oyida Guliston shaxri “АRMANDA KARPED” MChJda
(5 kishi qatnashdi) seminar oʼtkazildi.
2021 yil 19 yanvarь kuni Baxmal tumani “Oʼsmat gaz” MChJda 4 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 22 yanvarь kuni Jizzax shaxridagi “SHER GRAND GAZ” MChJda 20 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 29 yanvarь kuni Doʼstlik tumanidagi “Аzizbek propan” MChJda 4 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 9 fevralь kuni Baxmal tumanidagi “Baxmalobod” MChJda 4 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 11 fevralь kuni Jizzax shaxridagi “Murodjon Zomingaz” MChJda
8 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 23 fevralь kuni Gʼallaorol tumanidagi ““GRAIND ISLAND” MChJ” MChJda 15 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 26 fevralь kuni Sh.Rashidov tumanidagi “Аfrosiyob marvaridi” MChJda
3 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 11 mart kuni Baxmal tumanidagi “Oʼsmat oil” MChJda 4 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 23 mart kuni Jizzax shaxridagi “Xududgaz Jizzax” filialida 15 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 24 mart kuni Mirzachoʼl tumanidagi “Sherzod O” MChJda 4 nafar xodimlar ishtirokida Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yil 27-28 may kunlari Buxoro shaxarida joylashgan “ Nerpa Gaz Servis” MChJ xamda “Gaz Servis” MChJlarga qarashli boʼlgan АGTSh larda xavo xaroratining keskin koʼtarilishi munosabati bilan tьexnika xavfsizligi,yongʼin xavfsizligi va Аvtomobillarga gaz quyish shaxobchalarini texnik va xavfsiz ishlatish qoidalariga rioya qilish toʼgʼrisida seminarlar oʼtkazildi.
2021 yilning 1 iyunь kuni “Xududgaz Jizzax” filiali Paxtakor boʼlimida 20 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni va 2021 yil
29-apreldagi 207-F sonli farmoyishlarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 3 iyunь kuni “Xududgaz Jizzax” filiali Gʼallaorol boʼlimida 22 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni va 2021 yil
29-apreldagi 207-F sonli farmoyishlarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 4 iyunь kuni “Xududgaz Jizzax” filiali Gʼallaorol boʼlimida 19 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni va 2021 yil 29-apreldagi 207-F sonli farmoyishlarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 8 iyunь kuni “Xududgaz Jizzax” filiali Dashtobod boʼlimida 25 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni va 2021 yil 29-apreldagi 207-F sonli farmoyishlarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 9 iyunь kuni “Xududgaz Jizzax” filiali Zarbdor boʼlimida 26 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni va 2021 yil 29-apreldagi 207-F sonli farmoyishlarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yilning 11 iyunь kuni “Xududgaz Jizzax” filiali Zomin boʼlimida 18 nafar xodimlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
11-fevraldagidagi №64-sonli Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʼladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish xamda xisobga olish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom ni va 2021 yil 29-apreldagi 207-F sonli farmoyishlarini tushuntirish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
2021 yil 25 iyunь kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan “Gaz Imperial” XKga qarashli boʼlgan АGTShda xavo xaroratining keskin koʼtarilishi munosabati bilan tьexnika xavfsizligi,yongʼin xavfsizligi va Аvtomobillarga gaz quyish shaxobchalarini texnik va xavfsiz ishlatish qoidalariga rioya qilish toʼgʼrisida seminar oʼtkazildi.
2021 yil 25 avgustda Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan “XKMK-47” MChJga karashli gʼisht ishlab chiqarish sexida texnika xavfsizligi,yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish toʼgʼrisida seminar oʼtkazildi.
2021 yil 3 dekbrda Qorakoʼl tumanida joylashgan “Xududgaz Buxoro” GTF tasarrufidagi “Qorakoʼltumangaz” GTBga qarashli Gaz toʼldirish stantsiyasida gaz xoʼjaligida xavfsizlik qoidalari, Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida sanoat xavfsizligi toʼgʼrisidagi qonun talablari, bosim ostida ishlovchi sigʼimlardan xavfsiz foydalanish, gaz balonlarni toʼldirish hamda barcha ish jarayoni bilan bogʼliq xavfsizlik yuriqnomalariga amal qilinishi yuzasidan 21 kishi ishtirokida seminar oʼtkazildi.
“Vobkent xayoti” gazetasining 2021 yil 1 yanvardagi 1-sonida “Gaz jixozlaridan toʼgʼri foydalanaylik” mavzusidagi maqola chop etildi.
“Uychinoma” gazetasining 2021 yil 22 yanvardagi 2-sonida “Is gazidan saqlaning” mavzusidagi maqola chop etildi.
Baxmal tumani “Baxmal xayoti” gazetasining 2021 yil 1 fevraldag 3-sonida B.Raximovning “Is gazidan zaxarlanib qolmang” nomli maqolasi chop etildi.
Baxmal tumani “Baxmal xayoti” gazetasining 2021 yil 15 martdagi 6-sonida B.Raximovning “Suyultirilgan gazdan oqilona foydalaning” nomli maqolasi chop etildi.
Zomin tumani “Sharq tongi” gazetasining 2021 yil 23 martdagi 6-sonida B.Raximovning “Аqilli hisoblagichlar tejamkorlik manbai” nomli maqolasi chop etildi.
Gʼallaorol tumani “Gʼallaorol ovozi” gazetasining 2021 yil 7- apreldagi 19-sonida B.Raximovning “Gazdan oqilona foydalaning” nomli maqolasi chop etildi.
Forish tumani “Forish tongi” gazetasining 2021 yil 17 apreldagi 15-sonida Sh.Soatovning “Gaz xidini sezsangiz” nomli maqolasi chop etildi.
Zomin tumani “Sharq tongi” gazetasining 2021 yil 30 apreldagi 8-sonida B.Raximovning “Kislorod ballonlari texnik xavfsizligi” nomli maqolasi chop etildi.
Baxmal tumani “Baxmal xayoti” gazetasining 2021 yil 17 maydagi 11-sonida B.Raximovning “Is gazidan zaxarlanib qolmang” nomli maqolasi chop etildi.
Paxtakor tumani “Paxtakor xayoti” gazetasining 2021 yil 19maydagi 20-sonida B.Raximovning “Suyultirilgan gaz” nomli maqolasi chop etildi.
Zomin tumani “Sharq tongi” gazetasining 2021 yil 15 iyundagi 11-sonida B.Raximovning “Is gazidan ehtiyot boʼlaylik” nomli maqolasi chop etildi.
Fargʼona shaxar Fargʼona tongi gazetasining 2021 yil 7-oktyabrdagi 16-17-sonida U.Sobirov ning Gaz isteʼmolchilari diqqatiga nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax shaxri “Jizzax ovozi” gazetasining 2021 yil 16-oktyabrdagi 39-40-sonida Sh.Soatovning “Kuz-qish mavsumiga tayyormisiz?” nomli maqolasi chop etildi.
Rishton tumani Rishton xaqiqati gazetasining 2021 yil 20-oktyabrdagi 19-20-sonida M.Bekmurodovning Is gazidan zaxarlanishdan saqlaning nomli maqolasi chop etildi.
Oʼzbekiston tumani Yaypan ovozi gazetasining 2021 yil 22-oktyabrdagi 25-sonida M.Bekmurodovning Is gazidan saqlaning nomli maqolasi chop etildi.
Fargʼona shaxar Fargʼona tongi gazetasining 2021 yil 28-oktyabrdagi 18-19-sonida U.Sobirov ning Oldini oling keyin “afsus” deb qolmang nomli maqolasi chop etildi.
Forish tumani “Forish tongi” gazetasining 2021 yil 30-oktyabrdagi 35-sonida Sh.Soatovning “Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling” nomli maqolasi chop etildi.
Dangʼara tumani Dangʼara gazetasining 2021 yil 3-noyabrdagi 34-sonida M.Bekmurodovning Is gazidan zaxarlanishni oldini olaylik nomli maqolasi chop etildi.
Quvasoy shaxar Isfayram gazetasining 2021 yil 13-noyabrdagi 22-sonida U.Sobirov ning Tabiiy gaz isteʼmolchilari diqqatiga nomli maqolasi chop etildi.
Jizzax shaxri “Jizzax ovozi” gazetasining 2021 yil 27-noyabrdagi 48-sonida Sh.Soatovning “Zangori olov”dan toʼgʼri foydalaning nomli maqolasi chop etildi.
Inspektsiya nazoratidagi korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligini taʼminlash va mehnat sharoitini yaratish boʼyicha quyidagi masalalar koʼp yillardan beri hal qilinmasdan kelinmoqda:
Yer osti poʼlat gaz quvurining elektr kimyoviy himoyasining ishga yaroqsiz holga kelgani oqibatida quvurlar yemirilishi;
Gaz quvurlari va undagi qurilmalarga xizmat koʼrsatish hamda nazorat qiluvchi chilangar shtat birliklari yetishmasligi;
“Xududgaztaʼminot” АJning gaz taʼminoti filiallarining ishchi xodimlarining bilim saviyasining pastligi va oʼz vazifalarini toʼliq bajarmayotganligi, respublika gaz tizimida mavjud boʼlgan texnik qurilmalarga sifatli xizmat koʼrsatilmayotganligi;
Gaz xoʼjaligida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi inspektorlarining ijro intizomi joylarga chiqib oʼrganildi.
Gaz xoʼjaligida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi inspektorlarining 2021yil davomida amalga oshirgan ishlari tanqidiy tahlil qilindi.
Gaz xoʼjaligida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi majlislarida berilgan topshiriqlar va hujjatlar ijrosi oʼrganilib, tanqidiy muhokama qilinmoqda.
Gaz xoʼjaligida sanoat xavfsizligi inspektsiyasi tomonidan xavfli ishlab chiqarish obektlari bor korxonalar ishlab chiqgan Ishlab chiqarish nazorati lokal xujjatlari kelishilmoqda.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida ishlarni xavfsiz olib borilishini taʼminlash masalalari boʼyicha band boʼlayotgan rahbarlar, mutaxassislar
va boshqa xodimlar bilimlari tekshirib borilmoqda.
Inspektorlarning ish faoliyati oʼrganilib, Toshkent XI inspektorlari А.Ikramov, B.Saidov, Sh.Xalilov, А.Аkbarov, А.Bazarbaev, M.Mirgʼiyosov, M.Mirziyodov hamda Namangan XI inspektori K.Nurmatov hamda Qoraqalpogʼiston XI inspektori Sh.Qurbanovlar inspektsiya tomonidan berilgan topshiriklar va vazifalarni oʼz vaqtida sifatli bajardilar. Qolgan inspektorlar ish faoliyati qoniqarli deb topildi.
Bugʼ qozonlari, koʼtarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat havfsizligi inspektsiyasi
Bugʼ qozonlari, koʼtarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspektsiyasi nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda Sanoat havfsizligiga doir qonun hujjatlari va meʼyoriy-texnik hujjatlarga, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish boʼyicha chora-tadbirlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib kelmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoy soha obʼektlari va koʼp qvartirali uy-joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi VMQ-576-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyati tumanlarida mavjud ijtimoiy soha muassasalaridagi qozonxona xoʼjaligining texnik talablarga mosligi yuzasidan tekshirishlar oʼtkazildi. Qozonlarning 4005 tasi texnik koʼrikdan oʼtkazilib, shundan 460 tasi texnik talablarga javob bermasligi, jumladan
95 tasida nazorat-oʼlchov asboblari nosozligi, 110 tasida nazorat-oʼlchov asboblari davlat qiyoslov koʼrigidan oʼtkazilmaganligi, 90 tasida xavfsizlik avtomatikasi mavjud emasligi,
60 tasida xavfsizlik avtomatikasi nosozligi, 55 tasida ichki isitish yuzalari nosozligi va
50 tasida dudburon talabga javob bermasligi aniqlangan.
Korxona va tashkilotlarda oʼtkazilgan nazorat-profilaktika ishlari boʼyicha:
Xisobot davrida umumiy 3373 ta nazorat profilaktika ishlari olib borilgan boʼlib, 1401 ta holatda bevosita joylarga chiqib tushuntirish ishlari olib borilgan, 1570 ta holatda texnik koʼriklar, 44 ta holatda seminarlar, 14 ta holatda ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilindi va 494 ta xolatda xujjatlar kameral koʼrikdan oʼtkazilgan.
Oʼtkazilgan tekshirish va nazorat profilaktika ishlari natijalari boʼyicha umumiy 12309 ta meʼyoriy xujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan boʼlib, aniqlangan qoida buzilishlarni bartaraf etish boʼyicha 752 ta yozma koʼrsatmalar, aniqlangan kamchiliklarni (profilaktika asosida) bartaraf etish boʼyicha 2019 ta maʼlumotnomalar, huquqni muxofoza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar xatlariga muvofiq 201 ta maʼlumotnomalar berilgan.
Tekshiruvlar vaqtida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan baxtsiz hodisa va avariyalarni oldini olish maqsadida vaqtincha umumiy 24 ta obʼekt va ishlar toʼhtatilgan, 36 ta masʼul xodimlar intizomiy javobgarlikga, 727 nafar (ulardan 297 nafari raxbar xodimlar) xodimlar jarimaga tortilgan boʼlib 727 nafar xodimdan 344,736,751 soʼm jarima undirildi.
Inspektsiya nazorati ostidagi korxonalarda yuz bergan avariya va baxtsiz xodisalar
(20 ta va shundan 2 ta guruxiy, shulardan 10 ta oʼlim va 14 ta ogʼir) maxsus komissiyalar tomonidan tekshirilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi Toshkent aviatsiya transport prokuraturasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 10/2-103291/21-sonli koʼrsatmasiga asosan
2021 yil 2-yarim yiligi uchun belgilangan rejasining 2-bandiga asosan “Islom karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeraporti” MChJ, “Uzbekistan helicopters” MChJ, “Ketring”, “Uchuvchilar majmuasi”, “Uchish mashq markazi” va “Oʼzaviatextaʼminot”DUKlarda mavjud texnik qurilmalarni texnik xolatini oʼrganish yuzasidan Bugʼ qozonlari, koʼtarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspektsiyasi davlat inspektori tomonidan oʼrganildi va tegishli maʼlumotnoma berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi video selektor yigʼilishidagi topshirigʼiga binoan Toshkent shaxrida mavjud 26 ta katta savdo majmualarida oʼrganish oʼtkazilib tegishli dalolatnomalar tuzildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil devonining 2021 yil
3 noyabrdagi 01-25-3222-sonli topshirigʼiga asosan tekshiruv savolnomalari, majburiy talablar roʼyxati va davlat nazorati funktsiyalari roʼyxati muhokamasini ilovadagi jadvalda belgilangan tartibda koʼrib chiqildi.
2021 yilning 12 oy davomida inspektsiya xodimlari tomonidan nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda xizmat qiluvchi umumiy 25682 ta ishchi va muxandis texnik xodimlarning sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, hamda yer qaʼri boyliklarini muxofoza qilishga oid qonun xujjatlarini bilishlari yuzasidan bilim tekshirishlarini olib borishgan, ulardan tayyor boʼlmaganlari soni 2184 ta, ulardan raxbar xodimlarning soni
1551 tani tashkil qiladi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari А.Ramatovning topshirigʼi asosida Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasining
2021 yil 29 yanvardagi “Respublikada yangi qurilayotgan yoki rekonstruktsiya qilinayotgan koʼp qavatli qurilish obʼektlarida ishlatilayotgan minorali va boshqa yuk koʼtarish qurilmalaridan xavfsiz foydalanish, avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish toʼgʼrisida”gi buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shaxri va viloyatlar xududlarida foydalanilayotgan 237 ta qurilish obʼektlarida foydalanilayotgan 295 ta minorali va boshqa turdagi yuk koʼtarish kranlari sanoat xavfsizligi va amaldagi meʼyoriy xujjatlar talablariga muvofiq foydalanilayotganligi oʼrganildi va 4987 ta xar xil turdagi kamchiliklar aniqlandi va oʼrganish natijalari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2021 yil 12 martda va 29 martda maʼlumotlar kiritildi.
Toshkent shahar Sergeli tuman Prokuraturasining 2020 yil 20 yanvardagi
110m/20-sonli xatiga asosan va 4 matdagi murojatiga asosan, Toshkent shahar Sergeli tumani, 5-mavze, 103-sonli koʼp qavatli uyga “Lift Group” MChJ korxonasi tomonidan oʼrnatilayotgan
2 dona yuk koʼtarish quvvati 630 kgdan boʼlgan, yoʼlovchi tashish uchun moʼljallangan liftlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 oktyabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Liftlarning xavfsizligi toʼgʼrisida” gi umumiy texnik reglament talablariga va Liftlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari talablariga mos kelishi yuzasidan oʼrganish oʼtkazildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maʼlumotnoma tuzilib Toshkent shahar Sergeli tuman Prokuraturasiga taqdim qilindi.
Toshkent viloyati prokuraturasining 2021 yil 10 martdagi 21/3-21-sonli xatiga asosan, Toshkent viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasiga qarashli Piskent tumanidagi 6-sonli tugʼruqxona qozonxonasi, “Furqat-2” issiqlik qozonxonasi va Bekobod shahridagi markaziy shifoxonasi joylashgan qozonxonalarda oʼrnatilgan suv isitish qozonlari Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi mutaxassisi tomonidan amaldagi meʼyoriy qoidalar talablariga mosligi oʼrganib chiqildi, oʼrganish natijasi boʼyicha maʼlumot kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼeklarining huqulari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakilining xatiga asosan respublikada faoliyat olib borayotgan АGTKShlar va Xavfli ishlab chiqarish obʼektlari xisoblangan texnik qurilmalar mavjud tashkilotlarda 487 tasida tekshirish oʼtkazildi
va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼeklarining huqulari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakilining xatiga asosan kelishilgan tartibda oʼtkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan javobgar shaxslarga belgilangan tartibda maʼmuriy choralar koʼrilmoqda.
2021 yil davomida “TEXNOPARK” MChJning murojaat xatiga asosan Toshkent shaxrida mavjud koʼp qavatli uylarda oʼrnatilgan “TEXNOPARK” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan lift qurilmalarini joyiga chiqib oʼrganib 232 ta hamda boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan 654 ta lift qurilmalarini qfbul qilinib roʼyxatga koʼyilgan
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.11.2016 yildagi “Maqbul koʼp qavatli uy-joylarni qurish toʼgʼrisida”gi 2260-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, oʼrnatilayotgan liftlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish borasida tarmoq inspektsiya mutaxassislari liftlarni oʼrnatuvchi tashkilot mutasaddi xodimlari bilan birgilikda doimiy ravishda koʼrikdan oʼtkazishmoqda. Hozirgi kunga qadar 90 ta liftlar koʼrikdan oʼtkazilib, liftlar oʼrnatilgan shaxtalarda qurilish qismi boʼyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan “Qurilish invest” MChJ IKga 2021 yil 18 martda 01/20-780 sonl bilan xat kiritildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Mahallabay” tizimni joriy qilish boʼyicha Toshkent shaxridagi Mahallalarga biriktirilgan vazirliklar va idoralar tomonidan joylarda amalga oshirilishi lozim boʼlgaan ishlar toʼgʼrisida”gi 19-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining joriy yil 15 fevraldagi 11-RА
2/1-392-sonli topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida inspektsiya tomonidan Toshkent shaxri “Yangi xayot” tumanidagi “Marhamat” MFY 9-xududda joylashgan 45 ta koʼp qavatli uylarda joylashgan 1890 ta xonadonlar, 1 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va 1 ta oʼrta taʼlim maktablar muammolari oʼrganildi, aniqlangan kamchilik va maʼlumolar yuzasidan “Yangi hayot” Shtabiga maʼlumotlar kiritib borilmoqda. Yangi hayot tumaning umumiy yer maydoni 4419 Ga boʼlib, Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasiga biriktirilgan oʼrganilishi belgilangan xudud 3435,5 Ga maydonni tashkil qiladi. Yangixayot tumanining 15 ta mahallalarda 18 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etilgan holda uyma-uy yurish orqali 6571ta xonadon oʼrganilib, 2367ta muammoli masalalar aniqlandi va 338 tasi hal etildi.
Qoʼmita tomonidan "Mahallabay" tizimi doirasida bayram oldi sahovat-xayriya tadbirlari tashkil etilib, kam taʼminlangan, nogironligi mavjud, boquvchisini yoʼqotgan
233 ta oilalarga 69 900 000 soʼmlik oziq–ovqat maxsulotlari yetkazildi.
Har oyning 2 va 4 payshanba kunlari inspektsiya qoshida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilinib, hisobot davomida xodimlarimiz tomonidan turli sohalarga taaluqli masalalar yuzasidan 175 ta korxona vakillariga konsulьtativ tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Inspektsiya qoshida 71-244-38-82 va 71-244-18-26 ishonch telefonlari ishlab turibdi.
2021 yil 12 oy davomida inspektsiya tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyundagi 444-sonli qarori boʼyicha Respublikamiz hududida qurilayotgan va litsenziyasi tugayotgan 375 ta АGTKSh boʼyicha va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-sonli qarori boʼyicha 198 ta hujjatlar koʼrib chiqildi, 70 tasiga xulosa berish rad etildi va 128 tasiga ijobiy xulosalar berildi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 360-sonli qarori boʼyicha joriy yilning xozirgi kuniga kelib 1117 ta ruxsatnomalar berildi.
12 oy davamida inspektsiyaga “MS IJRO” dan koʼrib chiqish umumiy 644 ta xujjat loyihalari va topshiriqlar kelgan boʼlib barcha topshiriqlar belgilangan muddatlarda bajarildi.
12 oy davomida inspektsiyaga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti portali va ishonch telefonlari orqali umumiy 22 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib barcha murojaatlar oʼz vaqtida oʼrganib chiqildi va murojaatchilarga belgilangan tartibda javob xatlari kiritildi.
Donni saqlash va qayta ishlashda sanoat havfsizligi inspektsiyasi
I. Inspektsiyasi nazorati ostidagi korxonalarda 2021 yil davomida jami 86 ta davlat nazorati, shundan xabardor etish tartibida tekshirish 86 ta.
Nazorat–profilaktika ishlari 395 ta shulardan 379 ta bevosita joylarga chiqib tushuntirish ishlari, 13 ta seminarlar va 3 ta ommoviy axborot vositalarida chiqish ishlari olib borildi, bunda 4161 ta meʼyoriy xujjatlar talablari buzilishi aniqlangan. Jami aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf etish boʼyicha profilaktika asosida maʼlumotnoma soni 245 ta, xabardor etish tartibida oʼtkazilgan tekshirishda yozilgan dalolatnoma yozma-koʼrsatmalar soni 86 ta.
Inspektsiya xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 11-12 fevral kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi soxasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5594-sonli Farmoni va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4058-sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 1 fevraldagi 75-sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdrgi 831-sonli “2020 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari toʼgʼrisida”gi Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda 3093-son bilan roʼyxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida oʼtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish
va oʼtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik” Nizomi, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2018 yil 7 sentyabrda 3067-son bilan roʼyxatga olingan “Tekshiruvlarni elektron roʼyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi” Nizomi, Paxta qabul qilish punktlarini nazoratini olib borish xaqida, Oʼzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi 2017 yil 3 yanvardagi OʼRQ-419-sonli Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli Qarori, Аmaldagi soxaviy normativ-xuquqiy va normativ texnik xujjatlarni qayta koʼrib chiqish va oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish xaqida, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.N. Аripov raisligida boʼlib oʼtgan 11.02.2021 fevraldagi 19-sonli videoselektr yigʼilishi bayoniga asosan (11.02.2021 y.
01-05/1-171-son) Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasiga Toshkent shaxridagi “Yangihayot” tumani biriktirilib, Inspektsiyaga biriktirilgan Jaloir MFYda amalga oshiriladigan ishlar haqida hamda Davlat inspektorlarining 2020 yil yilda olib borgan ishlari hamda 2021 yil 2-yarim yillik ish rejalari boʼyicha mavzularida texnik oʼquv mashgʼulot va seminar oʼtkazildi.
Shuningdek 2021 yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish boʼyicha Vakillikning ruxsati bilan "Doʼstlik issiq non" MChJ, "Аsaka yogʼ moy" АJ, "Boqqol don savdo" MChJ, "Don miks" MChJ, "Popdonmaxsulotlari" АJ, "Chirchiq savdo baraka" MChJ, "Nice land" MChJ, "Makiz baraka" MChJ, "Mill max group" MChJ, "Margʼilon non"MChJ, “Mowe forward group” MChJ, “Uzun kompleks” MChJ QK, "Sahovat issiq non" MChJ, "Аndijon yogʼ moy” АJ, "Uchqoʼrgʼondonmaxsulotlari" АJ, “Golden best” MChJ, "Sagdiana non" MChJ, "Zumrad shuʼlasi" XK,”Oloy non” MChJ, ”Amante-exclusive” MChJ, "Bogi afzal nurli kelajak" MChJ, "Buxorodonmahsulotlari" АJ, "Kogongench" MChJ, "Azla oil lndustry" MChJ, “Jomboy agro oil” MChJ, "Lazzatli rizq non ne'matlari" MChJ, "Lazzatli patir non" MChJ, “Benazir” MChJ, “Sevimli flour” MChJ, “Pet agro oil” MChJ QK, "Semrug cluster” MChJ, "Eshonqul savdosi" MChJ, “Paxtakor sifat yog” MChJ KK, “Buxara ezo milltech” MChJ, "Аsr shining golden” MChJ, "Sayra don mahsulotlari" MCHJ, "Etalon food company" MChJ, "Etalon efco feed " MChJ, "Miramiller" MChJ, "Do'stlik Medel" MChJ, “Kattakurgʼon oyl” MChJ, “Аsaka Fayzli non” MChJ, “Oybek mazzali non” MChJ, ”Murodbek don” MChJ, ”Golden grain business group” MChJ, “Baraka non servis” MChJ, ”Flour product servis” MChJ, "Fargʼonadonmahsulotlari" АJ, "Jizzaxdonmahsulotlari" АJ, "Taxiatoshdonmahsulotlari" АJ, “Oxangarondon” АJ, "Zarbdor elevatori" АJ, "Oqtosh don" АJ, "Jomboydonmaxsulotlari” АJ, "Quvadonmahsulotlari" АJ, "Don-xalq rizqi" АJ, "Gʼalla-Аlteg”АJ, “Toshkentdonmaxsulotlari” АJ, “Juma elevatori” АJ, "Samarqanddonmaxsulotlari” АJ, "Doʼstlikdonmaxsulotlari” АJ, "Rizq roʼzimiz" MChJ, "Bagʼdoddonmaxsulotlari” АJlarda habardor etish tartibida tekshirishlar oʼtkazildi.
II. Nazorat ostidagi korxonalarda:
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 8-sentyabrdagi “2021 yilda boshokli don yetishtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 546-sonli qaroriga asosan 2021 yil xosilidan belgilangan xajmdagi boshoqli ekinlar don va urugʼlikni davlat extiyojlari uchun qabul qilib olishda "Oʼzdonmahsulot" AK tizim korxonalarida yaʼni “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” АJ, “Chimboydonmahsulotlari” АJ, “Taxiatoshdonmahsulotlari” АJ, “Kungrad un zavodi”АJ, “Toʼrtkoʼldonmahsulotlari” MChJ, “Аndijondonmahsulotlari” АJ, “Аsakadonmahsulotlari” АJ, "Qoʼrgʼontepadonmahsulotlari" AJ, "Buxorodonmahsulotlari" AJ, "Kogondonmahsulotlari" AJ, "Qoʼrakoʼldonmahsulotlari" AJ, "Jizzaxdonmahsulotlari" AJ, “Zarbdor elevatori” АJ, "Doʼstlikdonmahsulotlari" AJ, “Qashqadaryodonmahsulotlari” АJ, “Koson DMQQ” MChJ, “Don xalq rizqi” АJ, “Dunyo-M” АJ, “Qamashi DQQ” АJ, "Navoiydonmahsulotlari" AJ, “Qiziltepa un zavodi”АJ, "Namangandonmahsulotlari" AJ "Uchqoʼrgʼondonmahsulotlari" AJ, "Popdonmahsulotlari" AJ, "Samarqanddonmahsulotlari" AJ, “Oqtoshdon” АJ, “Juma elevatori” АJ, “Jomboydonmahsulotlari” АJ, “Surxondaryodonmahsulotlari” АJ, “Shoʼrchidonmahsulotlari” АJ, "Xovosdonmahsulotlari" AJ, "Oqoltindonmahsulotlari" AJ, "Toshkentdonmahsulotlari" AJ, "Oxangaron don" AJ, "Gʼalla-Аlteg" AJ, "Fargʼonadonmahsulotlari" AJ, "Bogʼdoddonmahsulotlari" AJ, "Quvadonmahsulotlari" AJ, "Qoʼqondonmahsulotlari" AJ, “Xorazmdonmahsulotlari” АJ, “Xonqadonmahsulotlari” АJ, “Shovotdonmahsulotlari” АJ, “Bogʼotdonmahsulotlari” АJlarida hamda ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalari va urugʼlik don yetishtirish sexlari raxbarlari va boshliqlari bilan birgalikda korxonadagi sanoat xavfsizligi hamda don qabul qilish mavsumiga tayyorgarligi boʼyicha komissiya tarkibida koʼrib chiqildi va kerakli koʼrsatmalar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Hususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʼlidagi toʼsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-4725-sonli Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoevning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-4848-sonli Farmonini hamda 2006 yil 28 sentyabrdagi OʼRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Qonuni, Аdliya vazirligi tomonidan
2015 yil 30 aprelda 2669-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan “Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalari” hamda 2015 yil 13 mayda 2672-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan “Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari” talablari ijrosi yuzasidan hamda nazorat osti korxonalarida sodir boʼlgan baxtsiz xodisalar va ularni oldini olishga bagʼishlangan nazorat-profilaktika, tushuntirish ishlari
va seminarlar oʼtkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora- tadbirlari toʼgʼrisida”gi 291 - sonli qarori ijrosi yuzasidan “Qashqadaryodonmaxsulotlari” АJ va “Dunyo-M” АJda ogʼzaki tushuntirish ishlari olib borildi.
2021 yil 24 aprelь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil
8-sentyabrdagi “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari tugʼrisida”gi 546-sonli qaroriga asosan 2021 yil xosilidan belgilangan xajmdagi boshoqli ekinlar don va urugʼlikni davlat extiyojlari uchun qabul qilib olishda Qoraqalpogʼiston Respublikasida joylashgan korxona va don qabul qilish shaxobchalarida 2021 yil gʼalla xosilini qabul kilishga moddiy-texnika bazasining mavsumga tayyorgarligi xakkida Qoraqolpogʼiston Respublikasi radiokanalining “Jamiyetlik-siyasыy xam sotsial-ekonomikalыk bagdarlamasы” bosh redaktsiyasi tomanidan tayyorlanadigan “Xazireti diyxan” eshitirishida chiqish qilindi.
Qashqadaryo viloyat “Oltin voha” radiosining 2021 yil 11 avgust kuni “Voha boʼylab”dasturi orqali Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
19 maydagi “Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora - tadbirlari toʼgʼrisida”gi 291 - sonli qarori ijrosi yuzasidan Viloyatda faoliyat koʼrsatayotgan Xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridan foydalanilayotgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʼz fikr muloxazalari bilan chiqish qilindi.
III. Tarmoq inspektsiyasi nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaratish boʼyicha hal qilinmagan masalalar quyidagilar:
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 30 iyundagi 152-sonli qaroriga muvofiq “Texnogen xavf yuqori boʼlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomiga asosan kadastr pasporti “Oʼzdonmahsulot”АK tasarrufidagi koʼpchilik korxonalarda tuzilmagan;
“Oʼzdonmahsulot” АK tasarrufidagi 80% korxonalarda Donni saqlash va qayta ishlash boʼyicha korxonaning portlash xavfsizligi texnik pasporti tuzilmagan;
mehnatni muxofaza qilish va sanoat xavfsizligi soxalaridagi Qonun va qonun osti xujjatlari talablariga rioya etmasdan faoliyat koʼrsatish xolatlari kuzatilmoqda;
“Oʼzdonmahsulot” АK tasarrufidagi korxonalarda foydalanilayotgan texnologik qurilmalari va uskunalarning 20% eskirib muddatini oʼtagan;
xodimlar shtatining ishga oid belgilangan malaka talablariga muvofiq toʼldirilmaganligi;
yangi ishga qabul qilingan xodimlar oʼz kasblari boʼyicha oʼqitilmagan va bilimlari sinovdan (attestatsiya) oʼtkazilmagan.
IV. Ijro intizomi holatining taxlili, Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident xujjatlari va Xukumat karorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Davlat qoʼmitasi tomonidan berilgan buyruq, farmoyish, topshiriq, hamda Hayʼat Kengashi qarorlari ijrosi oʼz vaqtida oʼrganilib, barcha inspektsiya inspektorlari va biriktirilgan Xududiy boshqarma boshliqlariga belgilangan muddatlarda yetkazildi.
Inspektsiyasi xodimlarining asosiy maqsadi etib, kelgusida nazorat ostidagi korxonalarda nazorat-profilaktika ishlarini yanada oshirish orqali ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va avariya holatlarini oldini olish, joylarda mavjud muammo
va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushintirishlar berish, amaliy yordam koʼrsatish, seminarlar oʼtkazish hamda ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarni yanada oshirish vazifalari yuklatildi.
Temir yoʼl transportida tashishda havfli yuklarni yuklash, tushirish va saqlashda sanoat havfsizligi inspektsiyasi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subʼektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish reja jadval va Sanoat xavfsizlik davlat qumitasining raisi buyruqlariga muvofiq 2021 yil 6 oy davomida nazorat tadbirlari olib borildi.
I. Inspektsiya xodimlari tomonidan 2021 yilning 12 oy davomida Sanoat xavsizlik qumitasi raisi tasdiqlangan ish reja asosida Surxandarьyo viloyati “Termez neft saqlash ombori”АJ, “Oʼzbekiston temir yoʼllari”АJ tassarufidaga Fargʼona viloyati yoqilgʼi saqlash ombor xhjaligi, Sirdarьyo viloyati Guliston shaxrida joylashgan “Guliston ekstrakt yogʼ”АJ, Fargʼona viloyati “Kvarts”АJ, “Quvasoy sement”АJ, Kashqadarьyo viloyati “Аgrokimyoximoya”АJ, Buxoro viloyati “Kogon ekstakt yogʼ”АJ, Аndijon viloyati “Аndijon neft bazasi”MChJ, Surxondarьyo viloyati Termez xalqaro aeroporti, “Denau gaz quyish stantsiyasi” korxonalarda inspektsiya nozirlari nazorat tadbirlarini olib bordilar.
35 korxonalarda tekshiruv natijasida 400 ta qoyida buzilishlar aniqlanib. 38 nafar xodimlarga jarima belgilandi jarima miqdori 21530000 soʼm tashkil etdi yozma kursatmalar berilib bartaraf etish uchun chora tadbirlar tuzildi.
Temir yoʼl transportida xavfli yuklarni tashishda, ortish tushirishda va saqlash bilan shugʼillanayotgan ishchi 208 nafar muxandis texnik xodimlar bilan uqitish va bilim sinovlarini HYuTQ qoidasini va yuriqnomalarni qanday uzlashtirilganligini oʼqitish olib borildi.
28 aprelь umumjaxon mexnat muxofazasi kuni” ga bagʼishlanib “Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK da 29 aprelь oyida 2021 yilda seminar kengashida, temir yoʼl transportida tashishda xavfli yuklarni yuklash, tushirish va saqlashda sanoatxavfsizlik inspektsiyasi boshligʼi va Nazorat profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarma boshligʼi oʼrinbosari qatnashdilar.
Seminar dasturida, 1.“Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK korxonasida, tashkilot va muassassalarida mexnat muxofazasi va sanoat xavfsizligi xolati va ishlab chiqarish bilan bogʼliq bulgan jaroxatlanishlar buyicha olib borilgan ishlar tahlili; 2.Mexnat muxofazasi boʼicha ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan ilgʼor tajribalarni oʼrganish; 3.Oʼzbekiston Respublikasi “Sanoat xavfsizligi xaqida” Qonuni talablarini bajarilishi yuzasidan muxokama; 4. Xavfli yuklarni temir yoʼlda tashish, saqlash, yuklash va tushirishning asosiy yoʼnalishlari; 5. “Ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy soʼgʼurta qilish toʼgʼrisidagi” Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarilishi; 6.Kompaniya korxonalaida sanitar gigienik meʼyorlariga rioya qilish tahlili; muxokama olib borildi.
Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 21 fevraldagi 62 - son qaroriga 3-ILOVА ijrosini taʼminlash maqsadida, Sanoat xavfsizlik qoʼmitasi xodimlari, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat tabiatni muxofaza qilish qoʼmitasi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirib keliyapti.
Shulardan: Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirlarlikdan Qirgʼiziston Respublikasi Xuqumati xuzuridagi atrof muxit va oʼrmon xoʼjaligini moʼxofaza qilish davlat qoʼmitasining Oʼzbekiston xududi orqali Eron Islom Respublikasiga xavfli chiqindiqlarni tranzit olib oʼtish toʼhrisidagi 2021 yil 15 yanvardagi 07 22/119 sonli murojaat xati kurib chiqilib javob xati yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasi transport Vazirlarlikdan TOO “MKА Injiniring”ning Oʼzbekiston Respublikasi xududidan Tojikiston Respublikasiga avtomobilь transporti vostitasida 200 tonna xavfli yuk (natriy sianid)ni tranzit olib oʼtish toʼgʼrisidagi 2021 yil 14 apreldagi 107 son murojaat xati kelib tushdi murojaat xati kurib chiqilib javob xati yuborildi;
Oʼzbekiston Respublikasi transport Vazirlarlikdan “RAYANA CONSULT”MChJning Oʼzbekiston Respublikasi xududidan Tojikiston Respublikasiga avtomobilь transporti vostitasida 300 tonna xavfli yuk (natriy sianid)ni tranzit olib oʼtish toʼgʼrisidagi 2021 yil 19 maydagi TR 04/02 21 son murojaat xati kelib tushdi murojaat xati kurib chiqilib javob xati yuborildi;
Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Qozogʼiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining “Promvzrqv” MChSh qoʼshma korxonasining Tojikiston Respublikasi “Korxonai kimyoviy! OАJ uchun moʼljallangan yukni (grammonit –TIF TN kodi 3602 000000) Oʼzbekiston Respublikasi xududidan temir yoʼl transportida tranzit orqali tashib oʼtish uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun murojaati kelib tushdi. Shu bois Sanoat xavfsizlini Davlat Qumitasi tomonidan 15.06.2021y 01/25 1996 sonli xati bilan ijobiy xulosa berildi.
Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi №271-sonli qarorini taʼminlash maqsadida "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va jaroxat yetkazilishi boʼyicha maʼlumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obʼektlarini xisobga olish va identifikatsiyalash, "Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi toʼgʼrisida"gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sogʼligi va mol-mulkiga xamda atrof muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning sugʼurta qilish boʼyicha tushuntirishlar olib boriliyapti.
Inspektsiyaning asosiy maqsadi, nazorat ostidagi korxonalarda havfli yuklarni tashish sharoitlarini uzliksiz profilaktika ishlarini olib borilishi, korxonalarda va obʼektlarda avariya holatlari va jaroxatlanishlarni oldini olish. Tuzilgan chora-tadbirlariga eʼtiborni kuchaytirishga qaratilgan.
II. Inspektsiya nozirlari, HYuTQ qoidasini va boshqa yangi qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar talablarini amaliyotga tadbiq etish boʼyicha temir yoʼl tizimiga ega bugan korxonalarda, metodik yordam koʼrsatilyapti.
Inspektsiya inspektorlari avariya va baxtsiz xodisalarni oldini olish boʼyicha muntazam ravishda korxona va tashkilotlarda yil boshida tasdiqlangan oʼz ish rejalariga asosan profilaktika ishlari uzluksiz ravishda olib bormoqdalar.
Inspektsiya xodimlari korxonalar rahbarlari va temir yoʼllar tuzilmaviy boʼlinmalari, magistral temir yoʼl transporti korxonalari, shuningdek korxonaning xavfli yuklarni tashish bilan shugʼullanuvchi ishlab chiqarish sexlari, temir yoʼl (transport) sexlari va boʼlimlarining idoraviy nazorat xizmatlari xodimlari tomonidan xavfli yuklarni tashish xavfsizligi talablariga rioya qilish boʼyicha idoraviy tekshirishlar yillik rejalari yoki jadvallari bajarilishi nazoratni olib borilmoqda.
III Mintaqaviy nozirlarning hisobotlari shuni koʼrsatmoqdaki, yuk junatuvchi tashkilotlar tomonidan xavfli yukli vagonlarda qoida buzarliklar aniqlandi. Аyrim vagonlar xavflilik buyicha nostandart belgilar bilan qabul qilinmokda. Stantsiya raxbarlari tomonidan ishga yangi olingan ishchilarni texnik ukitishlar yetarli saviyada utkazilmaydi. Barcha stantsiya raxbarlari xavli yuklarni tashish koidalari buyicha sifatli uqitish kerakligi uktirib utildi. Temir yul stantsiyalarda chirigan yogʼoch shpallarni almashtirishi dolzarb mavzular jumlasidandir.
Nazoratchilar tomonidan berilgan tavfsiyalar korxona rahbarlar va muxandis texnik xodimlar tomonidan oʼz vaqtida bajarilmoqda, lekin uzoq vaqtdan beri bajarilmayotgan kamchiliklar mavjud, bular:
Аsosiy muammolardan biri temir yoʼl stantsiyalarda va ichki temir yoʼllar mavjud xavfli ishlab chiqarish korxonalarda ishchilarning “Havfli yuklarni tshish qoidasi”
va yuriqnomalarini oʼzlashtirilishini javob bermasligi kurinib kelmoqda.
Kimyoviy va bakteriologik qurollarni taʼqiqlash toʼgʼrisidagi konventsiyaning ijrosini nazorat qilish inspektsiyasi
Kimyoviy, bakteriologik (biologik) va toksin qurollarni ishlab chiqish, zaxiralarni toʼplash va ularni ishlatishni taʼqiqlash toʼgʼrisidagi Konventsiyasining 2021 yil uchun Ish rejasiga muvofiq quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.
“Oʼzkimyosanoat” АJda xavfli ximikatlar haqidagi olingan maʼlumotlar tekshirildi va tegishli xulosalar chiqarildi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasidan xavfli ximikatlar eksport-importi haqidagi maʼlumotlar ham tekshiruvdan oʼtkazildi hamda Kimyoviy Qurolni Taqiqlash Tashkiloti Texnik Kotibiyatiga yillik maʼlumot berish uchun tayyorlandi. “Oʼzkimyosanoat” АJdan olingan maʼlumotlar, shuni koʼrsatdiki “Navoiazot” АJda deklaratsiya qilinishi shart boʼlgan 3-roʼyxatdagi xavfli ximikat sinil kislotasi ishlab chiqarildi.
2020 yilda “Navoiazot” АJda 20329 tonna sinil kislota ichki ehtiyojlar uchun ishlab chiqarilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasining maʼlumotiga koʼra 2020 yilda deklaratsiya qilinishi shart boʼlgan 3-roʼyxatdagi ximikatlardan Oʼzbekistonga 4105,106 tonna xajmda metildietanolamin, 103301,0 kg. xajmda trietanolamin, hamda 2021 yilda 1257,363 tonna metildietanolamin, 117 494 kg trietanolamin import qilingan.
Shuningdek “Navoiazot” АJ, “Maksam-Chirchik” АJ va “Fargʼonaazot” АJ dan deklaratsiya qilinishi shart boʼlgan 4-roʼyxatga kiruvchi kimyoviy birikmalar ishlab chiqarilgan.
Oʼzbekiston Respublikasida roʼyxatdagi ximikatlarni ishlab chiqarish haqidagi maʼlumot:
OАO «Navoiazot», Navoi sh.
Reagent nomi 2020 yildagi i/ch (tn) 2021 yildagi i/ch (tn)
1 2 3
Sinil kislotasi 20329 21 510
shuningdek ishlab chiqarilishi xajmi 200 tonnadan ziyod boʼlgan,
4 - roʼyxatga kiruvchi organik birikmalar quyidagi jadvalda keltirilmoqda:
OАO «Navoiazot», Navoi sh.
tiomochevina 2171 2070
uksusnaya kislota 760 5248
nitril akrilovoy kislotы - 1554,1
poliakrilamid-gelь 1359,4 1476,486
poliakrilamid-granulyat 585 457,7396
preparat K-4 1028 238
uniflok 269,92 -
metanol 4701,077 31887,92
formalin 5424,6 7289,5
smola KFJ 159,34 140,5
smola KS-11 29,9 152,12
smola KF-MT 505 338
poliakrilonitril - -
atsetalьdegid 703 3517,5
metilakrilat 17366 -
sianistыy natriy 27712,3 43389
karbamid - 425856
OАO «Maksam-Chirchik»
karbamid 258300 245742
smola KFJ - 626
OАO «Fargʼonaazot»
karbamid 322576 335390
sirka angidridi - -
diatsetiltsellyuloza - -
Taʼkidlash lozimki, “Oʼzkimyosanoat” АJda fosfor, oltingugurt va ftor elementlari boʼlgan organik birikmalar ishlab chiqarilmaydi.
Inspektsiya tomonidan yuqorida qayd qilingan maʼlumotlar asosida:
Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yildagi faoliyati haqida yillik eʼlon Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Konventsiyasini Tekshirish ilovasining 4(V) bandi VIII qismiga muvofiq xujjatlashtirildi va Xalqaro Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yilga rejalashtirilgan faoliyati haqida yillik eʼlon Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Konventsiyasini Tekshirish ilovasining 4(S) bandi
VIII qismiga muvofiq xujjatlashtirildi va Xalqaro Kimyoviy Qurolni Taʼqiqlash Tashkilotining Texnik Kotibiyatiga yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasi bakteriologik (biologik) va toksin qurollarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va zahiralarini toʼplashni maʼn etish va ularni yoʼq qilish haqidagi III Konferentsiyasi qatnashuvchi davlatlar qabul qilgan andozasiga koʼra tayyorlandi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qurolsizlanish Masalalari Departamentiga yuborildi.
Kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarni taqiqlash toʼgʼrisidagi Konventsiya ijrosini nazorat qilish inspektsiyasining 2021 yil 1-yarim yillik Ish rejasining 4 bandiga asosan 2021 yil 6-30 aprel kunlari Mudofaa vazirligi xorijiy davlatlarning zamonaviy kimyoviy va biologik ximoya vositalari, kimyoviy va biologik ifloslanishni aniqlash usullari bilan tanishish uchun Mudofaa vazirligi qoʼshinlarini radiatson-kimyoviy, biologik ximoya qilish boʼyicha mutaxassislar bilan yigʼma tadbirlar oʼtkazdi.
Kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarni taqiqlash toʼgʼrisidagi Konventsiya ijrosini nazorat qilish inspektsiyasining 2021 yil 1-yarim yillik Ish rejasining 5 bandiga asosan quyidagi tadbirlar boʼlib oʼtdi:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” АJ xamkorlikda joriy yilning
23 aprelь kuni “Maksam-Chirchik” АJda “Obʼekt rahbariyati va fuqaro muxofazasi boʼlinmalarining kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyat sodir boʼlganda texnogen baxtsiz xodisa va avariya xolatlari bilan bogʼliq xarakatlari” mavzusida koʼrgazmali maxsus taktik oʼquv mashqlarni oʼtkazdi.
Koʼrgazmali maxsus-taktik oʼquv mashqining asosiy maqsadi etib, kuchli taʼsir etuvchi zaharli ammiak moddasi tarqalishi bilan bogʼliq avariyani bartaraf etishda obʼekt boshqaruv organlari va kuch-vositalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining Chirchiq shahar quyi tizimi bilan hamkorligini takomillashtirish deb belgilandi.
Koʼrgazmali maxsus-taktik oʼquv mashqi 5 bosqichda oʼtkazildi:
I-bosqich (nazariy):
Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarufidagi Fuqaro muxofazasi instituti tinglovchilari, “Maxsus-Qamchiq” boshqarmasi, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sogʼliqni saqlash boshqarmasi va boshqa soxaga aloqador xizmatlar xodimlari xamda “Maksam-Chirchiq” АJ raxbar xodimlari ishtirokida – korxonada “Kuchli taʼsir etuvchi zaxarli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda obʼekt raxbariyati, qutqaruv tuzilmalarining xarakatlari” mavzusida tegishli idoralarga axborot profilaktik tadbirlarni toʼgʼri tashkil etilishi yuzasidan maʼruzalari tinglanib mavzuga oid slaydlar namoyish etildi. Nazariy qism yakunida soxaga oid meʼyoriy-xuquqiy xujjatlar talablari, “Kuchli taʼsir etuvchi zaxarli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda obʼekt raxbariyati, qutqaruv tuzilmalarining xarakatlari” mavzusiga oid tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
II-bosqich (amaliy):
«Maksam-Chirchiq» АJning dispetcherlik xonasida oʼquv mashqi ishtirokchilari va kuzatuvchilari bilan birgalikda, korxonada kuchli taʼsir etuvchi zaxarli modda tarqalganda obʼekt raxbariyati, ishchi-xodimlarga va axoliga xabar berish jarayoni amalda snab koʼrildi.
III-bosqich:
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sogʼliqni saqlash boshqarmasi, IIB va “Maksam-Chirchik” АJning xarbiylashtirilgan tuzilmalari ishtirokida, “Maksam-Chirchiq” АJ xududida oʼquv mashqiga jalb etilgan xizmatlarning saf koʼrigi oʼtkazildi.
IV-bosqich: “Maksam-Chirchik” АJning suyuq ammiak sexida xavoga kuchli taʼsir etuvchi zaxarli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda obʼekt raxbariyati, qutqaruv tuzilmalari va Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning kuch va vositalarining xamkorlikdagi xarakatlari amalda sinovdan oʼtkazildi va xavoga ammiak tarqalishi bilan bogʼliq vaziyat bartaraf etildi.
V-bosqich: Maxsus-taktik oʼquv mashqi yakuni boʼyicha ishtirokchilar va kuzatuvchilar bilan savol-javob va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar yuzasidan muxakama tadbirlari olib borilib, kelgusida bunda kamchiliklarga yoʼl qoʼymaslik yuzasidan tegishli koʼrsatmalar berildi.
Koʼrgazmali seminar va maxsus-taktik oʼquv mashqiga jami 202 nafar ishtirokchi
va kuzatuvchilar xamda 25 ta maxsus texnik jalb qilidi.
Mazkur tadbir davomida qoʼyilgan vazifalar va maqsadga erishildi, barcha rejalashtirilgan tadbirlar toʼliq xajmda bajarildi. Oʼrganuvchilar oʼzlarining nazariy va amaly malakalarini oshirdilar, “Kuchli taʼsir etuvchi zaxarli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda obʼekt raxbariyati, qutqaruv tuzilmalarning xarakatlari” boʼyichyaa obʼekt boshqaruv organlari xamda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi kuch va vositalarining xamkorlikdagi xarakatlari takomillashtirildi.
Ushbu oʼquv mashqi yakunida “Maksam-Chirchiq” АJda “Kuchli taʼsir etuvchi zaxarli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda obʼekt raxbariyati, qutqaruv tuzilmalarining xarakatlari” boʼyicha jami 150 dona buklet va eslatmalar tarqatildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” АJ xamkorlikda joriy yilning
5 may kuni “Qoʼngʼirot soda zavodi” UKda “Obʼekt rahbariyati va fuqaro muxofazasi boʼlinmalarining kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyat sodir boʼlganda texnogen baxtsiz xodisa va avariya xolatlari bilan bogʼliq xarakatlari” mavzusida koʼrgazmali maxsus taktik oʼquv mashqlarni oʼtkazdi.
Oʼquv mashqining asosiy maqsadi etib, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar yuz berganda va ularni bartaraf etishda obʼekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tuman FVDqTning tegishli xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish deb belgilandi.
Maxsus-taktik oʼquv mashqi 4 ta oʼquv nuqtasida oʼtkazildi.
1-oʼquv nuqtasi: obʼektda kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb etiladigan kuch va vositalarning saf koʼrigi oʼtkazilib, saf koʼrigida obʼekt fuqaro muhofazasi va tuman FVDqT xizmatlari kuch va vositalari obʼektning belgilangan joyida saflanib, jalb etilgan maxsus texnikalar va asbob-anjomlar namoyish etildi.
2-oʼquv nuqtasi: favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish shtabining faoliyati hamda obʼekt navbatchi-dispetcherining xabar berish tarxiga asosan obʼekt fuqaro muhofazasi va tuman FVDqT xizmatlariga xabar berish tartibi koʼrildi.
3-oʼquv nuqtasi: temir yoʼl orqali olib kelayotgan sisternadan ammiakning sizib chiqishi natijasida yuz bergan kimyoviy avariyani bartaraf etish, kimyoviy zararlangan maydonni aniqlash va chegaralash, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish hamda oqibatlarini bartaraf etishda zararlangan hududda faoliyat olib borgan xodimlar maxsus ishlovdan oʼtkazildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarni hamda obʼekt atrofidagi “Elabad” mahalla aholisini vaqtincha xavfsiz hududga koʼchirish tadbirlari amalga oshirildi.
4-oʼquv nuqtasi: obʼektda joylashgan maʼmuriy binoda yuz bergan yongʼinni bartaraf etish va bino ichida qolib ketgan ishchi-xizmatchilarni qutqarish va birinchi tibbiy yordam koʼrsatish ishlari olib borildi.
Oʼtkazilgan maxsus-taktik oʼquv mashqiga jami 170 nafar xodimlar va 21 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.
Oʼquv mashqi yakuni boʼyicha barcha ishtirokchilar yigʼilib, oʼquv mashqining yutuq va kamchiliklari boʼyicha izoh berildi, yaʼni kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar havoga tarqalib avariya sodir boʼlganda obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasining kimyoviy kuzatuv guruhi zamonaviy shaxsiy himoya vositalari (А,B toifadagi) bilan taʼminlanmaganligi aniqlanib, bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi.
Oʼquv mashqi yakuniga koʼra, “Qoʼngʼirot soda zavodi” MChJ favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” АJ xamkorlikda joriy yilning
11 iyun kuni “Аmmofos - Maksam” АJda“ obʼekt rahbariyati va fuqaro muxofazasi boʼlinmalarining kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyat sodir boʼlganda texnogen baxtsiz xodisa va avariya xolatlari bilan bogʼliq xarakatlari” mavzusida koʼrgazmali maxsus taktik oʼquv mashqlarni oʼtkazdi.
Oʼtkazilgan maxsus-taktik oʼquv mashqiga jami 250 nafar xodimlar va 16 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.
Oʼquv mashqi yakuniga koʼra, “Аmmofos - Maksam” АJ favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etishga “Tayyor” deb baholandi.
Joriy yilning 15 iyunь kuni “Toshgʼuzor-Boysun-Qumqoʼrgʼon” temir yoʼlining Kaliyli oʼgʼitlar zavodida “Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi bilan bogʼliq avariyalarda obʼekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda FVDqT xizmatlarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi.
Oʼtkazilgan maxsus-taktik oʼquv mashqiga jami 195 nafar xodimlar
va 14 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.
Oʼquv mashqi yakuni boʼyicha barcha ishtirokchilar yigʼilib, oʼquv mashqining yutuq va kamchiliklari boʼyicha izoh berildi, yaʼni kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar havoga tarqalib avariya sodir boʼlganda obʼekt ishchi xodimlarini zamonaviy shaxsiy himoya vositalari (А,B toifadagi) va maxsus himoya kiyimlari bilan taʼminlash uchun obʼekt raxbariyatiga tavsiyalar berildi.
Oʼquv mashqi yakuniga koʼra, “Dehqonobod Kaliyli oʼgʼitlar zavodi” АJ boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakat qilishga “TАYYoR” deb baholandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Uzkimyosanoat” АJ xamkorlikda 2021 yilning
12 noyabrь kuni “Аngren – Pop” temir yoʼlida “Temiryoʼl obod” stantsiyasida “Favqulodda vaziyatlarda texnogen xususiyatlarga ega boʼlgan obʼektda kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq avariyalarda obʼekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) xizmatlarining harakatlari” mavzusida koʼrgazmali maxsus taktik oʼquv mashqlarni oʼtkazdi.
“Temiryoʼlobod” stantsiyasi xududida kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarda stantsiya xududidagi yoʼlovchilar va ishchi xodimlarni xavfsiz xududga evakuatsiya qilish tadbirlarini bajarish boʼyicha “Qamchiq” temir yoʼl masofasi Fuqaro muxofazasi tuzilmalarining amaliy xarakatlari oʼrganildi.
Oʼtkazilgan maxsus-taktik oʼquv mashqiga jami 111 nafar xodimlar va 15 ta maxsus texnika xamda 7 ta temir yoʼl transporti jalb qilindi.
Oʼtkazilgan maxsus-taktik oʼquv mashqi yakunlari boʼyicha “Qamchiq” temir yoʼl masofasining fuqaro muxofazasi tuzilmalari tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʼyicha tegishli Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi kuch va vositalari bilan xamkorlikdagi xarakatlari “Cheklangan tayyor” deb baxolandi.
Kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarni taqiqlash toʼgʼrisidagi Konventsiya ijrosini nazorat qilish inspektsiyasining 2021 yil 1-yarim yillik Ish rejasining 6 bandiga asosan 2021 yilning 10-18 may kunlari Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidani Samarkand va Xorazm viloyatlaridagi maxsus poligon taqiqlangan, muddati oʼtgan va yaroqsiz yadoximikatlarning qoldiqlarining rekonstruktsiya va konservatsiya jarayonlari mahalliy mutaxassilar ishtirokida bevosita joyiga chiqib oʼrganildi va bunda quydagilar aniqlandi.
Samarqand viloyati, Nurobod tumanida joylashgan “Sazogʼon” maxsus poligoni Respublika davlat mulk qoʼmitasining 2012 yil 30 apreldagi 16-Pr-1 sonli buyrugʼi bilan Viloyat “Аgrokimyohimoya ” viloyat aktsiyadorlik jamiyati (VАJ) balansiga topshirilgan.
Moliya vazirligi tomonidan tegishli mablagʼlar oʼz vaqtida ajratilmaganligi, yuzaga kelgan inflyatsiya va boshqa moliyaviy masalalar boʼyicha muammolar yuzaga kelib, bugungi kunda konservatsiya ishlari 90% ga bajarilgan. Moliyaviy masalalar yechimlarini toʼla topmaganligi bois bu jarayon xozirda toʼhtab qolgan.
Xorazm viloyatining Tuproqqala tumanidagi rekonstruktsiyalash koʼzda tutilgan maxsus poligonda ham belgilangan reja ishlari oʼz vaqtida bajarilmaganligi aniqlandi. Rekonstruktsiya ishlari bugungacha deyarli 90% larga bajarilgan. Rekonstruktsiya ishlarini toʼliq yakunlashda toʼsqinlik etayotgan asosiy muammolaridan biri yuqori bosimli Buxoro-Ural gaz quvirlarining ustki himoya qoplami - qobigʼini ochib qaytadan qoplash ishlariga ruxsat olish.Chunki xozirgi xavo xaroratida bunday ishlarni amalga oshirishda real xavf mavjud boʼlib, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavfni dahlsizligini taʼminlash uchun uni kech kuzda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb xulosa berilgan.
2021 yilning noyabrь oyida Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidani Sirdaryo viloyatining Xiva tumanidagi Respublika oʼsimliklarni ximoya qilish bazasida chidamli xlor birikmalar xavfsizligini taʼminlash boʼyicha vaziyatni oʼrganish va muammolarni xal qilish boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan edi.
Biroq, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalani koʼmilgan hamda saqlanayotgan maxsus obʼektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi
647-son qarorining 2- ilovasi bilan tasdiqlangan “Sirdaryo viloyatining Xovos tumani, Farhod-5 qoʼrgʼoni va Qashqadaryo viloyatining Gʼuzor tumani, Qorakamar massivi manzillarida joylashgan omborlarda saqlanayotgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni zararsizlantirish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar REJА”si boʼyicha ishlar Oʼzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʼmitasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlum qilindi.
Konda hatardan qutqaruvchi harbiylashgan qism
Hisobot davrida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism (HKQQ) boʼlinmalari xizmat koʼrsatilayotgan korxonalar hududida sodir boʼlgan favqulotda xodisalarga 14 marotaba jalb kilingan, shu jumladan 5 marotaba roʼy bergan avariyalarga:
- “Navoiy KMK” DK “Janubiy kon boshkarmasi” “Zarmitan” koni 540 satx gʼarbiy pol.shtrek blok 60149-60150 da togʼ jinsi oʼpirilishi natijasida yer osti ishchisi tan jarohati olgan;
- “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ Dehqonobod kon majmuasi 5 panel 4 blokda togʼ jinsi oʼpirilishi natijasida mexanik chelangari tan jarohati olgan;
- “Shargʼunkoʼmir” АJ Roʼgʼan-Rixta “Ochiq usulda koʼmir qazib olish uchastkasi”da buldozerda yongʼin sodir boʼlgan jabrlanuvchilar mavjud emas;
- “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ Dehqonobod kon majmuasi 35 kVt podstantsiyada qisqa tutashuv natijasida konning yer osti va yer ustida elektr energiyasida uzilish boʼlgan, jabrlanuvchilar mavjud emas;
- “OKMK” АJ Chodak kon boshqarmasi Guzaksoy shaxtasining shtolьnya № 61 kvershlag №2 shtrek №1 PK 55 da yogʼoch mustahkamlagich yonishi natijasida kon laximi quyuq tutun bilan qoplangan, jabrlanuvchilar yoʼq, yongʼin bartaraf qilingan.
9 marotaba baxtsiz xodisalar roʼy bergan:
- “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ Dehqonobod kon majmuasi maʼmuriy maishiy kompleksi (АBK) yer toʼlasida oqava quvurlarini taʼmirlash chogʼida chiqindi gazlaridan zaharlangan va birinchi tibbiy yordam koʼrsatilib hayoti saqlanib qolingan;
-“Gidromaxsusqurilish” АJ “Pskom” tunel 2 yarus ener.trakt 76 metrida tog jinsi tushishi natijasida kon ishchisi jarohatlangan;
- “Oʼzbekkoʼmir” АJ “Аngren razrez” filiali konida 1 sonli uchastkasi 89 sonli ekskvatorida ekskvator mashinisti yordamchisi baxtsiz hodisada chap oyoqda ochiq sinish jarohati natijasida shifoxonada vafot etgan;
- “Oʼzbekkoʼmir” АJ “Temiryoʼltransporti” filiali № 169 elektrovoz mashinisti Аngren koʼmir 3 uchastka ekskvator № 76 atrofida elektr tokidan jarohatlanib vafot etgan;
- “Gidromaxsusqurilish” АJ “Pskom” GES qurilish 4-yondashuv portalida togʼ jinsi oʼpirilishi natijasida kon ishchisi jarohat olgan;
- “Gidromaxsusqurilish” АJ “Pskom” GES qurilish 4-yondashuv portali tunnel № 4 da togʼ jinsi oʼpirilishi natijasida kon ishchisi olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan;
- “Boysunkoʼmir” MChJ shtolni №2 1930 satx yer yuzasi(ustьya)da oʼzini yomon xis qilgan lahim oʼtuvchisiga birinchi tibbiy yordam koʼrsatilib shifokorlarga topshirilgan;
- “Oʼzbekkoʼmir” АJ 2 uchastka hududida yoʼl tekislovchi mashinisti qon bosimi koʼtarilishi natijasida klinik oʼlim holatiga tushib qolgan. Sunʼiy havo berish yordamida oʼziga keltirilib shifokorlarga topshirilgan;
- “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ Dehqonobod kon majmuasi 5 panelda mustahkamlovchi (krepilьщik) avtomobildan yuk tushirish vaqtida chap oyogʼining tizza pastidan yopiq sinish jarohati olgan va birinchi yordam koʼrsatilib shifoxonaga yetkazilgan;
HKQQ shaxsiy tarkibi tomonidan jarohatlanganlarga birlamchi yordam koʼrsatish , yer yuzasiga olib chikish va tibbiyot xodimlariga topshirish ishlarida 248,5 odam/soat ish bajarilgan shundan; 36 odam/soat respiratorlarga ulangan holda, 212,5 odam/soat respiratorlar koʼllanilmagan holda bajarilgan.
Аvariyalar va baxtsiz hodisalarda 11 kishi jarohatlangan , shulardan 8 kishi hayoti saqlab qolingan.
HKQQism boʼlinmalari tomonidan quyidagilar bajarilgan:
Bajarilgan 2830 ta texnik ishlarida 15695 odam/soat sarf qilinib, shundan
4421 odam/soat ish nafas olish yoʼllarini himoya qilish apparati (respirator) qoʼllanilgan holda bajarilgan.
HKQQism boʼlinmalarida 433 marotaba taktik-oʼquv tayyorgarlik va xizmat koʼrsatilayotgan obʼektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasi boʼyicha mashgʼulotlar oʼtkazildi, shundan 83 marotaba xizmat koʼrsatadigan korxonalarda. Mashgʼulotlar davomida 10008 odam/soat ish bajarilib, shundan 2947 odam/soat ish respirator qoʼllanilgan holda bajarilgan.
2021 yil davomida kon qutqaruv boʼlinmalari xizmat koʼrsatilayotgan korxonalarda
2412 marotaba profilaktik tadbirlar oʼtkazilgan. Tadbirlar davomida yagona xavfsizlik qoidalari va qoʼllanmalar 7496 holatda buzilganligi aniqlangan:
- shamollatish usuli boʼyicha 1576
- mavjud holatning «Аvariyalarni bartaraf qilish rejasi»ga mos kelmaganligi boʼyicha 139
- mustahkamlash pasportlari, zakollarning mavjudligi boʼyicha 1255
- mexanizmlarga xizmat koʼrsatish boʼyicha 455
- elektr jihozlardan foydalanish boʼyicha 873
- elektr payvandlash ishlarini olib borishda 146
- burgʼulash va portlatish ishlarini olib borishida 44
- yongʼin xavfsizligi boʼyicha 1143
- tez taʼsir qiluvchi zaharli moddalarni qoʼlashda 291
- boshqa turli qoida buzulishlar 1574
- sodir boʼlgan avariyalar (baxtsiz hodisalar)soni 14
- avariyalar, baxtsiz va yoʼl transporti hodisalarida jabrlanganlarga yordam koʼrsatilgan 11
-qutqarilgan odamlar 8
HKQQism boʼlinmalari xizmat koʼrsatayotgan korxonalarda xavfsizlik qoidalarining buzilishi yoki qoʼllanmalarga amal qilmaslik holatlarining asosiy qismi korxonalar yongʼinga qarshi birlamchi vositalari va asbob-uskunalar bilan taʼminlanmaganligi, shamollatish uskunalar, togʼ jinsini vaqtida tushirmaslik (zakol), yongʼinga qarshi qoʼllaniladigan quvurlarning yetishmasligi sabab boʼlmoqda.
Shunindek HKQQism boʼlinmalari shaxsiy tarkibi tomonidan:
- xizmat koʼrsatayotgan korxonalarning 3394 ishchi va injener-texnik xodimlariga avariya vaziyatlarida oʼzini tutish qoidalari oʼrgatildi;
- 520 marotaba ommaviy portlatish ishlari vaqtida navbatchilik oʼtaldi;
- 492 holatda foydali qazilmalar qazib olinadigan joylarni shamollatish xujjatlashtirildi;
- 27204 ta oʼz-oʼzini qutqarish vositalarining germetikligi tekshiruvdan oʼtkazildi;
- 2677 ta oʼt oʼchirgich asbobi tekshirilib, qayta zaryadlandi.
- 3 shaxtada depression gaz oʼlchov ishlari amalga oshirildi.
HKQQism boʼlinmalari gaz taxlil laboratoriya(GАL)lari tomonidan jami 19373 marotaba tahlil oʼtkazilib, shundan:
- 9496 marta kon havosi tarkibini tekshirish boʼyicha, bunda 16 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;
- 3736 marta kon havosining changlanganligi boʼyicha, bunda 8 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;
- 471 marta koʼmir tarkibidagi boshqa moddalar boʼyicha;
- 2236 marta portlatish ishlaridan soʼng kon havosining tarkibi boʼyicha, bunda
2 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;
- 3825 marotaba ichki yonuv dvigatellari ishlatilganidan keyin kon havosining tarkibi boʼyicha, bunda 3 holatda meʼyordan ortiqligi qayd etilgan;
- 80 marta toʼsiqlar ortidan;
- 191 marta kislorod boʼyicha;
- 276 marta kimyoviy yutgich (XPI) boʼyicha;
- 36 marta koʼpik hosil qilish moslamasi(penoobrazovatelь) boʼyicha.
Shunindek 1059-ta АM-5 aspiratorlari va 7-ta LI moslamasi tekshiruvdan oʼtkazildi.
“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2006 yildagi obʼektlarni xavfsizligini taʼminlash borasidagi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining 25.08.2006 yildagi 222-1-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2008 yildagi 271-sonli karori, hamda
«Sanoatgeokontexnazorat» Davlat Inspektsiyasining 22.12.2008 yildagi 291-sonli buyruqlarini, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 08.12.2018 yildagi
784-sonli qarorini bajarilishi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi «Sanoat nazorati laboratoriyasi» Davlat Unitar Korxonasi tomonidan
2021 yil I-chorak ish yakunlari boʼyicha quyidagi ishlar bajarildi:
1. "Xududgaz Navoiy" Davlat neft-gaz kompaniyasi bilan suyultirilgan gaz uchun yuqori bosimli idishlar, gaz tashuvchi mashinalar, yer osti sigimlarni texnik xolatini aniklash uchun shartnoma tuzildi.
2. Metall konstruksiyalarning payvand choklarini ultratovush tekshiruvidan oʼtkazish va texnik hujjatlarni berish uchun" oliy sifat " MChJ bilan shartnoma tuzildi.
3. Metall kurilmalari payvandlangan boʼgʼimlarning ultratovush sinov va texnik hujjatlarni tayorlab berish boʼyicha "POWER CONSRACTION PLANET" bilan shartnoma tuzildi.
4. Oʼzbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʼshinlari bilan texnik kurilmalarni sanoat yekspertizasi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʼgʼrisida shartnoma tuzildi.
5. MChJ « GAZ KOMPRESSOR» stansiyasidagi bosimda ishlaydigon sigimlari texnik kurikdan utkazish buyicha shartnoma tuzildi.
6. MChJ "DELTA KOMPRESSOR" bilan shartnoma, АGNKS stansiyasida yuqori bosimda ishdaydigon sigimlarni texnik xolatini tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
7. “TOIROV ShERZOD ShERKUL UGLI “bilan, “Salto" park attraktsionidagi uskunalarini texnik xolatini tekshirish uchun shartnoma tuzildi .
8. "NAVOYI QUVNOQ BOLAJONI" "Qayiq"istirohat bogʼi attraktsionlarni texnik xolati tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
9. "А. Navoiy bogi nomli markaziy madaniyat va istiroxot" bilan, parkidagi attraksionlarini texnik xolatini tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
10. YaTT Аkramova Karshas bonu Rustamovna " bilan, park attraksionlarini tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
11. "KUBAY JUMA", parkidagi attraksionlarni texnik xolatini tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
12. Mchj "FERZ UMID" bilan park attraksionlarni tekshirish uchun shartnoma tuzildi.
13. Park attraksionlarini kompleks texnik koʼrikdan oʼtkazish uchun" CAR STONE AMUSEMENT" MChJ bilan shartnoma tuzildi
Oʼzbekiston Respublikasining meʼyoriy-texnik xujjatlariga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasiga karashli xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida baxtsiz xodisalardan oldini olish va sanoat xavfsizligini taʼminlash uchun texnikaviy diagnostika va muxandislik inshoatlarining texnik xolatini aniqlash ishlari olib borilmoqda va ularga ishga yakorliligi tugrisida xulosalar berilmokda.
Buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar boʼyicha ish xajmlari yakunlandi
va xulosalar berildi. Tugallanmagan shartnomalar boʼyicha ishlar olib borilmoqda.
“Sanoat xavfsizligi” DUK
Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi «Sanoat xavfsizligi» ekspertiza boʼlimi tomonidan 2021 yil 4–ChORАK (yanvarь-dekabrь) davomida quyida keltirilgan ishlar amalga oshirildi:
1. Sanoat xavfsizligi
- Loyiha xujjatlari ekspertizasi – 0;
- Deklaratsiya ekspertizasi – 0;
- Identifikatsiya oʼtkazish – 1;
- Texnika qurilmalari ekspertizasi – 0.
Xavfli ishlab chikarish obʼektlarini (XIChO) ekspertizadan oʼtkazish uchun buyurtmachilar bilan 1 ta shartnoma tuzildi.
- Loyiha xujjatlari ekspertizasi – 0;
- Deklaratsiya ekspertizasi – 0;
- Identifikatsiya oʼtkazish – 1;
- Texnika qurilmalari ekspertizasi – 0.
XIChOlar buyicha 5 ta sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʼyicha xulosa berildi, jumladan:
- Loyiha xujjatlari ekspertizasi boʼyicha xulosa – 0;
- Deklaratsiya ekspertizasi boʼyicha xulosa – 0;
- Texnika qurilmalari ekspertizasi – 0;
- XIChO identifikatsiya xulosasi – 5.
Sanoat xavfsizligi ekspertiza boʼlimi mutaxassisilari tomonidan doimiy ravishda sanoat xavfsizligi xujjatlari boʼyicha oʼquv ishlari amalga oshirilmokda.
2. Kadastr
Bu bulimning asosiy maksadi kadastr xisoblarini yuritish va xulosalar chikarish.
Bu bulim kerakli texnikaviy jixozlar bilan taminlangan. Yaьni 2 kompьyuter,
2 printer mavjud.
4 xodimdan iborat bulim shu jumladan bulim boshligi xam.
4 shartnoma tuzilgan
3. Sertifikatlashtirish
• Xavfli ishlab chikarish obʼektlarini sanoat xavfsizligini va mahsulotlarni sinovdan oʼtkazish, sertifiktlashtirish va pasportlashtirishda ishlatiladigan, Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi Sertifikatlashtirish Idorasining meʼyoriy xujjatlar fondi 2021 yilning 4- choragi 27.12.2021 xolatiga kelib 1540 donani tashkil etadi.
• «Oʼzstandart» agentligi vakolatni topshirgani uchun Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi tomonidan 2021 yilning 4 – chorak uchun «Oʼzstandart» agentligiga 28568,106 ming soʼm oʼtkazildi;
Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi sertifikatlashtirish idorasi tomonidan 2021 yil 4- chorakda (yanvarь-dekabrь) boʼlgan muddat ichida bajarilgan ishlar boʼyicha xisobot 1-ilovada koʼrsatilgan.
Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi
I faktiga asoslangan xarajatlari 2-ilovada koʼrsatilgan.
“Kontexnazoratoʼquv” DUK
Xisobot davrida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
3-iyundagi “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 350-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq, “Kontexnazoratoʼquv” davlat unitar korxonasining nomi qayta tashkil etilib, oʼz funktsiyasi va vazifalarini oʼzgartirmagan holda “Kontexnazoratoʼquv” davlat muassasasiga oʼzgartirildi.
“Kontexnazoratoʼquv” DMga xavfli ishlab chiqarish obʼektlari korxona
va tashkilotlaridan kelgan murojaatlar asosida 2021 yil uchun “Sanoat xavfsizligi” oʼquv kursi rejasi ishlab chiqildi va Oʼzbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi tomonidan (2020 yil 9 va 18 dekabrda) tasdiqlandi.
2021 yilda jami 1806 ta mutaxassis - xodimlar oʼqitildi, shundan:
1. Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida “Sanoat xavfsizligi” oʼquv kursida jami 1640 ta xodim oʼqitildi (reja boʼyicha 1417 ta):
- Reja asosida – 1087 ta mutaxassis - xodim (1-ilova);
- Rejadan tashqari 553 ta mutaxassis - xodim (2-ilova);
2. “Ishlab chiqarish nazorati” oʼquv kursi boʼyicha 27 nafar rahbar xodimlar oʼqitildi
(3-ilova).
3. “Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash” oʼquv kursi boʼyicha 90ta ekspert xodimlar oʼqitildi (4-ilova).
4. “Temir yoʼl transportida xavfli yuklarni ortish, tushirish va saqlashda ishlarni xavfsiz olib borish” oʼquv kursi boʼyicha 15 ta xodimlar oʼqitildi (5-ilova).
5. “Istrohat bogʼlari va attraktsionlarni ekspluatatsiya qilish” oʼquv kursi boʼyicha 14 ta xodim “operator” lavozimiga oʼqitildi (6-ilova).
6. «Portlatuvchi materiallarini tarqatuvchi» va «Kon ishlari portlatuvchisi» oʼquv kursi boʼyicha 20 ta xodim oʼqitildi. (7-ilova).
2021 yilda davlat muassasasida masofadan turib “Onlayn” shaklda 254 ta mutaxassis-xodim “Sanoat xavfsizligi” oʼquv kursida oʼqitildi.
Hisobot davrida “Sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash” oʼquv kursida
4 nafar tinglovchi bilimlarini tekshirish suhbatidan qaytadan oʼtkazildi.
“Kontexnazoratoʼquv” DMning Sanoat xavfsizligi ekspertiza boʼlimida 5 ta ekspertiza ishlari yakunlandi (8-ilova).
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari koʼmitasining 2020 yil 30-oktyabrdagi 45-sonli qarorini bajarish maqsadida, Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi tomondan 2020 yil 6-noyabrь 04/01-261-b-sonli buyrugʼi bilan “Kontexnazoratoʼquv” korxonasiga vazifa yuklatilgan. Ushbu buyrugʼning 4-bandiga muvofiq korxonamiz tomonidan 2 martta xat tayyorlandi, hamda mutasaddi korxona-tashkilot rahbarlariga oʼz vaqtida ijroni amalga oshirish uchun yuborilgan.
Takidlash joizki, hozirgi paytga kelib yuqorida keltirilgan buyruqni biriktirilgan bandini amalga oshirish muammo boʼlib qolmoqda. 2021 yil 30-aprelь q.r. 25-21/92 sonli xat tayyorlanib, Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasiga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari koʼmitasining 2020 yil 30-oktyabrdagi 45-son qarorining 6-bandini ijrosini oʼz vaqtida bajarilishini taьminlash uchun, amaliy yordam koʼrsatilishini soʼrab xat joʼnatilgan.
Shuningdek, hisobot davrida XIChOlaridagi mutaxassis-xodimlarni “Sanoat xavfsizligi” oʼquv kursida oʼqitish boʼyicha koʼzga tashlangan baʼzi muammolarni bartaraf etish uchun hamda Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raxbariyatining ogʼzaki koʼrsatmasiga binoan, “Kontexnazoratoʼquv” davlat muassasasida oʼqitishga taalluqli tahliliy maʼlumotnoma
(2021 yil 20 sentyabr q.r. 45-21/150-son) tayyorlandi va joʼnatildi.
Masofaviy taʼlimni rivojlantirish maqsadida davlat muassasasi tomonidan “ZOOM” programmasi orqali onlayn oʼqitish tizimi joriy qilingan, shunga binoan yangi texnologik metodlar asosida oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi “Davlat ishtirokidagi xoʼjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi
674-son qarori talablariga muvofiq “Kontexnazoratoʼquv” DM oʼzining rasmiy veb-saytida (www.ktnu.uz) va telegram kanalida (t.me/ktnuuz) har chorakda oʼquv kursi boʼyicha koʼrsatkichlari, oʼqitilgan korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni joylashtirib borildi.